71 qilmaydi. Kuchli shaxsiyat egasida shaxsiy muhimlik tuyg’usi bo’lmaydi – shaxsiy
muhimlik tuyg’usi kishi hayotiy quvvatini isrof qiladigan odat. Undan qutulmay turib,
kuchli shaxsiyat egasi bo’lish imkonsiz.
Hayotda kuchlilar qatori kuchsiz shaxsiyat egalarini ham uchratamiz. Bunday
odamlar hamrohligida biz o’zimizni o’ta bezovta his etamiz. Chunki tanamiz bunday
odam ehtimoldan bizdan hayotiy energiya olishi mumkinligini biladi va undan tezroq
uzoqlashishga harakat qiladi. Albatta, siz bunday odamlarga yordam berishni istashingiz
mumkin. Ammo buni, shunchaki, hayotiy energiya berish bilan emas – ularga o’z
shaxsiyatlarini kuchaytirishga ko’maklashib qilgan ma’qul. Ana shunda o’zingizga zarar
yetkazmay, boshqa odamga yaxshilik qilgan bo’lasiz.
Men sizga bir sir ochaman – u siz avval eshitgan haqiqatlarga mos kelmaydi:
hayotda bezarar yaxshilik juda kam bo’ladi . Hayron bo’lmang. Siz qilgan juda ko’p
yaxshi ishlar aslida kimningdir manfaatiga zid. Ko’p yaxshiliklarni biz o’z manfaatimizga
qarshi qilamiz. Ko’chadagi nochorga yaxshilik qilgingiz kelib, pul berib ketasiz. Ammo
siz bu pulni mehnat qilib topgansiz – uni o’zingiz uchun ishlatishingiz yoki bolangizga
bir dona daftar olib berishingiz mumkin edi.
Men bu bilan aslo bunday ishlarni qilmang demoqchi emasman. Ammo buni
rostdan ham ko’nglingiz istasagina qilgan ma’qul. Axir, hadisda ham “O’z
qaramog’ingizdagi yaqinlaringiz rizqidan ortganini sadaqa qiling” deb bejiz aytilmagan.
Hech kimning manfaatini buzmasdan yaxshilik qilganga nima yetsin. Buning uchun
esa shaxsiy kuchingiz darajasi yuqori bo’lishi va siz uni odamlarga yordam berishga
yo’naltira olishingiz darkor. Yana bir sirni unutmangki,
siz shaxsiy kuchingiz yordamida atrofdagilarga qancha ko’p beg’araz yaxshilik qila olsangiz – bundan shaxsiy kuchingiz shuncha ortib boraveradi .
Endi bir soat mutolaadan chalg’ib, dam oling. Bu muddatda hayotingizda uchratgan
kuchli shaxsiyat egalarini eslasangiz ham mayli. Ularni eslash ham hayotiy quvvatingizni
oshiradi.
Ahd kuchi Odamzod har doim nimagadir intilib yashash ilinji bilan yaratilgan. Biz mudom
nimalarnidir orzu qilamiz, nimalarnidir ko’zlab, ularga erishish uchun harakat qilamiz.
Istaklarimizni biz ularga beradigan ahamiyatga qarab tasniflasa bo’ladi.
Eng kuchsiz va havoyi istak – bu orzu. U shunchalar yengilki, u bizda faqat yoqimli
hislar uyg’otadi – axir, hammamiz orzularga berilishni juda yoqtiramiz. Bizni bu orzular
ushalmay qolishi mumkinligi yoki buning umuman iloji bor-yo’qligi tashvishga
solmaydi. Biz shunchaki orzu qilaveramiz. Biz avval boshdan bu narsa real hayotda
amalga oshishi imkonsiz yoki juda qiyin ekaniga ko’namiz – shu bois ham orzularga
hadiksiz o’zimizni topshiraveramiz.
Umid – orzudan ko’ra bir oz vazminroq. Endi biz istagan narsamiz hayotda ro’y
berishi mumkinligi ehtimolini yuqoriroq qo’yamiz. Biz bunda bir narsani kutamiz –
bunda endi istak beg’am orzu qilish emas, unga his tuyg’ular ham aralashadi. Shu yerda
istak amalga oshmay qolish hadigi ham paydo bo’ladi. Umidlaringiz oqlanmay qolganda