Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
67 
yubormadi (vaholanki, u bizni qanday oson yaratgan bo’lsa, nonko’rligimiz uchun jazo 
tariqasida shunday oson yo’q qilib tashlashi ham mumkin edi). 
U bizga yorug’ olamni ravo ko’rdi. O’zimizga jannat yaratish imkonini berdi. U 
bizni suyganidan o’sha jannatni qanday yaratish mumkinligi haqida bayon qilingan qator-
qator ilohiy bitiklar tushirdi. “Mana, bandam, senga hayot. Mana shu hayotingni baxtiyor 
qilish uchun yo’riqnoma. Agar bunda aytilgan me’yorlarga amal qilsang – hayoting 
jannatda o’taveradi. Ularni buzsang, na iloj – o’z hayotingni o’zing do’zaxga 
aylantirasan. Qaysi tomonni tanlash – o’zingga havola” deb bizga muruvvat ko’rsatdi. 
Biz yashashni boshladik. Xatolar qildik. Bu xatolar bizga muammo bo’lib qaytdi. 
Bizga Tangri azobni ham bizni suyganidan berdi – U bu ish xato ekanini anglashimiz, 
buning natijasida o’zimizga o’zimiz muammo orttirib olishimizni ko’ra bilishimiz va 
kelgusida yana shu ishni takrorlab o’zimizni azobga qo’ymasligimiz uchun berdi bu 
jazoni. 
Unga o’zi yaratgan bandalari – o’z ruhidan nafas bergan dilbandlarining xato qilib, 
buning jabrini tortishlarini ko’rish yoqadi deb o’ylaysizmi? Biz azob cheksak, U bizga 
bor mehri bilan achinadi. Axir, U rahmdil. U xato qilsak – kechiradi. Axir, U mehribon 
va kechirimli. U so’rasak – beradi. Axir, U marhamatli. 
Yana shunda ham bizga mehr bilan berilgan in’om – hayotni sinov deyish 
to’g’rimikan? Biz bandalar sinab ko’rib – keyin bilamiz. Yaratgan esa – shundoq ham 
hamma narsani biladi. 
Eng qiziq odatimiz shuki – ajal kelganda biz o’sha sinov deb atayotgan narsaga 
mahkam yopishamiz. Xo’sh, sinov tamom bo’lishini nega istamaymiz – nega o’limdan 
qo’rqamiz? 
Chunki, yana yanglish, o’limni jazo kabi ko’ramiz. O’lim – jazo emas, 
marhamatdir. O’lim Tangri mehrining bir parchasi bo’lgan ruhimizni manbayiga 
qaytaruvchi kuch. Bunda uzoq muddat o’z makonidan uzoqda, moddiy olam tarkibi 
bo’lgan bir mavjudot jussasida yashagan ruh hayajon va sevinch bilan Vataniga qaytadi 
va taskin topadi. Ruhingiz o’lmaydi – o’lim, shunchaki, xatlab o’tish kerak bo’lgan 
ostona. 
Hayotni in’om bilib yashang. Tangri sizga o’limni marhamat qilib yuborguncha – 
bu in’omning barcha imkoniyatlaridan foydalana biling. Uni aqlingizga emas – 
qalbingizga xizmat qilishga bag’ishlang. Toki sizning baxtli yashashingizni ko’rib 
Yaratgan ham mamnun bo’lsin. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish