63
Majburlash samarasiz yo’l ekanini bilsak ham, ko’pchiligimiz aynan shu usuldan
foydalanamiz. Majburlash deganda aynan jismoniy kuch ishlatishni emas,
psixologik
ta’sirni ham nazarda tutyapman. Misol uchun, “Men
sizni sevaman va sizning
sevgingizga umidvorman” deyish majburlash. Chunki bunda odam sizga nisbatan o’zini
burchli his etadi. Agar u sizni qattiq hurmat qilsa, u ko’nglingizni o’g’ritmaslik uchun
sizga yumshoq munosabatda bo’lishga, sevgingizni hurmat qilishga harakat qiladi.
Vaholanki, burch hissi erkinlik emas. Siz o’z sevganingizdan umidvor bo’lib, unga burch
yukini yuklaysiz. Axir, o’zingizga kimdir sizdan qattiq umidvor ekanini aytsa,
yelkangizga mas’uliyat tushganini sezmasmidingiz?
Siz sevgingizni shunday izhor etingki, u sevgilingizda faqat surur uyg’otsin. “Men
sizni sevaman –
shunchaki, hech narsaga da’vo qilmasdan sevaman” kabi izhor
shartsizdir. Bunday izhorni eshitgan odam uni kimdir hech narsaga qaramasdan, evaziga
hech narsa talab qilmasdan, hech narsaga umid bog’lamasdan shunchaki sevishidan boshi
osmonga yetadi. Uni shunchalar hurmat qilgan, shunchalik samimiy sevgan odamning bu
gaplari qalbining tubiga yetib boradi. Va siz uning
uchun eng yaqin qalbdoshiga
aylanasiz. Ana shu holdagina javob sevgiga muyassar bo’lishingiz ehtimoli juda yuqori.
Agar siz sevgan odamingizni sovg’alar bilan zabt etmoqchi bo’lsangiz – demak, siz
uning qalbini emas, aqlini mo’ljalga olgansiz. Moddiy manfaatga aql aldanadi – ko’ngilga
bu nayranglar o’tmaydi. Ko’ngil uni eshitishlarini, uning
istaklarini ham inobatga
olishlarini va unga biror kimni sevishga imkon berishlarini istaydi. Ha-ha, mana sizga
yana bir sir:
qalb unga kimnidir sevishga imkon berishlarini istaydi
. Ko’nglimiz
mudom kimgadir mehr berish ilinji bilan yashaydi – u mehr bilan nafas oladi, olamga
mehr bilan qarab, unda sevish uchun o’zga qalb axtaradi.
Shunday ekan, birovning sevgisiga erishish uchun uning qalbiga yo’l toping.
Buning uchun unda sevgi uyg’otishga intilish emas – sevish kerak. Unutmang –
sevgi bu
sevilish emas
.
Sizning qalbingiz ham sevishni istagani uchungina sevadi – sevilishni
istagani uchun emas
.
Ammo bu yo’lda sizga ikki katta kuch to’sqinlik qiladi: avvalo, bu sizning aqlingiz.
Unga tobe bo’lmaslik haqida biz ko’p gaplashdik.
Ikkinchi g’ov – bu sevgan odamingizning aqli. Axir, u ham o’z shaxsiyati ustidan
hukmini saqlab qolishga intiladi. Siz sovg’alarni sevgan odamingizning aqlini aldab
o’tish uchun ishlatishingiz mumkin. Lekin shu bilan aqlni chalg’itib qo’yib,
sevganingizning qalbiga quloq soling. U sizga ishonib, o’z sarhadlarini ochib bergandan
so’ng esa – aqlning zug’umi tugaydi.
Qalb eshiklarini
bir-birlariga ochib, o’zlarini chin sevgi ixtiyoriga topshirgan
hamrohlarga men hech bir maslahat bermayman – ular shundoq ham eng to’g’ri
ishni
qilishyapti. Ammo o’zini sevishganlar deb atagan hamma juftlik o’rtasida ham shartsiz
sevgi mavjud emas. Shunday ekan, o’z muhabbatingizni shartlar, talablar va cheklovlar
kishanidan ozod qilish faqat o’zingizga havola. Buni uddalasangiz, haqiqiy sevgi qanday
sururli ekanidan hayron qolasiz.
Ishqiy munosabatlarda aqlning gapiga aldanib qolish holati juda achinarli. Ba’zida
biz aql va’dalariga ishonib, ko’nglimiz istamagan odam bilan munosabatga kirishamiz.
Bunday munosabat o’ta qiynoqli va qisqa umrli bo’ladi.