«Туркестанские ведмости» «Туркестон вилояти газети»



Download 56 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi56 Kb.
#772684
Bog'liq
1-сем 2-тема


«Туркестанские ведмости» «Туркестон вилояти газети».
Туркистонда пайдо бўлган илк газеталар: «ТВ» ва «ТВГ» нашрлари олдига қўйган мақсад ва вазифалар.
Ушбу нашрларнинг ёритган мавзу дойралари.Газетанинг мухарирлари ҳақида маьлумот
Марказий телеграф агентлиги ва шимолий телеграф агентликларининг юзага келиши.
Ҳусусий босмахоналар ва ҳусусий газета ва журналларнинг юзага келиши. Уларнинг гоявий юналишлари,ёритган мавзулари.
Адабиётлар:
Дустқараев Б.А, «Ўзбекистон журналистикаси тарихи» .:Т., «Ғ.Ғулом»2009ё. 7-13, 68-96 бетлар.
Журналистика назарияси,тарихи ва тараққиёти. Т.: «Ўзбекистон» 2017й. 151-161 в.
Н.Абдуазизова «Миллий журналистика тарихи» Iiғжилд. “Шарқ” Т.: 2008 й. 12-21. 50-67 в
Takidlash lozimki,gazetada o'zbek xalqi ichidan chiqqan ayrim shoirlar haqida malumotlar berilib,ular ijodidan namunalarning ruscha tarjimasi e'lon qilingan.Buni,umuman olganda ijobiy hodisa deb baholash kerak.Lekin shoirlarga va ularning asarlariga berilgan talqinlarda qandaydir zo'rg'a ilg'anadigan g'araz ham yo'q emasdi.(Ликошин Машраб haqidagi manoqibni rus tiliga o'girib,1902 yilda"ТВ"da elon qilar ekan,uyg'urlarda"mashrabona" degan musiqaga raqs borligi, u "besoqollar o'yinidan iboratligi" ni go'yo"shunchaki" qistirib o'tadi.)
Shuni ham alohida aytib o'tish joizki,Turkiston aholisining milliy-ozodlik harakati "TВ" da tartibsizlik,beboshlik degan tavsiflar bilan berilgan (1892 yilda Toshkentda ko'tarikgan"vabo isyoni",1898 yil may oyidagi Dukchi eshon voqeasi,front orti ishlari uchun mardikorlikka olish munosabati bilan 1916 yil i ko'tarilgan xalq harakati gazetada shunday baholangandi.)
"Туркестанские ведомости"ga H.A.Маевdan tashqari turli yillarda A.П.Романович (1892-1899),С.А.Геппенер(1899-1901) ,Н.Г.Малицкий lar ham muharrirlik qilishadi.Uning 1870 yili 17-soni chiqqan.Gazeta1871 yildan dekabr 1907 yil 15 dekabrgacha nashr qilingan.Adadi dastlabki paytlarda 100 nusxa,so'ng 2500 nusxagacha yetgan.
Sho'rolar hokimyat tepasiga kelgach,mazkur gazeta Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari Sovetining nashri sifatida faoliyat ko'rsatdi."Туркестанские ведомости" ning 1917 yil 15 dekabr sonidagi rasmiy bildirishda yozilishicha,gazetaga mablag' topish mushkullashgani ,uchun, shuningdek ,"Xalq Komissarlari Soveti yiqitilgan hokimyatning izidan borishining imkoni yo'q" deb hisoblangani uchun u vaqtinchalik to'xtatib turadi.Lekin ushbu gazetaning faoliyati qayta tiklanmadi."Туркестанские ведомосте" ni mangayam shunaqa qiladi.
1870 yil 28 aprel ( 10 maydan "Туркестанские ведомости"ga ilova tarzida o'zbek va qozoq tillarida "Turkiston viloyatining gazeti" chiqarila boshladi.Gazetaning ilk soni qozoq tilida bo'lib,"Turkiston gazeti" degan nom bilan chiqqan.U A-3 formatda, 4 sahifalik,1-sahifasidagi gazetaning chiqishi haqida "Malumotnoma" berilgan.Qolganlari ham,asosan,rasmiy materiallar bo'lib,quyidagi mazmunda:1) Tolg'or ulusi Olmoti uezdining el boshqaruvchisi Bozid To'g'onboy o'g'li imperator tomonidan xizmatlari uchun orden bilan mukofotlangan;yaxshi xizmatlari hamda "ulug'larga ixlosli bo'lgani uchun" olmotilik Said Ahmadga general-gubernator imperatordan потомственний почётний гражданин unvonini so'rab olib bergan; Issiqko'l uezdining nachalnigi mayor Чайковский ga ichki Rossiyaga,o'z yurtiga borib kelish uchun to'rt oylik tatil berilgan;podshohi azamning taxt vorisi yigirma beshga kirgan.U xalqqa yaxshilik qilish uchun otasidan Peterburgda ruhiy kasallar uchun o'zining nomidan bir shifoxona ochishni so'ragan,o'tinch qabul qilinib,imperator o'z mablag'idan yetmish ming rubl ajratgan;Vagner degan soatsoz Qo'qon xonining soatlarini tuzatish uchun u yerga borgan,olib borgan anchagina mollarini ham xon ko'magi bilan yaxshigina pullagan;Qashqarga borgan savdogar Temchinovning karvoni Olmotiga qaytib keldi,u safardan yaxshigina foyda olgan;qanday rus mollari Qashqarda xaridorgirligi haqida malumot berilgan,ayni paytda u yerda odamning boshini kesish hech narsa emasligi ham yoziladi,"Ikki narsani Qasqarda saqtov qiyin: birisi ot birisi odamning o'z bosi degan maqol durust keladi" deyiladi xabarda;Turkistondagi paxta navini yaxshilash uchun harakat qilinmoqda;yarmarkalarda qanday mollarga xaridorlar kup bo'lishini aniqlash uchun muxtasar ro'yxatlar tuzilgan; bozorlarda paxta,pilla va qorako'l qanday narxlarda sotilyotgani haqida xabar berilgan;Rostovda Qiziljardan olib borilgan tulki va quyon terilari sotilgan narxlar haqida malumot bor; Moskva yarmarkasida amirkon paxtasining narxi yaxshi ekanligi ; Buxoro amirligida yashayotgan usta va hunarmandlar yaxshi buyumlari uchun podshohlik tomonidan taqdirlanishgani, ular Peterburgga yuborilishi mumkin ekanligi to'g'risida xabarlar berilgan.Mana, gazeta 1-sonining muxtasar mundarijasi.
Gazetaning o'zbek tilidagi 1-soni Toshkent kutubxonalarida mavjud emas.1870 yil 8-iyulda o'zbek tilida chiqqan 2-sonining mundarijasi esa quyidagicha:1)"Malumotnoma. Turkiston general-gubernatorini buyrug'i bo'yicha ushbu oydan boshlanib "Turkiston gazeti" chiqadur.Ushbu gazetalarda barcha xaloyiqqa malum bo'lmoq uchun general-gubernatorni har bir turli farmoni izhor qilinur va yana har turli yangi habarlar,savdo to'g'risinda yozilur va yana Toshkent va g'ayri shaharlarda bo'lg'on voqea va hodisalar yozilur. Ushbu gazet uruschadan boshqa sartcha va qayri qozoqlarga,kerakligi qozoqcha bo'lib yozilur.Xar kim gazeta olishini xoxlasa....(oqchani ) Olmazor mahalladagi Toshkent mahkamasi yoninda turg'uchi mulla Mahdum mulla Mashrab o'g'liga yrtqazsinlar yoinki gubernatorni mirzoxonasiga yuborsinlar"; 2) general-gubernatorning mayor Zakolskiyni Qurama uezdi ning hokimi polkovnik Qozoqovga vaqtincha noib tayillangani haqida; Turkiston general-gubernatori fon Kaufman imperator azam hazratlari oldidagi xizmatlari evaziga Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlangani to'g'risida ; 1870 yil 29-iyunda Kaufman mukofotlangani munosabati bilan qutlash uchun kelgan to'ralarni qabul qilgani haqida; 3-mayda general- gubernator buyruq va farmoyishlari qanday bajarilayotganini o'z ko'zi bilan ko'rish uchun Yettisuv viloyatiga safar qilgani(ushbu hisobotdan parcha): "General-gubernatorga yo'lda borayotganlarida fuqorolar arzlarini berdilar.General-gubernator mehribonlik bilan har birining arz so'ziga quloq solib,ishi ulkan ish bo'lsa,taftish qilib qarab bitirmoq uchun uoznoy nachalnikka yoinki voyonnoy gubernatorga topshirdilar.Va yana gubernator barcha xalq saylab quygan sababli qozilar martabasi ulug'ligi fuqarolarga bildirdilar va yana general gubernator xalqning xurmatida bo'lguchi va ulug'larga maqbul bo'lgan oqsoqol va biylar,elbilakuchi bulusnoy va izzatlik odamlarga ko'p inom berdilar,madad,to'n,yani chopon va qimmatbaho kumush narsalar bergan vaqtda har doim ko'p xalq jam bo'lib turar edi.... inom berib aytdilarki, xalqqa ixlos bilan yaxshilikni xoxlaydurg'on podshohimizning sifatini ko'kragingizdan,balki ko'ngillaringizdan ham chiqarmang,podshoh xazratlari sizlarni yaxshiligingiz keyinida bo'lmoq uchun yaxshilarga inom,yomonlarga jazo bermoq uchun va ham bechora, joyi yo'q odamlarni kuchli va davlatli odamlarni zo'rligidan saqlamoq uchun hokim qo'ydilar.General-gubernator aytdilarki,hokimlarni so'zlariga inobat qilib aytgan so'zlarin tinglanglar...."; may oyining boshlarida general-gubernator Toshkent shahridan Buxoroga polkovnik Nosovich boshchiligida sakkiz to'radan iborat rus elchilarini yuborgan.Buxoroda rus elchilarini ko'p izzat ko'rsatib kutib olishgan.Polkovnik Nosovich amrga general-gubernator maktubining topshirgan."O'ris elchisiga Buxoroni ko'rsatgan shodliklari ikki hamsoya- O'rusiya va Buxoro viloyatlarini oshnoligini bundan ham ziyoda mahkam qilib,yildan-yil savdosini ko'p qilsa kerak va yana buxoroliklar O'rusiya yurtiga ikki narsa yetkazib bergan. Birinchi paxta, ikkinchi-ipak.Bu narsalar O'rusiya viloyatida har vaqt sotilur"; Ushbu ,1870 yilning oktabr ,rajab oyida general-gubernator Toshkentda savdo yarmarkasi tashkil etmoqchi bo'lgani; 1872 yildan boshlab bu yarmarka yiliga ikki marta - aprel va oktabr oylarida ishlaydi. "Savdogarlaridan singan odam bo'lsa,o'zini holini katta yarmarka bozorda tuzatsa kerak.Savdosi yaxshi bo'lib yurgan odam bo'lsa,boyligi undan ham ko'p bo'lur"; gazetaning avvalgi nomerida vistavka to'g'risida yozgan edik,yana yozmoqchimiz. O'lkaning qishloq,shaharlarida tayyorlangan mol va hunarmandchilik ashyolaridan vistavkada ko'rsatish uchun Peterburgga yuborilgan edi.Shu narsalar Toshkentda ham nanoyish qilindi. Paxtasi boshqalarnikidan oq va yumshoq bo'lgani uchun toshkentlik Xoji Olim Yunus o'g'li, Samarqand kupesi(savdogari) Smirnov (Amerikadan paxta tozalaydigan mashina olib kelgani uchun) general-gubernatorning inomiga sazovor bo'lishgan, ipakchilik,kulolchilik,charmgarlik va boshqa soha hunarmandlari va ustalari ham hadyalar olishgan.
Mana,gazetaning bir sonida bosilgan materiallarning qisqacha mundarijasi. Bulardan shu narsa ayon ko'rinib turibdiki,gazeta zimmasiga Turkiston aholisining Rossiya ning sodiq,itoatkor fuqarolariga,aniqrog'i ,qullariga o'lkaning imperiyaning arzon homashyo yetkazib beruvchi bir mintaqasiga aylantirishda mustabidlarga yordam berish vazifasi yuklatilgan." Turkiston viloyatining gazeti" butun faoliyati davomida ana shu vazifani sodiqlik bilan ado etdi.
"Turkiston viloyatining gazeti"da bosilgan materiallardan general-gubernator Kaufmanning mahalliy aholidan kimki ruslarga yordam bersa, "izzat-xurmat ko'rajagi" mazmuniga to'g'ri keluvchi siyosatni olib borganini payqash mumkin.Gazetaning 3-sonida fon Kaufmanning Yettisuv viloyati safarida Cho'qon Valixonov qabrini borib "ziyorat qilgani", qabr ustidagi yog'och lavha o'rniga marmardan o'rnatish , daxmaning shikast yegan,buzilgan joylarini tuzatishga buyruq bergani yozilgan.Xabarda Cho'qon Valixonov "madrasada tarbiyat va talim topib yaxshi o'qigani uchun,yana o'zini yaxshi ushlagan (tutgan demoqchi) uchun chin (unvon,daraja) olib, to'ra bo'lib chiqqani " va aqlli va diyonatli"ligi tufayli general-gubernator tomonidan shunday xurmatga sazovor bo'ldi,deyiladi. Bu gaplarni ustidagi muhtasham "parda" olib tashlansa, Ch. Valixonov mustabidlarga sadoqat bilan xizmat qilgani uchun shunday etiborga sazovor bo'ldi va o'lgandan so'ng xotirasi ezozlanyapti,kimki chor Rossiyasiga u kabi sodiqlik bilan xizmat qilsa,bunday taqdirlanishga sazovor bo'ladi,izzat-xurmat ko'radi,degan fikr qoladi.
Ushbu sonda Buxoro amiri Rossiya podshosiga fillar,otlar va qulonlar hadya qilib yuborgani hikoya qilinadi. Bu bilan oq poshshoning naqadar qudratli va ulug'vorligi, atrofdagi davlatlar boshliqlarining undan hayiqib,ko'nglini topishga urinishayotgani takidlanadi.

Туркистонда XIX асрнинг охирги чорагига келиб хусусий босмахоналар ҳам юзага келди. Чунончи, Тошкентда 1877 йили, Самарқандда 1880 йили, Қўқонда 1887 йили, Наманган уездида 1882 йили хусусий босмахоналар ташкил этилади. Россияга вассал бўлган Хива хонлигининг пойтахти Хивада ҳам 1873 йили хусусий босмахона очилади. Мазкур босмахоналарда китоб ва рисолалар билан бирга хусусий газеталар ҳам нашр қилина бошлайди.


XIX асрнинг 80-90- йилларига келиб Туркистонда матбуот тараққий этиб, хусусий газеталар ҳам чиқади. Булар рус тилидаги либерал характердаги газеталар эди. Жумладан, “Закаспийское обозрение” газетасини олайлик. У 1895 йилдан 1913 йилгача чиқиб турди. Моҳиятига кўра, у савдо-саноат ва адабий-бадиий газета бўлган. У дастлаб ҳафтасига 3 марта, 1897 йилдан эса кундалик бўлиб чиқади. Газетанинг ношири К.М.Фёдоров деган шахс бўлган, А.И.Родзевич, И.И.Александров, В.А.Недельский ва бошқалар унга навбати билан муҳаррирлик қилишган. Газетанинг яхши безак берилган адабий-бадиий иловалари ҳам чиқариб турилган.
“Русский Туркестан” газетаси эса, Тошкентда 1898 йилдан 1907 йилгача нашр қилинган. Газетада Туркистон ва Еттисув вилоятлари шаҳарларини ўрганишга бағишланган мақолалар. Маҳаллий хабарлар шунингдек театр тақризлари ҳамда фельетонлар босилиб турган. Газетанинг ношири дастлаб А.А.Сморгунер, муҳаррири И.И.Гейер бўлишган, кейинчалик у босмахона ширкати ходимларининг тасарруфига ўтган.
1899 йилдан 1918 йилгача нашр қилинган “Асхабад” газетаси рус буржуазиясининг энг кўзга кўринган газеталаридан бўлган. У адабий-бадиий, савдо-сотиқ, саноат,сиёсатга оид материаллар чоп этган, шунингдек маҳаллий ҳаётни ҳам яхши ёритган. У Ашхобод шаҳрида З.Д.Жакров томонидан нашр этилган бўлиб, “Маҳаллий хабаралар”, “Россия бўйлаб”, “Чет эл хабарлари”, “Матбуот акс-садолари” ва “Таҳририятга мактуб” каби рубрикалар остида материаллар бериб борган.
Самарқандда “Окраина” деган хусусий газета чиқарилган. У 1890 йилдан 1898 йилгача дастлаб хафтада бир марта, сўнг 2-3 мартадан нашр қилинган. Мазкур газетага брошюралар кўп илова қилиган. Тўрт йил ичида 25 та брошюра унга илова тарзида чиқарилади.
Ушбу хусусий газеталарнинг деярли барчаси адабий-бадиий, савдо-сотиқ, саноат, илмий мавзуларга оид материалларни бериб борган. Сиёсий мавзуларда у-бу нарса чоп қилишган бўлса-да, булар маҳаллий аҳоли манфаатига кам алоқадор эди. Хусусий газеталар билан бирга, бу даврда журналлар ҳам чиқарилган. “Среднеазиатский вестник” журнали 1896 йилдан 1907 йилгача нашр қилинган. “Средняя Азия” журнали эса, 1895-96 йиллари чиқиб турган.
Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish