51
Birinchi guruh
malakalari pedagogning ŏz xatti-harakatini idora qilishi bilan bog’liqdir.
Bunga pedagogning mimik va pantomimik ifodalari, ŏz hissiyotini, qayfiyatini boshqarishini,
aktyorlik va rejissyorlik mahorat, nutq madaniyati kiradi.
Pedagogik texnikaning
ikkinchi guruh
malakalariga ayrim ŏquvchilarga va jamoaga ta’sir
kŏrsata olish qobiliyati, talablar qŏya olishi, jamoaning ijodiy ishlarini tashkil eta olishi,
ŏquvchilarni tarbiyalash ŏqitishdagi kasbkorlik malakalari kiradi.
Endi ŏqituvchi pedagogik texnikasi malakalarining qisqacha xarakteristikasi bilan tanishib
chiqamiz.
1.Ŏqituvchi pedagogik texnikasining muhim malakalaridan biri uning nutq
texnikasidir.(Nutq tempi, diktsiyasi, tovushining baland. ŏrta, past qila olishi va h.k.)
Ŏquv materiallarini idrok qilishda ŏqituvchining nutqi muxim rol’ ŏynaydi. Olimlarning
fikricha 1/2 foiz ŏquv materialini idrok qilish va ŏzlashtirishda ŏqituvchi nutqiga va uning
sŏzlarini tŏg’ri talaffŏz qilishiga bog’liq.Bolalar ŏqituvchining gapini, nutqini nihoyatda
kŏzatuvchanlik bilan kŏzatadilar. Mabodo ŏqituvchi sŏzlarni notŏg’ri talaffŏz etsa, ŏquvchilar
uning ustidan qo`lib, masxara qilib yo`radilar, lekin past tonda gapiradigan ŏqituvchining darsi
esa, ŏquvchilar uchun zeriqarli bŏladi, nihoyatda baland gapirish, oddiy suhbat chog’ida
qichqirib sŏzlahish ŏquvchilarni bezdiradi, charchatadi. Ŏquvchilarning bunday ŏqituvchi
ta’limidan kŏngillari soviydi.Shuning uchun ŏqituvchi savodli gapirishi, ŏz nutqini chiroyli va
tuhunarli, ta’sirchan qilib bayon qilishi, ŏz fikr va his-tuyg’ularini sŏzda aniq ifodalash
malakalariga ega bŏlishi lozim.
Chiroyli, savodli, ta’sirchan gapiruvchi, ŏqituvchilarning fikrlari ŏquvchilar ongiga tez etib
boradi, ŏquv materiallarini ŏzlashtirib olishiga katta imkoniyat yaratadi. Ŏquvchilar bunday
ŏqituvchilar darslarini toqatsizlik bilan ko`tadilar. Darhaqikat, diktorlar Qodir Mahsumov,
Mirzohid Rahimov, Ŏktam Jobirov. Levitanlarning xalq qalbidan ŏrin olganliklari ham bejiz
emas. Shuning uchun ŏqituvchilar ŏz nutqlari ustida tinmay ishlashlari, sŏzlarning
chiroyli,ma’noli, ta’sirchan bŏlishi ustida mashq qilishlari, ovoz diapozonlari, kuchi,tembri,
harakatchanligi, diktsiyasini doimo tarbiyalab borishlari lozim.
Ovoz diapozoni deganda biz tovush hajmini tushunamiz. Uning chegarasi baland yoki past
gapirish toni bilan belgilanadi.Diapozonning qisqarishi tovushning past tonligiga olib keladi.
Past tonda sŏzlahish idrokni bŏshashtiradi va susaytiradi.
Tembr-tovushning gŏzalligi, chiroyliligidir. Ŏqituvchi tovush diapozonini, uning tembri
bilan bog’lab ishlatsa gaplari chiroyli, mayli, jozibali chiqib, tinglovchilarni ŏziga tortadi va
materiallar yaxshi idrok qilinadi.
Ŏqituvchining ovoz diktsiyasi sŏzlari aniq,tŏg’ri, eshitarli va tuhunarli bayon qilishida
namoyon bŏladi.Tŏg’ri ovoz diktsiyasiga ega bŏlgan ŏqituvchi sŏzlarni ifodali bayon qiladi.
Ifodali gapirishda til, lab, kichiq tilcha, pastki jag’ ishtirok etadi. Ŏqituvchi ifodali gapirishi,
sŏzlarni talaffŏz qilishi uchun yuqoridagi organlarni doimo mashq qildirishi lozim.
Ŏquvchi materiallarni aniq, tŏg’ri, tuhunarli, ifodali bayon qilishda ovoz ritmi ham muhim
ahamiyat kashf etadi.Ilmiy tadqiqot ishlari shundan dalolat bermoqdaki, ruslar bir mino`tda 120,
inglizlar 120 dan 150 gacha, frantsŏzlar 110 sŏzni talaffŏz qilarkanlar. Ŏrtacha, hammaga
tuhunarli bŏlishi uchun ŏqituvchi 5-6 sinflarda 60 sŏzni 10-11 sinflarda 75-80 sŏzni talaffŏz etsa
talabga muvofiq bŏladi.Ŏqituvchi nutqini lŏnda, aniŏ, puxta, chiroyli bayon etsa u
tinglovchilarga shuncha tuhunarli bŏladi va ular qalbida ŏzoq saqlanadi.
Shunday qilib, pedagogik texnikada nutq malakalari muhim ahamiyat kashf etar ekan,
ŏqituvchi doimo gapirish tempi, ritmi, diktsiyasi, ovoz kuchi, diapozoni, harakatchanligi ustida
mashq qilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: