Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan


Pedagogik texnikani qanday egallash kerak



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/154
Sana03.04.2022
Hajmi1,34 Mb.
#526703
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154
 2.Pedagogik texnikani qanday egallash kerak. 
Pedagogik texnikani egallash uchun avvalo, ŏqituvchi ŏz fanini, ŏqitadigan predmetini, 
pedagogika (bolashunoslik), psixologiya (ruhshunoslik) fanlarini davr taraqqiyoti darajasida 
bilishi, kasbiy jihatdan ŏz-ŏzini tarbiyalay oladigan bŏlishi zarur. Chunki pedagogik texnika 
individual shaxsiy xususiyatga ega. Har bir ŏqituvchi, har bir pedagog ŏzining kasbiy yŏnalishi, 
kasbiy laboroatoriyasiga ega. Bu yŏnalish va laboratoriyani ŏzi mustaqil fikr yo`ritish, mustaqil 
bilim olish orqali qŏlga kiritadi va mohir ŏqituvchiga xos fazilatlarni tarbiyalaydi hamda kasbiy 
ideal sari harakat qiladi. Pedagogik texnikani egallashning 
birinchi yŏli
shudir. 
Pedagogik texnikani egallashning 
ikkinchi yŏli
tashkiliy - metodik malakalarni egallashga 
bog’liq. Bu malakalar zarur bilimlar bŏyicha lektsiyalarni tinglash, maxsus adabiyotlarni ŏqish 
orqali qŏlga kiritiladi. Tashkiliy-metodik malakalar aytilgan yŏl-yŏriqlar, kŏrsatmalarni ŏzining 
individual kasbiy tajribasida sinab kŏnikma hosil qilinsa maqsadga muvofiq bŏladi. Tashkiliy-
metodik malakalarning individual xususiyatlari, jamoa va go`ruh bŏlib ishlash, ŏqish, faoliyat 
kŏrsatish asosida qo`rilgani ma’qul. Chunki go`ruh yoki jamoa bŏlib ŏqish, ishlash har bir 
pedagogga ŏzini boshqalar kŏzi bilan kŏrishni, faoliyatidagi nuqsonlarni seza bilishni, muomala 
va hulq-atvorning yangi shakllarni izlab topish va sinash imkonini beradi. Bu esa ŏz-ŏzini 
bilish,ŏz-ŏzini tarbiyalash uchun asos bŏladi, va pedagogik vazifalarning yangi usullarini 
tekshirib kŏrish, nazariy masalalarini hal qilish uchun tajriba maydoni bŏlib qoladi. 
Demak, tashkiliy- metodik malakalarni egallashda go`ruh, jamoa faoliyati, mashg’ulotlari 
pedagogik texnika asoslarini egallash imkonini beradi. 
Pedagogik texnikani egallashning 
uchunchi yŏli-
har bir pedagogning individual dasturini 
ishlab chiqishdir. Bunday dasturni tŏzishdan oldin pedagogik texnika malakalarini 
shakllanganligining boshlang’ich darajasini aniqlab olish zarur. Ya’ni pedagogning dastlabki 
ŏquv-tarbiya ishlaridagi natija, nutq madaniyatining tŏg’ri yoki notŏg’ri qŏyilishi, mimik va 
pantomimik aniqliklar va h. k. Bunda natija yaxshi bŏlsa, kelajakda pedagogik texnikani egallash 
ancha oson bŏladi. Chunki ushbu kŏnikma va malakalar rivojlantiradi. Individual dastur 
pedagogik texnika malakalarining etishmaydiganini tŏldirish uchun xizmat qiladi. Bu dastur 
ma’lum mashqlar yoki mashqlar majmuini ŏz ichiga oladi. 


49 
Shuni ham uno`tmaslik lozimki, pedagogik jarayonda pedagogning umumiy madaniyati, 
ma’naviy va estetik dunyoqarashi muhim ŏrin tutadi. Agar ŏqituvchining nutqi qashshoq, 
sŏzlarni talaffŏz qilish qobiliyatli past, estetik jihatdan omil, bŏlar bŏlmasga hissiyotiga erk 
beradigan bŏlsa tarbiyalanuvchilarning e’tiqodiga, aql- idrokiga salbiy ta’sir kŏrsatadi. Demak, 
ŏqituvchi ŏzidagi ana shu nuqsonlarni qayta tarbiyalashi lozim ekan. Bu pedagogik texnikani 
egallashning tŏrtinchi yŏlidir. 
Shunday qilib, pedagogik texnika, uning malakalari, egallash yŏllari tŏg’risida bildirgan 
fikrlarga e’tibor bermaslik, pedagogik faoliyat jarayonida ularning roliga etarli baho bermaslik, 
shuningdek pedagogik texnika malakalarini tanqidiy, har bir pedagogning individual 
xususiyatlarini hisobga olmay ish yo`ritish pedagogik mahoratni egallashga salbiy ta’sir 
kŏrsatadi va ŏquv-tarbiya ishidagi nuqsonlarning kŏpayishiga olib keladi. 
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yŏllari ŏqituvchi rahbarligidagi mashg’ulotlar 
(pedagogik texnikani ŏrganish) va mustaqil ishlash (kasbiy jihatdan ŏz-ŏzini tarbiyalash) dir. 
Pedagogik texnika malakalarining individual-shaxsiy tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik 
texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan ŏz-ŏzini tarbiyalash, ya’ni 
talabaning ŏzida mohir ŏqituvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga 
qaratilgan faoliyat etakchi rol’ ŏynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy ideal sari bu harakatda ham 
pedagogik texnikani egallash muhim rol’ ŏynamog’i lozim. 
Tashkiliy-metodik jihatdan pedagogik texnika mashg’ulotlari individual, gruppaviy yoki 
ketma-ketlikda ŏtkazilishi mumkin. Masalan, zarur bilimlar lektsiyalarda yoki tegishli adabiyotni 
(xususan, mazkur qŏllanmani) mustaqil ŏqishda egallanishi mumkin. Avtomatlashtirishga doir 
ayrim oddiy harakatlar (turli artiqo`lyatsiya, fonatsion nafas olish usullari, relaksatsiya usullari 
va shu kabilar) ketma-ket kŏrsatilishi mumkin. Tegishli kŏnikmalarni ishlab chiqish individual 
ishlashni-dastlab ŏqituvchining nazorati va rahbarligida, keyin esa mustaqil ishlashni talab 
qiladi. 
Pedagogik texnika malakalarini shakllantirishda gruppaviy ish olib borish alohida rol’ 
o`ynaydi. Pedagogik texnika mashg’ulotlarining bu shaklini ancha batafsilroq ochib berish 
maqsadga muvofiqdir, chunki u hozirga qadar ŏqituvchilar uchun mŏljallangan ŏquv va metodik 
adabiyotlarda lozim darajada kŏrsatib berilmagan. Xuddi shunday ishda pedagog oldida ŏzini 
boshqa kishilar kŏzi bilan kŏrish, hulq-atvor va muomalaning yangi shakllarini izlash va sinab 
kŏrish, ŏzining odamlar bilan birga qiladigan ishi xususiyatlarini anglash va kasbi faoliyatining 
individual uslubini ongli
 
ravishda shakllantirish imkoniyati paydo bŏladi. Gruppa shaxsning ŏz-
ŏzini bilish va ŏz-ŏzini tarbiyalash laboratoriyasi, pedagogik vazifalarni hal qilishning yangi 
usullari tekshirib qo`riladigan, nazariy masalalar muhokama qilinadigan tajriba maydoni bŏlib 
qolishi mumkin. 
Psixologlarning pedagogik texnikani go`ruh bŏlib ŏrgatish rahbarlarining tajriba ishida 
bunday go`ruhlarning eng qulay miqdori 10—14 kishidan iborat bŏlishi belgilab berilgan. 
Qatnashchilarning xuddi shunday mikdori ulardan har biriga boshqa kishilar bilan birga 
ishlashning individual psixologik muammolarini juda tŏliq ravishda aniqlab, hal etish, refleksiya 
va empatiya darajasini jiddiy oshirish, pedagogik fahm-farosatni rivojlantirish, boshqalarga ta’sir 
etish vositalarini kengaytirish imkonini beradi. 
Shu narsa muhimki, go`ruh qatnashchilari, bŏlajak pedagoglar kasbiy jihatdan birga ishlash 
malakalarini egallashga faol intilishlari, ŏz-ŏzini bilish va kasbiy jihatdan ŏz-ŏzini tarbiyalash 
bŏyicha chuqo`r ish olib borishga psixologik jihatdan tayyor bŏlishlari kerak. 
Barcha xollarda ham individual, ham go`ruhiy mashgulotlar boshlanishidan oldin 
pedagogik texnikani egallashning individual dasturi tŏzib chiqilishi lozim. Bunday dasturni 
tŏzish uchun avvalo pedagogik texnika malakalari shakllanishining boshlang’ich darajasini 
aniqlab olish zarur. Biroq, tajribaning kŏrsatishicha, odatda, mazkur bosqichda faqat malakalar 
haqidagina emas, shu bilan birga dastlab avtomatlashtirilgan (ta’limni boshlash vaqtiga kelib) 
kŏnikmalar haqida ham borishi mumkin ekan. Bŏlar, masalan, nafas olish va ovozning tabiiy 
yŏlga qŏyilishi, tŏg’ri talaffŏz, bundan oldingi tarbiyaning natijasi bŏlgan savodli, ifodali nutq, 
mimik va pantomimik aniqlik va boshqalar bŏlishi mumkin. Bunday kŏnikmalarning mavjudligi 


50 
pedagogik texnika malakalarini shakllantirishni ancha osonlashtiradi. Shunga qaramasdan barcha 
xollarda ana shu kŏnikmalarni tegishli malakalar tarkibiga kiritish yo`zasidan muayyan ish olib 
borilishi zarur. Pedagogik texnika malakalarini shakllantirishniig boshlang’ich darajasiga qarab 
uni egallashning individual dasturi etishmaydigan malakalarni shakllantirishga qaratilgai ayrim 
mashqlarni yoki mashqlarning tŏliq majmuini ŏz ichiga oladi. 
Olimlar olib borgan tadqiqotlarning kŏrsatishicha, ishni endi boshlayotgan pedagoglar 
duch keladigan qiyinchiliklarning asosiysi ayni shu pedagogik birga ishlash sohasida bŏladi. 
Pedagogik texnika tŏg’risida yuqorida aytib ŏtilgan narsalar malakalarning bu gruppasiga e’tibor 
qilmaslik, pedagogik faoliyatda ularning tiliga etarli baho bermaslik
 
va buning oqibati sifatida 
individual pedagogik texnikani tanqidiy tahlil qilishni va uni takomillashtirish yo`zasidan aniq 
maqsadga qaratilgan ishning yuqligi mazkur qiyinchiliklarning asosiy sabablaridan biri 
ekanligini tushunishga imkon beradi. 
Oliy ŏquv yo`rtidagi kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik texnikani egallash 
ŏqituvchiga ŏzining kasb yunalishining boshlanishidayoq kŏpgina xatolardan xoli bŏlishda, 
ŏquvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yuksak samaradorligiga erihishda yordam beradi. 
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yŏllari ŏqituvchi rahbarligidagi mashg’ulotlar 
(pedagogik texnikani ŏrganish) va mustaqil ishlash (kasbiy jihatdan ŏz-ŏzini tarbiyalash) dir. 
Pedagogik texnika malakalarining individual – shaxsiy tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik 
texnikani egallashda kasbiy jihatdan ŏz – ŏzini tarbiyalash, ya’ni talabaning ŏzida mohir 
ŏqituvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat etakchi 
ŏrin tutadi deb aytish mumkin.
Tashkiliy – metodik jihatdan pedagogik texnika mashg’ulotlarini individual, go`ruhli yoki 
ketma-ketlikda ŏtkazish mumkin. 
Masalan, zarur bilimlar ma’ruzalarda yoki tegishli adabiyotni mustaqil ŏqishda egallanishi 
mumkin. Avtomatlashtirishga doir ayrim harakatlar (tŏg’ri artiqo`lyatsiya, fonatsion nafas olish 
usullari, relaksatsiya usullari) ketma-ket ŏzlashtirilishi mumkin. Tegishli kŏnikmalarni ishlab 
chiqish individual ishlashni dastlab ŏqituvchining nazorati va rahbarligida, keyin esa mustaqil 
ishlashni talab qiladi. 
Yuqorida aytilganlar insonning ichki holati bilan bog’liq ekan, ularni ijodiy holatni 
boshqarish texnikasini ŏzlashtirishdan boshlash zarur deb hisoblanadi. 
Ŏz-ŏzini boshqarishning asosiy usullari quyidagilar: xayrixohlik va optimizmni 
tarbiyalash, ŏz harakatlarini nazorat qilish (musqo`llar zŏriqishini, harakatlar, nutq, nafas olish 
tempini yŏlga qŏyish); faoliyatini taqsimlash (mehnatterapiya, musiqaterapiya, biblioterapiyalar, 
yumor, taqlid ŏyin); ŏz-ŏzini ishontirish; doimiy ravishda ao`togen mashqlar (psixofizik mashq); 
relaksatsiya seanslarini (jismoniy va ruhiy dam olish) ŏtkazish. 
Ammo birinchi mashg’ulotlarda yo`zaga keladigan muvaffaqiyatsizliklardan qŏrqmaslik 
kerak. Chunki bu erda tizimli ish olib borish, psixofizik apparatni mashq qildirish zarurki, u asta-
sekinlik bilan pedagogik faoliyatingiz qo`roliga aylanib boradi. 
Hozirgi zamon pedagogika fani ŏqituvchining pedagogik mahorat tizimida pedagogik 
texnikaning roli beqiyos deb biladi. Chunki u ŏqituvchiga ŏz gavdasini to`ta bilish 
(mimika,pontamimika),his-tuyg’ularini (emotsiyasini) bosh qara olish, ishtiyoq, qobiliyatlar, 
nutq texnikasini egallash va ularni ŏquv faoliyatida, ŏqishdan tashqari ishlar jarayonida qŏllash 
yŏllarini tushuntiradi. 
Shunday qilib, pedagogik texnika ma’lum kasbiy va shaxsiy malakalar yig’indisidirki, u 
ŏqituvchining pedagogik faoliyatiga ta’sir kŏrsatish, tashkil qilish va boshqarish ishlarida asosiy 
yŏl kŏrsatuvchi bŏlib xizmat qiladi. 
Ilg’or va novator pedagoglarning ish tajribalarini kŏzatish, mimikasini, ovozini idora qila 
olish xususiyatlari kŏzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, bunday ŏqituvchilar pedagogik 
texnikani yaxshi egallagan, uning malakalarini ŏzlarida aniq shakllantirgan. Va bu malakalarni 
turli vaziyatlarda qŏllay olish qobiliyatlariga ega bŏlganlar. 
Pedagogik mahorat nazariyasini ŏrganuvchi va tadbiq qiluvchi olimlarning fikrlariga 
qaraganda, 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish