59
qiziqayotganini bilmaydi. Bunga sabab yoshlikda ularni ota-onalari ular aslida qiziqqan
narsadan chalg’itib, boshqa sohaga burib yuborishganidir. Ular ota-onalari aytgan sohani
o’rganib, o’zlari qalban nimani istashlarini unutib qo’yishgan.
O’z kelajak kasbini aniq bilgan yoshlardan “Nega aynan shu kasbni tanladingiz?”
deb so’raganimda, ko’pchilikdan “Chunki bu juda daromadli kasb”, “Chunki bu sohada
ish topish oson”, “Chunki otam (yoki onam) shu kasb egasi” kabi javob oldim. Afsuski,
ulardan juda kamchiligi bu savolga “Chunki men shu kasbni sevaman va kelajakdagi
o’zimni shu kasb egasi sifatida tasavvur qilyapman” degan javob berdi.
Farzand tarbiyasida tobelik munosabati o’rnatilishining yana bir belgisi – ota-
onaning farzandi uchun qaror qabul qilishi. “Sen falon joyda o’qiysan va falon kasb egasi
bo’lasan”, “Sen hech qayerda o’qimaysan va menga biznesimda yordamlashasan”, “Sen
falonchiga turmushga chiqasan (uylanasan)”, “Sen men aytganimni qilasan” kabi
buyruqlar bunga misol. Bunday usulda tarbiya ko’rgan farzand mustaqil qaror qabul qila
olmaydigan va o’z hayotini boshqalar qo’liga topshirib qo’yadigan kuchsiz shaxsiyat
egasi bo’lib ulg’ayadi. Bunday odamlar odatda ota-onalaridan alohida yashashga
qiynaladi.
Farzandingizga aloqador har qanday qaror qabul qilinishida farzandingiz ishtirokini
ta’minlang. Mayli, siz u tanlayotgan yo’lni ma’qullamassiz va o’z bilganingizcha ish
tutmoqchidirsiz. Ammo buni majburlash yo’li bilan emas, tanlov berish yo’li bilan qiling.
Farzandingiz uning ham xohish-istaklari inobatga olinayotganini va uning shaxsiyatiga
hurmat ko’rsatilayotganini bilsin.
Navbatdagi sirni eshitish ba’zi ota-onalarga yoqmasligi mumkin. Ammo odilona
o’ylab ko’rilsa, buning isboti ko’p.
Ota-onalar bolalariga tazyiq o’tkazishlariga bir
sabab – ular o’zlarini kechira olmasliklaridir
. Ular yoshlikda o’zlari yo’l qo’ygan
xatolar uchun o’zlarini kechira olmaydilar va farzandlari xuddi o’sha xatolarga yo’l
qo’yishlarining oldini olishga zo’r berib harakat qiladilar. Bu o’z-o’zini kechira olmay,
aybdorlik tuyg’usi bilan yashashning yana bir salbiy oqibati. Shunday ekan, o’z
xatolaringiz soyasi farzandingiz farovonligiga tushishiga yo’l qo’ymang. Unga ham xato
qilishga imkon bering. Axir, sizning tajribali ota-ona bo’lishingizga ham aynan o’sha
xatolar xizmat qilgan.
Farzandning ota-onaga bo’lgan munosabati haqida gapirmayman – bu haqida
shundoq ham juda ko’p gap aytilgan. Ammo bir narsa barchamizning yodimizda bo’lishi
zarur –
Do'stlaringiz bilan baham: |