45
O‘qituvchi boshqa ixtisosdagi kishilarga karaganda, ma’naviy boy, mustaxkam e’tikodli,
shuningdek yuksak darajadagi umumiy madaniyatga ega, o‘z ixtisosi doirasidan tashkari ham
ko`p narsalarni bilishi kerak.
Pedagogik nazokat ayrim tashki belgilarga ( ko‘z ifodasi, tovush oxangidagi, mimika va
xokazolar ) o‘quvchilar uning tushuntirishlarini tushunayotgani yoki tushunmayotganligini,
shuningdek o‘quvchilar xulqidagi ijobiy va salbiy xususiyatlar haqida fikr yuritishdan iborat.
O‘qituvchining mustakil va ijodiy fikr yuritish uslubi uning amaliy faoliyatida o‘quv
materialini ajoyib qilib, kungildagidek bayon kila bilishida namoyon buladi. Ijodiy fikr yuritish
kobiliyatiga ega bo`lgan o‘qituvchi darslari hamisha jonli, kizikarli utadi va samarali buladi,
chunki u o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini doimo aktivlashtirib boradi. Pedagogik jarayondagi
nazokat doimo ta’limiy – tarbiyaviy maksadlarga erishishga karatilgan buladi. Shuning uchun
biror maksadga intiluvchanlik va o‘z mehnat samaralarini oldindan kura bilish, o‘quvchilarni
yomon xatti – Harakatlardan ogoxlantirib kuyish, ta’lim va tarbiyadagi o‘zini oklamagan
usullarni o‘z vaktida o‘zgartirish o‘qituvchining obrusini oshiradi.
Pedagoglik faoliyati o‘qituvchidan yuksak darajada rivojlangan irodaviy sifatlarni –
o‘quvchilarga nisbatan talab kuyishda kat’iylik va izchillik, o‘zini tuta bilish, sabotlilik,
chidamlilikni talab kiladi. Irodasi bush o‘qituvchining o‘quvchilar oldida obrusi bulmaydi.
Uning darslarida intizom yomon buladi. Darsdan tashkari ishlarni tashkil kila olmaydi.
O‘qituvchini o‘quvchilar bilan munosabatida o‘zini tuta bilishi, achchigi chikkanligini,
xursandchiligini va boshqa xis – tuygularini o‘quvchilarga sezdirmasligi zarur. O‘qituvchi kerak
bo`lgan xolda bolalar bilan kulishmogi, ammo o‘quvchi yomon Harakat kilgan takdirda esa
o‘zining unga nisbatan bo`lgan nafratini ham yuz mimikalari va pantomimikalar orkali ruyobga
chikarmogi darkor.
Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchida eng yaxshi xususiyatlarning rivojlanishini
ta’minlaydigan asosiy shartlardan biri uning o‘z ustida ishlashi, tinmay malakasini oshirib
borishidir. Pedagogika, pedagogik mahorat, psixologiya, etika o‘qituvchi odobi kabi fanlarni
chukur urganish o‘qituvchiga o‘z yutuk va kamchiliklarini anglab yetishda katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: