69
ishlash va dam olishni bilsa – u o’zini yaxshi ko’ra oladi. Ichki kechinmalarda ham
bunday odam o’zida ortiqcha aybdorlik tuyg’usini tutib turmaydigan, o’zi va boshqalar
xatosini
oson kechiradigan, o’z hayotidan mamnun yashaydigan bo’ladi.
Siz o’z sog’lig’ingiz, yashash muhitingiz, xatti-harakatlaringiz
va hatto
kamchiliklaringizni ham yaxshi ko’ring. Tanangiz unga ko’rsatilgan bu mehrdan doim
tetik va ko’rkam yuradi. Yashash muhitingizdagi odamlar, o’simliklar
va hatto jonsiz
predmetlar ham mehringiz ta’sirini sezadi va shunga monand o’zgaradi. Mehr kuchi bilan
sog’lig’ingiz mustahkam, chehrangiz ochiq, uyingiz fayzli va hayotingiz yorqin bo’ladi.
Hech e’tibor berganmisiz – chaqaloq bor xonadon boshqacha fayzli bo’ladi. Chunki
bu uyda barcha yangi mehmonga shartsiz mehr ko’rsatayotgan bo’ladi –
ularning bu
mehridan uy muhiti to’yingan va tashqaridan kelgan odamni sarhush qiladigan bo’ladi.
Ammo keyinchalik bola katta bo’ladi, uning yoqimli qiliqlari qatori xarxashasi ham
chiqadi. Tarbiya va’ji bilan asta sekin atrofdagilarning bolaga bo’lgan shartsiz mehri
tobelik munosabatiga aylanadi va oiladagi avvalgi fayz biroz yo’qoladi. Katta odamlar
esa bir-birlariga mudom tobelik orqali munosabatda bo’ladilar.
Ular bolalikda olgan
shartsiz mehrlarini birovga berishni unutib qo’yadilar. Bunda mehr qancha tobelikka
alishtirilsa, fayz ham shuncha kam bo’ladi.
Inson hayotini yashab o’tib, bu dunyoni tark etganda – tag’in unga nisbatan shartsiz
mehr ko’rsatiladi. Uni hamma kechiradi, undan hamma rozi bo’ladi – evaziga hech narsa
kutmay uni yaxshi xotiralar bilan eslashadi. Ana shuning uchun qabriston ham – eng
fayzli maskanlardan biri. Bu yerga kelgan odamlar marhum
yaqinlariga shartsiz mehr
tashlab ketishadi – ana shu mehrning kuchi bilan qabriston doim sokin bo’ladi. Ko’nglida
dardi bor odam qabristonda o’zini yengil his etishi va ko’ngliga xotirjamlikni qaytarishi
mumkin.
Atrof dunyoga mehribon bo’lish – katta mehnat talab etadigan yumush emas. Bu
umuman
yumush
emas. Aslida, qalbimiz doim mehr ulashishga intilib yashaydi – faqat
aqlimiz bunda unga to’sqinlik qiladi, xolos. Eski ginalarni eslatib, kibrga berilib, sizni
muhimlikka tortib u ko’ngil xohishiga bo’ysunmaslikka sizni ko’ndiradi.
Siz qalbingiz so’ziga ergashing – hech kim va hech narsadan mehringizni ayamang.
Sizdan taralib turgan mehr yog’dusini dunyo sizga yuz chandon qilib qaytaradi.
Oddiygina mehr bilan hayotingiz qanchalik o’zgarganini ko’rib, o’zingiz ham hayron
bo’lasiz. Axir, sizdan nima ketibdi – buni,
shunchaki, qilib ko’ring.
Do'stlaringiz bilan baham: