Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi


TO‘G‘RI VA TARQOQ HOLDA TUSHADIGAN YORUG‘LIK



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

 
TO‘G‘RI VA TARQOQ HOLDA TUSHADIGAN YORUG‘LIK
Yorug‘lik rejimini o‘rganishda to‘g‘ri va tarkoq holda tushadigan 
yorug‘likning ta’sirini farq qilish juda muhimdir. Ma’lumki, atmosfera, 
ayniqsa uning o‘zgaruvchan komponentlari, ya’ni suv bug‘i, 
karbonat angidrid va boshqa gazlarning molekulalari kuyosh 
radiatsiyasiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Atmosferaga yetib 
keladigan radiatsiyaning 42% ga yaqin qismi yana atrofga aks etib, 
dunyo bo‘shlig‘iga yoyilib (tarkib) ketadi, Taxminan 15% yorug‘lik 
(58% dan) atmosfera tomonidan o‘zlashtiriladi, absorblanadi, 
Demak, yer sathiga quyosh radiatsiyasining faqat 43% yetib keladi. 
Bulutlar tufayli tarqoq xolga kelgan va ular orqali o‘tgan 
yorug‘lik ko‘p miqdorni tashkil etuvchi qisqa to‘lqinli ultrabinafsha, 
ko‘k-binafsha va infraqizil nurlarni yo‘qotgan bo‘ladi. Shundan 
ma’lum bo‘ladiki, tarqoq holda tushgan yorug‘likda to‘g‘ri 
tushadigan yorug‘likka qaraganda fotosintez uchun foydali bo‘lgan 
to‘q sariq-kizil nurlar ko‘p bo‘ladi, ya’ni barglarga to‘g‘ri 
tushadigan yorug‘lik diffuz deb ataladigan tarqoq yorug‘likdan 
keskin farq qiladi. Havo ochik vaqtda diffuz yorug‘lik umumiy 
yorug‘lik radiatsiyasiga nisbatan 10-15% ni, havoni bulut bosgan 
vaqtlarda esa 100% ni tashkil etadi. Lekin tarqoq va to‘g‘ri tusha-
digan yorug‘lik nurlari o‘rtasidagi, yorug‘likning intensivligi bilan 
spektrning holati o‘rtasidagi farq nihoyatda o‘zgaruvchan bo‘ladi. 
Shunga asosan turli geografik sharoitga, dengiz sathidan har xil 
balandlikda joylashganligiga, atmosferaning holatiga, joyning 
relefiga, o‘simliklar qoplamining harakteriga qarab keskin o‘zgarib 
turadi. Bu xildagi munosabat kunning turli soatlarida, vegetatsiya 
davrining har xil mavsumlarida va turli xil yillarda har xil bo‘ladi. 


Atmosfera qatlamidan o‘tishi vaqtida radiatsiya intensivligi kuchli 
darajada pasaygani holda baland, tog‘li alp oblastlarida, atmosfera 
qatlami unchalik qalin bo‘lmasligi tufayli radiatsiya intensivligi past 
tog‘li oblastlardagiga qaraganda pasaymay yuqoriligicha saqlanib 
qoladi. Quyosh gorizontdan past turgan vaqtda radiatsiya 
intensivligi pasayadi. Shuni ham hisobga olish kerakki, quyoshning 
balandligi sutka davomidagina emas, balki yil davomida ham 
geografik kenglikka bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Odatda, ertalab va 
kechqurun quyosh gorizontdan past turishi tufayli uzun to‘lqinli 
yorug‘lik radiatsiyasi ustunlik qiladi, ko‘p miqdorda tarqoq tushgani 
xolda tush vaqtida qisqa to‘lqinli radiatsiyaga boy bo‘lgan to‘g‘ri 
tushadigan yorug‘lik ustunlik kiladi. Lekin radiatsiya, odatda 
gorizontal yuzalar uchun o‘lchanadi. Tabiatda yonbag‘irlarning 
ekspozitsiyasi va nishabi juda katta ahamiyatga ega. Quyosh nuri 
tushish burchagining o‘zgarishi radiatsiya intensivligini ham keskin 
ravishda o‘zgartiradi. Shunga ko‘ra, yorug‘lik kuchi kenglik 
bo‘yicha emas, balki topografik variatsiyasi bo‘yicha ham keskin 
farq qiladi. Bu xol ayniksa yuqori arktik kengliklarga taalluqli 
bo‘lib, janubiy va shimoliy yonbag‘irlarda radiatsiya intensivligi 
orasidagi farq sezilarli darajada bo‘ladi. Buni o‘sha yerdagi 
o‘simliklar qoplami o‘rtasidagi farqdan ham ko‘rish mumkin.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish