O‗zbеkistоn rеspublikasi оliy vа o‗rtа mахsus tа‘lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti


-rasm. Bozor ulushlarining taqsimlanishiga misol



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/158
Sana03.04.2022
Hajmi3,53 Mb.
#526810
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 04 RESTORAN SERVISINI TASHKIL ETISH 10ta

4.1-rasm.
Bozor ulushlarining taqsimlanishiga misol
Bunday diagrammani Microsoft Excel ilovasi yordamida tuzish mumkin. 
Buning uchun boshlang‗ich ma‘lumotlarni kiritish, ularni kerakli tartibda (3.2-
rasmdagi kabi, o‗sib yoki kamayib borishiga qarab) saralash talab etiladi. Shundan 
so‗ng ―Diagrammalar ustasi‖ (―Master diagramm‖) dan chiziqli diagrammani tanlash 
zarur.
4.2-rasm

Microsoft Excel ilovasida grafik tuzish uchun boshlang‗ich 
ma‘lumotlar
Shundan 
so‗ng 
yo‗l-yo‗riqlarni 
bajarib, 
diagrammaning 
3.1-rasmda 
ko‗rsatilganga o‗xshash uzil-kesil variantini olamiz. Rang yordamida o‗z 
restoraningizni ajratib ko‗rsatish, zarur holda mavqelarning taqsimlanishini ham 
ajrating. 3-ilovada bozor ulushlarining taqsimlanish grafigini tuzish uchun blanka 
keltirilgan. U 4.1-rasmdagi tasvirdan biroz farq qiladi, lekin grafikni qo‗lda tuzish 
uchun qulayroq. Siz faqat restoranlar bozori zarur o‗yinchilarining nomlarini yozib 
qo‗yishingiz va ularning ulushlarini rangli marker bilan ajratishingiz talab etiladi.
 
0% 5% 10% 15% 20% 25%
5-рақиб 
4-рақиб 
3-рақиб 
Сизнинг ресторанингиз 
2-рақиб 
1-рақиб 
10% 
10% 
15% 
20% 
20% 
25% 


75 
4.3. Restoran bozoridagi raqiblarni o‗rganish va tahlil qilish maqsadida raqobat 
ko‗pburchagini tuzish usuli. 
Bozorda o‗z mavqeiga baho berishga ko‗maklashadigan navbatdagi usul 
raqobat ko„pburchagini
tuzish va olingan shakllarni tahlil qilishdan iborat. Bu usul 
bozordagi vaziyat haqida yanada aniqroq tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradi va 
uning kelgusi rivojlanish jarayonini kuzatish uchun imkoniyat yaratadi. Bu sizning 
(oldingi, hozirgi va bo‗lg‗usi) mavqeingizni va yaqin raqiblaringiz mavqeini aks 
ettiruvchi o‗ziga xos sxemadir. Xo‗sh, nima uchun aynan yaqin raqiblar mavqeini 
o‗rganish kerak? 
Gap shundaki, restoranlar bozorida ko‗p sonli ishtirokchilar mavjud bo‗lib, 
ularning soni tinimsiz ko‗payib bormoqda. Mintaqaviy bozorlar bir-biridan orqada 
qolmaslikka harakat qilmoqdalar, yangi konsepsiyalarni sinab ko‗rmoqdalar, o‗z 
tarmoqlarini yaratmoqdalar va o‗z ishiga yangi texnologiyalarni joriy etishga harakat 
qilmoqdalar. Tahlilda barcha raqiblarni qamrab olishga intilish, hech shubhasiz, 
hurmatga loyiq. Ammo bunday keng qamrovli yondashuv bilan raqobat 
ko‗pburchagini tuzish juda mushkul ish. Bunday ko‗pburchakni tuzishga muvaffaq 
bo‗lsangiz ham uning natijalari amalda foydalanish uchun butunlay befoyda bo‗ladi, 
Chunki aniq sxema o‗rniga uzluksiz chiziqlarnigina ko‗rasiz.
Shu sababli avval o‗zingizning bevosita raqiblaringizni aniqlang. Ularning soni 
qancha bo‗lishi mumkinligi haqida siz quyida ―LazzaT‖ kafesi va uning uch raqibi 
uchun tuzilgan raqobat ko‗pburchagiga qarab tasavvur hosil qilishingiz mumkin. 
Olingan sxema sizni qanoatlantirsa, agar u sizga aniq va tushunarli bo‗lsa, tahlil 
qilinayotgan raqiblar sonini ko‗paytirishingiz mumkin. Shuningdek bu sxema vaqtda 
o‗zgarishini va har bir restoran uchun yangi shakllar, lekin boshqa rangda tuzilishini 
ham hisobga oling. 
Ko‗pburchakni tuzish uchun maxsus tanlangan ko‗rsatkichlarni to‗qqiz balli 
shkalada baholash lozim. Murakkab shkalalar uncha qulay emas va ulardan faqat 
favqulodda hollarda, baholarni mufassal ajratish prinsipial ahamiyatga ega bo‗lganida 
foydalanish zarur. Baholashning to‗qqiz balli shkalasi sizning mavqeingizga va 


76 
raqiblaringiz mavqeiga shkala ifodalariga muvofiq keluvchi kuchsiz, o‗rtacha va 
kuchli mavqelar mezonlariga muvofiq baho berish uchun zarur.
Baholash uchun ko‗rsatkichlar sifatida faoliyatingiz uchun alohida muhim 
jihatlarni olishingiz mumkin. Masalan, 
marketing majmui (marketing-miks)
elementlari: restoran joylashgan er, taomnoma, narxlar, servis, xodimlar, muhit va 
ilgari surish (reklama faoliyati) bo‗yicha baholash mumkin. Bu etti ko‗rsatkich 
grafikda ettita o‗qqa muvofiq keladi va ularda siz bu elementlarning har biri bo‗yicha 
tahlil qilinayotgan restoranlarning har biri uchun o‗z baholaringizni qayd etasiz.
Bunday tadqiqotni mustaqil yoki zaruriy bilimlarga va restoran faoliyatini 
yuritish tajribasiga ega bo‗lgan mutaxassislar yordamida o‗tkazish mumkin. Ular 
restoran ishi bo‗yicha o‗rganilayotgan restoranlarning barchasidagi ishlarning holati 
bilan tanish ekspertlar bo‗lsa, ayni muddao bo‗ladi. Bu holda baholar o‗rtacha holatga 
keltiriladi va bozorda mavjud vaziyat manzarasini yanada aniqroq aks ettiradi.
Har bir o‗q ifodalarning uch diapazoniga ega. [0...3] diapazonidagi baho 
elementning bo‗shligidan dalolat beradi, [6...9] diapazonidagi baho esa uning kuchini 
aks ettiradi. Qolgan ballar o‗rtacha bahodan dalolat beradi.
Endi raqobat ko‗pburchagini tuzish jarayonini ―LazzaT‖ kafesi misolida ko‗rib 
chiqamiz.
Buning uchun avval eng xavfsiz va yaqin raqiblarni tanlaymiz. Bizning holda 
bu ―LazzaT‖ kafesi restoranlar bozorining qaysi segmentida bo‗lsa, shu segmentda 
ishlovchi ikki muassasa bo‗ladi. Shundan so‗ng har bir ko‗rsatkichga baho beramiz 
va natijalarni jadvalga kiritamiz (3.1-jadval). Baholash uchun tayyor blanka namunasi 
4-ilovada keltirilgan. Unda olti muassasa uchun maydonlar nazarda tutilgan, lekin o‗z 
mavqeini raqiblarining mavqei bilan sifatliroq solishtirish imkoniyatiga ega bo‗lish 
uchun oz sonli raqiblarga alohida ko‗pburchaklarni tuzgan ma‘qulroq.

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish