6-Ma’ruza Joyning topografiik sharoitiga va rahbar nishablikdan foydalanishga ko'ra trassa yurishlarini klassifikasiyasi
Reja:
Daryo vodiylari bo`ylab trassalash.
Suv ayirgichlarida trassalash.
Suv ayirgichga kolodkalarning yurishni trassalash.
Turli topografiya sharoitlarida trassalash
Daryo vodiylari bo`ylab trassalash. Daryo vodiysi bo’ylab yotqizilgan trassa yo`llari, stansiya shaharchalarini suv bilan ta`minlash uchun qulay sharoit yaratsa ham, biroq ko`pgina suv havzalarini kesib o`tishi sun`iy inshootlar qurilish qiymatini oshiradi. Tekisliklarda daryo vodiylari burilishlari ko`p bo`lmay, balki keng trassali ko`rinishda bo`ladi. Trassa bu kabi sharoitda daryo yoqasidagi trassalardan birida yotqiziladi. Trassaning bunday uchastkalari vodiy-terrasa yurishi deb ataladi.
4.9-rasm. Tekis vodiyli daryoning ko`ndalang qirqimi.
1 – daryo yoqasidagi terrasali maydonlar; 2 – temir yo`lning tuproq ko`tarmasi; 3 – daryo yoqalari; 4 – daryo o`zani; Nsyud – suv sathining gorizontal chiziq ko`rinishidagi eng yuqori ko`tarilish darajasi.
Baland-past joyda joylashgan vodiylar ham nisbatan egri-bugri bo`ladi. Daryolarning katta burilish uchastkalarida ana shu joyni aylanib o`tish maqsadida yo`lni uzaytirish varianti bilan daryoni ikkita ko`prik yordamida kesib o`tish imkoniyati, yoki daryo o`zanini boshqa tomonga burib yuborish (4.10-rasm) imkoniyati o`rganilishi shart.
4.10-rasm. Daryoning katta burilish uchastkasida trassalash variantlari: 1 – daryo burilgan joyni aylanib o`tish; 2 – daryoning burilgan joyini ikki ko`prik yordamida kesib o`tish; 3 – daryo o`zanini burib yuborish.
Daryolar terrasasiz, tik yonbag`irli daralardan oqadigan tog`li tumanlarda trassa qiya tog` yonbag`ridagi suv sathining eng yuqori darajasidan balandroq (vodiy-tog` yonbag`ridan yurish), yoki tog` yonbag`ri pastrog`ida yotqizilishi mumkin.
Chidamli toshloq jinsli tog` yonbag`rida tuproq ko`tarmaning asosiy yuza tekisligini yarim o`yiq ko`rinishida kesish mumkin.
Tog`ning tik yonbag`irlarida, bo`sh toshloq jinslaridan yoki kam namlangan oddiy tuproqdan iborat joylarda trassa o`tkazish, qoidaga binoan, befoyda, chunki bunday uchastkalarda tuproq ko`tarma mustahkamligini ta`minlash uchun o`ta qimmat inshootlar qurish talab etiladi: tarmoq(shahobcha)larga bo`lingan (zovurlar qazib va quvurlar o`tkazib zahob yerlarni quritish) tizimi, tirgovuch devorlar va boshqalar, qurilish ishlarini mexanizatsiyalashtirish murakkab. Bundan tashqari, yo`lning shunday uchastkalari temir yo`ldan foydalanish davrida ko`proq mehnat va mablag` talab etadi.
Yo`lni vodiyda qurishning afzal jihatlari:
Trassaning kichik nishablikda trassalanishi;
Jami yengib o`tiladigan balandliklar kichik o`lchamni tashkil etadi;
Trassa yo`lining daryo vodiysi ichki tomoniga yaqin joylashib rivojlanishi;
Stansiya va shaharchalarni suv bilan ta`minlash muammosi osonroq hal qilinadi;
Qurilish materiallari, konstruksiyalar va mexanizmlarni qurilish bajarilayotgan joylarga etkazib berish qulayligi;
Qor va qum uyumlari kam hollarda uchrashi.
Vodiyda yurish kamchiliklari:
Yo`lning uzayishi (vodiydagi trassa egri-bugri bo`lganligi sababli eng qisqa masofadan chetlashishga majbur qiladi);
Tog` yonbag`ri tomonidan ko`p sonli irmoqlarning kesib o`tilishi va bunga mos ravishda ko`plab sun`iy inshootlar qurish va ularning qurilish qiymati;
Geologik noqulay joylarning mavjudligi tuproq ko`tarma mustahkamligiga xavf solib, undan tashqari daryo yoqasida joylashgan botqoqliklar, ko`llar va eski daryo o`zanlarini ham ko`zda tutish lozim;
Tuproq ko`tarmaga suv toshishi;
Ko`p sonli egriliklar Poyezd harakat tezligini cheklaydi.
4.11-rasm. Vodiyli yurish trassasi
Shunga qaramay, qurilish ishlari hajmining kattaligi va yo`lni murakkab ingichka (tor) daralardagi rejasi, bir tomonga daryo oqimi bo`yicha birga boradigan vodiyli yurishdagi tog` sharoitida trassani yotqizish ko`pincha ehtimolga yaqin birdan-bir xulosa bo`lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |