O‗zbеkistоn rеspublikasi оliy vа o‗rtа mахsus tа‘lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti


Konsepsiyani o‗rganish va uning moddiy elementlari



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/158
Sana03.04.2022
Hajmi3,53 Mb.
#526810
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 04 RESTORAN SERVISINI TASHKIL ETISH 10ta

3.2. Konsepsiyani o‗rganish va uning moddiy elementlari
sanalgan obyektlar va masalalarni tadqiq etish 
Eng avvalo bo‗lg‗usi muassasaning 
konsepsiyasini
va u interer, taomnoma va 
reklamada qanday aks ettirilishini o‗rganish talab etiladi. Biz umumiy restoranlar
konsepsiyasi haqida birinchi mavzuda qisman gap yuritgan edik. U yoki bu format, 
joy va odamlarni tanlash nimaga olib kelishini bilish har qaysi mulkdor uchun 
muhimdir. Restoran ochilganidan keyingi voqealar rivojining prognoziga ega bo‗lgan 
ma‘qul. Lo‗nda qilib aytganda, siz nimaga umid qilish mumkinligini bilishingiz 
lozim.
Odatda, restorator bo‗lg‗usi restoran (yoki kafe, qahvaxona va sh.k.)ning shakl-
shamoyilini taxminan tasavvur qiladi, uning joylashuv eriga oid maqbul variantlar 
ham bo‗ladi. Muassasani joylashtirish mo‗ljallanayotgan er konsepsiyasiga 
iste‘molchilarning munosabatini o‗rganish, konsepsiya va taomnomaning, konsepsiya 
va servisning, konsepsiya va intererning o‗zaro nisbatini aniqlash talab etiladi.
Konsepsiyani o‗rganish yaxshilovchi o‗zgartirishlarni buni oz xarajatlar bilan 
amalga oshirish mumkin bo‗lgan vaqtda kiritish imkoniyatini beradi. Konsepsiyani 
o‗rganish 
rebrending
bilan bog‗liq holda, ya‘ni siz iste‘molchilarning qiziqishini 
jonlantirib, konsepsiya, imij yoki brendning o‗zini to‗laligicha o‗zgartirishga qaror 
qilganingizda ham amalga oshiriladi. Yangi konsepsiyani interer, taomnoma, nom, 
reklama materiallari va hokazolarda samarali ro‗yobga chiqarish ham uni sinchiklab 
o‗rganishni talab qiladi.
Konsepsiyani o„rganish jarayoni 
qanday yuz beradi?
Ish konsepsiyaning o‗zini belgilashdan boshlanadi. Siz loyiha muallifi sifatida 
o‗z bo‗lg‗usi muassasangiz g‗oyasini mumkin qadar aniq ifodalashingiz lozim. Bu 
uni o‗rganish va amalga oshirishni engillashtiradi. Buni qog‗ozda kollaj ko‗rinishida 
bajarishni tavsiya etamiz. Buning uchun sizga rasmlar, fotosuratlar, balki hatto 


62 
o‗zingiz chizgan rasmlar sifatidagi ko‗rgazmali material talab etilishi mumkin. 
Bularning barchasi sizning g‗oyangizga o‗zining moddiy ifodasini topishga yordam 
beradi va aynan u keyin har tomonlama o‗rganiladi.
Siz konsepsiyani o‗rganish jarayonining chegarasini ham oldindan 
belgilashingiz lozim. Bu nimani anglatadi? Har qanday tadqiqot, ayniqsa 
mo‗ljallanayotgan variantlarni tekshirish rejalaringizni bozorga oshkor qiladi. 
Sere‘tibor raqiblar buni o‗z foydalariga aylantirishlari mumkin. Shu sababli 
konsepsiyani o‗rganish jarayonida ehtiyotkorlikni boy bermaslik kerak. Boshqa 
tomondan, tadqiqotlar natijasida iste‘molchilar muassasangiz yaqinda ochilishidan 
xabar topadilar va ayni holda tadqiqotlar hatto PR shakllaridan biri bir bo‗lib xizmat 
qilishi ham mumkin.
Agar siz faol ish ko‗rishga qaror qilgan va konsepsiyaga munosabatni 
tekshirishga tayyor bo‗lsangiz, ichki bezakning dizayn-maketini, nomlar, grafik 
yozilishlar, sloganlar va reklama materiallarining variantlarini ishlab chiqqaningiz 
ma‘qul. Tayyor ko‗rgazmali materiallar fokus-guruhlar yoki intervyu jarayonida 
iste‘molchilar hukmiga havola qilinishi mumkin. Bunday yondashuv qulayroq va 
ishonchliroq, Chunki bozorning munosabatini oldindan aniqlash imkoniyatini beradi.
Umuman olganda konsepsiyani o‗rganish uning moddiy elementlari sanalgan 
obyektlar va masalalarni tadqiq etish bilan bog‗liq. Bular: nom, uning grafik 
yozilishi, logotip, taomnomaning tashqi ko‗rinishi, xizmatlar ko‗rsatish uslubi, 
interer, musiqa va chiroqlar bilan bezash, xodimlar uniformasi, idish-anjomlar, 
muassasaga oid axborot-reklama materiallari va sh.k. Restoranning bu muqarrar 
elementlari uning bo‗lg‗usi mehmonlarida qanday taassurot qoldirishi o‗rganilishi 
lozim. Buning yo‗llarini biz yuqorida ko‗rib chiqdik. Iste‘molchilarni o‗rganishning 
turli metodlarini qo‗llash mumkin, bunda fokus-guruh metodi ayniqsa yaxshi samara 
beradi. Ayni shu metod rejalashtirilayotgan yoki endigina amalga oshirilgan 
konsepsiyani o‗rganish maqsadlariga erishish uchun imkoniyat yaratadi.

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish