63
tahlil qilish va gavjumligini o‗rganish zarur. Umumiy ovqatlanish korxonasi uchun
eng qulay joy – bu, eng avvalo, mazkur joyning odamlar va avtomobillar nuqtai
nazaridan gavjumligi. Restoranni joylashtirish mo‗ljallanayotgan
joy yaqinidan
o‗tuvchi odamlar va mashinalarning o‗rtacha sonini erinmasdan hisoblab chiqish
lozim. Restoran o‗z eshigini ochganida nimaga mo‗ljal qilish mumkinligini oldindan
bilgan ma‘qul.
Agar restoranni joylashtirish mo‗ljallanayotgan joy yaqinidan o‗tgan yo‗l
serqatnov bo‗lsa-yu, restoranga bevosita kirish yo‗li bo‗lmasa, bunday joy uncha
qulay emas. Shu sababli restoranni qurishda bu variantni ham e‘tiborga olish lozim.
Imkoniyat bo‗lsa, to‗ppa-to‗g‗ri restoran eshigiga olib keladigan alohida yo‗l qurish
haqida o‗ylab ko‗rgan ma‘qul.
Bo‗lg‗usi muassasa egasi va xodimlari uni rejalashtirish
va ochish ishiga
berilib, odatda, restoranning joylashuv eri va uning o‗rtacha iste‘molchi uchun
qulayligining ba‘zi bir jihatlarni nazardan qochiradilar. Vaholanki, iste‘molchi –
restoran egasi ham,
uning xodimlari ham emas, u sizning muassasangizga tashrif
buyurish uchun o‗nqir-cho‗nqirliklardan oshib o‗tirmaydi. Yo‗ldagi ortiqcha
qiyinchiliklar iste‘molchilarni siz ularga tayyorlayotgan mazali taomlar va qiziqarli
tadbirlardan faqat uzoqlashtiradi.
Umumiy ovqatlanish korxonasi
ochishni rejalashtirish
restoranlar bozorini
o„rganishga
doir umumiy tadqiqot o‗tkazishni ham nazarda tutadi. Bu ish
konsepsiyani ta‘riflash bilan bir vaqtda amalga oshirilgani ma‘qul, shunda siz unga
kerakli tuzatishlarni o‗z vaqtida kiritishingiz mumkin.
Restoranlar bozorini o‗rganish – bu uning tarkibiy tuzilishini:
ishtirokchilar,
iste‘molchilarning asosiy guruhlari, Yetkazib beruvchilarni o‗rganish. Sizning
faoliyatingiz quyidagi omillarga bog‗liq bo‗ladi:
iste‘molchilarga (ularning munosabati, imkoniyatlari va mayllariga);
raqiblarga (ularning siz amalga oshirayotgan marketing tadbirlariga
bo‗lgan munosabatiga);
Yetkazib beruvchilarga (ularning madadi,
ular bilan ishlashning
ishonchlilik darajasi, taklif qilinayotgan tovarlar va xizmatlar sifatiga).
64
Iste‘molchilar va raqiblarni tahlil qilish metodlariga biz yuqorida to‗xtalib
o‗tdik. Yetkazib beruvchilarga kelsak, bu yerda ularning
portretini
tuzish talab
etiladi. Bu ish quyidagicha bajariladi. Eng mashhur
Yetkazib beruvchini tanlaysiz,
uning takliflarini o‗rganasiz va uning portretini tuzasiz. Masalan, necha yildan beri
mavjud, faoliyat yo‗nalishi, mavjud mijozlari. Bularning barchasini jadvalga solasiz
(shu qulayroq), unda bir ustunda namunaviy ko‗rsatkichlarni (nomi, faoliyat turi va
sh.k.), ikkinchi ustunda – konkret Yetkazib beruvchi haqidagi ma‘lumotlarni aks
ettirasiz (blanka 9-ilova keltirilgan).
Eng samarali va obro‗li Yetkazib beruvchining
portretini olish jadvalning
boshqa Yetkazib beruvchilarga oid kataklarini to‗ldirishni osonlashtiradi. Har bir
Yetkazib
beruvchining
tahliliga
bag‗ishlangan
jadval
oxirida
o‗z fikr-
mulohazalaringizni qayd etish uchun bo‗sh maydonni nazarda tuting. Unda siz,
aytaylik, mazkur tashkilot bilan amalga oshirish mo‗ljallanayotgan hamkorlik
yo‗nalishlarini belgilashingiz mumkin. Bunday tahlil
sizga kerakli Yetkazib
beruvchilarni to‗g‗ri tanlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: