3.1-jadval
Universal tadqiqot so‗rovnomasini to‗ldirishga misol
Baholash mezonlari
Sizning nazaringizda, eng maqbul muassasa
Eng yaxshi servis
―LazzaT‖ kafesi
Eng maqbul ish vaqti
―Bon‖ kafesi
Ushbu yondashuv iste‘molchilar konkret sohada (servis, taomnoma va h.k.)
restoranlar bozoridagi o‗yinchilarning qaysi birini afzal ko‗rishlarini aniqlash
imkoniyatini beradi.
Universal tadqiqotni o‗tkazish uchun blanka 10-ilovada keltirilgan. Unda
umumiy tavsiflar keltirilgan bo‗lib, zarur holda siz ularni o‗z maqsadlaringizga
ko‗proq mos keladigan tavsiflar bilan almashtirishingiz mumkin.
Bunday universal tadqiqot reklamada va umumiy siyosatda nimaga urg‗u
berish lozimligini aniqlash imkoniyatini beradi. Boshqacha qilib aytganda, agar
iste‘molchilar sizning restoraningizni mazali taomlar tayyorlanadigan muassasa deb
hisoblamasalar va ushbu mezonga ko‗ra boshqa restoranni afzal ko‗rsalar,
restoraningiz alohida mazali taomlardan iborat taomnoma taklif qilishi haqida jar
66
solmaganingiz ma‘qul. Iste‘molchilar aynan sizning restoraningizda qayt etgan
fazilatga urg‗u bersangiz, o‗rinli bo‗ladi.
Taassurot xaritalarini tuzish.
Marketingda
taassurot xaritalarini tuzish
deb nomlanuvchi metoddan universal
tadqiqotning bir varianti sifatida foydalanish mumkin. Bu iste‘molchilar turli brendlar
xususida bildirgan fikrlarning grafik ko‗rinishidagi ifodasidir.
Taassurot xaritalari
restoranlar bozori turli o‗yinchilarining bir-biriga nisbatan
joylashuvini ko‗rgazmali ifodalashga yordam beradi. Ta‘bir joiz bo‗lsa, bu
iste‘molchi ongining uning o‗zi qog‗ozga tushirgan xaritasidir.
U yoki bu tovarlar va xizmatlar foydasiga tanlashni aynan iste‘molchilar
amalga oshiradilar. Ayni shu sababli ular qaysi ishtirokchilarni afzal ko‗rishlarini
bilish muhimdir.
Shunday qilib, taassurot xaritasi – bu, eng avvalo, tahlil usuli. Demak, tahlil
mezonlari bor. Bunday mezonlar sifatida muhim belgilarning ikkitasi amal qilishi
mumkin. Bular, masalan, narxlar va sifat, restoran qulay yerda joylashganligi va
servis darajasi, reklama sohasidagi faollik va mashhurlik bo‗lishi mumkin. Taassurot
xaritalarini tuzish ayni shu ikki belgiga muvofiq amalga oshiriladi. Eng muhimi –
faqat ikkita belgini to‗g‗ri, ya‘ni maqsadlar va konkret vazifalarga muvofiq tanlash.
Masalan, siz o‗zingizni qiziqtirayotgan bozor ishtirokchilarining servis sohasidagi
mavqei bozorda qanday taqsimlanishini bilmoqchisiz. Servisni narxlar bilan
biriktirish mumkin. Bu holda taassurot xaritasi ayni shu ikki mezon – s
ervis
va
narxlarga
muvofiq tuziladi.
Umuman olganda, narx mezoni boshqa har qanday mezon bilan osongina
birikadi. Bu universal mezon boshqa mezonlarga ham ishora qiladi – qimmat restoran
taomlarning o‗ta sifatliligi, yaxshi interer va shu kabilarni nazarda tutadi.
Tahlilni o‗tkazish uchun mezon bo‗lib xizmat qiladigan ikki belgini
tanlaganingizdan so‗ng xaritani tuzishga kirishishingiz mumkin. U quyidagi
ko‗rinishni kasb etadi (4.1-rasm).
67
Narxlar
Do'stlaringiz bilan baham: |