Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
73 
Agar orzuning omadi chopib, qonun deb qabul qilinsa va ahdga aylansa, ijro etuvchi 
hokimiyat bo’lgan aql uni darhol tadbiq qila boshlaydi. Lekin shunda ham u ba’zida 
chalg’ib qoladi. Chunki ish jarayonida unda yangi gumonlar paydo bo’ladi, u ahdga (ya’ni 
qonunga) o’zgartirishlar kiritishga harakat qiladi. Bu ahd kuchini kesadi va odam 
niyatidan chalg’ib ketadi. 
Buning oldini olish uchun, qonun chiqarish hokimiyatini qalbga berib – ijro etishni 
aqlga tashlash kerak. Ijroning aytilgan ahd bo’yicha borishini nazorat qilish ham lozim. 
Agar ahdingizga shubhalarni yaqin keltirmasangiz – u siz ilojsiz deb o’ylagan narsalarni 
ham ro’yobga chiqarishga qodir. Chunki ahdning bir siri bor: 
ahd qonun qilib 
o’rnatilganda dunyo ham bu ahdni qabul qiladi va unga erishishingiz uchun sharoit 
yarata boshlaydi
. Boshqacha qilib aytganda, niyatingiz ahdga aylanishi bilan unga 
farishtalar omin deydi. 
Agar daraxt tagida o’tirib, eng pishgan meva shoxdan uzilib, to’g’ri sizning 
qo’lingizga kelib tushishiga bo’lgan ishonchingizni shubhalardan tozalab, uni sof bilim 
darajasiga keltirib, bu niyatni ahdga aylantirish qo’lingizdan kelsa – shamol aynan eng 
pishgan mevani shoxdan uzadi, yer tortish kuchi uni pastga uloqtoradi, u yo’lda boshqa 
shoxga urilib yo’nalishini shunday o’zgartiradiki, aynan sizning qo’lingizga kelib 
tushadi. Nima – bunga ishonish qiyinmi? Ishonmaysizmi? Unda bu kabi mo’jiza siz 
uchun daxlsiz bo’lib qolaveradi. Axir, bir narsaga mutlaqo ishonmasa – bu narsa sizning 
hayotingizda mavjud bo’lmaydi. 
Bu kabi mo’jizaga ishonish uchun odam ochiq fikrli bo’lishi lozim. “Men hamma 
narsani bilaman va hayotda nima bo’lishi mumkin-u, nima imkonsiz ekanini farqlashga 
aqlim yetadi” deguvchilar o’z hayotlari hududini hozirgi tushuncha va tamoyillari bilan 
cheklab olishgan. Bunday odam xuddi men avval sizga ertakda ta’riflagan, dunyodan 
o’zini baland devorlar bilan o’rab olgan shaharga o’xshaydi – bu shaharning hech kim 
bilan oldi-berdisi yo’q. Ammo agar siz o’z shahringiz darvozalarini ochib qo’ysangiz – 
hayotingizga mo’jiza kirib keladi va siz juda ko’p narsalarga ishongan odamdan ko’p 
narsalarni bilgan odamga, mo’jizani orzu qilgan odamdan mo’jizani odat qilgan odamga 
aylanasiz. 
Avvalgi bobda ta’riflaganim shaxsiy kuchingiz qancha ko’p bo’lsa, niyatlaringizni 
ahdga aylantirishingiz, bu jarayondagi shubhalarni yengib o’tishingiz shuncha oson 
bo’ladi.



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish