BOSHONOK
Bochonok klarnetning asosiy qisimlaridan biri bo’lib mundshtuk va
katta qismni bir – biriga bog’lovchi vosita. Bochonok juda onson
almashtirish va o’zgartirish mumkin bo’lgan qism hisoblanib asbobning
sozlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Bochonok onsongina katta qismidan soz
uchun chiqarilib yoki joyiga qaytarish mumkin. Bochonoklarning xar xil
turlari mavjud bo’lib ob – hovo sharoitiga moslashish uchun uzunroq
yoki kaltaroq turlari mavjo’d.
TEPA VA PASTGI QISMLAR
Bochonok va Rastrub orasidagi qism hisoblanadi. Bu qismlarga
klapanlar joylashtirilgan bo’lib tovushni o’zgartirish vazifasi yuklanadi.
Pastgi qismning ijrochi tomonida katta barmoq qo’yish uchun maxsus
dastak bo’lib u dastak butun asbobni ko’tarish imkonini beradi. Qolgan
barmoqlar esa klapan va teshiglarni ochib yopish vazifasini bajaradi va
shu yordamida tovushni o’zgartirish imkonini beradi.
RASTRUB
1720 – YIL Yakob Dennir tomonidan ixtiro qilingan. Bu qismi
asbobga pastgi tovushlarni (mi notasi) olishga yordam beradi, va shu
yusumda o’rda va pastki registrlarda tiniq va sozli chalish imkonini
beradi. Rastrub pastki va o’rta registrdagi tovushlarni yo’g’on
eshitilishiga sababchi hisoblanadi.
1.
Volfgang Amadey Motsartning
hayoti va ijodi
Volfgang Amadey Motsart (Mozart) (1756.27.1,
Zalsburg
— 1791.5.12, Vena) — avstriyalik kompozitor.
Vena klassik maktabining yirik namoyandasi. Sozanda,
o’qituvchi va kompozitor. Leopold Motsartning o’g’li va
shogirdi. Yoshligidanoq noyob musiqiy iste’dod va xotira
egasi, virtuoz sozanda (pianinochi, skripkachi), mohir
dirijyor va kompozitor sifatida tanilgan.5 yoshidan ilk
musiqa asarlarini ijod etgan, 6 yoshdan butun Yevropa
bo’ylab gastrolda bo’lgan.1770 yildan Bolonya Filarmoniya
akade
miyasi a’zosi. Zalsburg knyaz - arxiepiskop saroyida
kontsertmeyster (1769
—77) va organchi (1779—81),
Avstriya imperatori Iosif II saroyida musiqachi va
kompozitor
(1787
yildan).
Ma’rifatchilik davri g’oyalari ta’siri ostida kamol topgan
Motsartning ijodi 18-asr
ning badiiy cho’qqilaridan biri
hisoblanadi.Motsart
uslubida
klassitsizmga
xos
ratsionalizm
mezonlari
bilan
birga
sentimentalizm
xususiyatlari o’zaro tutashgan. Keng qamrovli musiqiy-
badiiy obrazlar dunyosida jo’shqinlik va chuqur ehtiros,
iroda va matonat, ayni paytda nafislik va mayinlik
xu
susiyatlari
keng
o’rin
olgan.
Uning
shodlik,
xushchaqchaq tuyg’ularga boy, hayotbaxsh ijodida fojia
mavzulari, dard-alam kayfiyatlari ham chuqur ifoda
topgan.
Motsartning favqulodda iste’dodga ega bo‘lganligi
ma’lum. U to‘rt yoshida klavishli cholg‘u asboblari uchun
konsert
– murakkab musiqa asari yozadi. Bunday asarni
mahoratli va tajribali san’atkorlargina ijro etishi mumkin
edi. Motsartning mehribon otasi hali yozib tugatilmagan
notalarga qarab hayratga tushardi. Otasi u yozgan
konsertning murakkabligini va uni hech kim chala
olmaydi derdi. Lekin Motsart e’tiroz bildirardi, men
chala olyapmanku derdi.
Motsartning butun bolaligi turli tadbirlardagi chiqishlar
va musiqa mashg‘ulotlari bilan o‘tgan. Yosh iste’dod
sohibi Yevropaning turli burchaklarida tashkil etilgan
konsertlarda oqs
uyaklarni hayratga solib yurgan.U o’z
iste’dodi tufayli dunyo kezgan. Motsart shu darajada
qobilyatli bo’lganki, otasi uning ko‘zini ro‘molcha bilan
yopib qo‘yar, u ana shu holatda ham kuy ijro eta olardi,
h
atto cholg‘u asbobining klaviatura-tugmalarini ham
ro‘molcha bilan yopib qo‘yishar, shunda ham u o‘z ishini
uddalay olardi.
Yetti yoshli Motsart Frankfurt-na-Mayneda konsert
beradi.
Bu konsert unga juda kata hurmat, e’tibor
olib keladi.Volfgang yettiyoshida birinchi simfoniyasini
yozadi,
o‘n ikki yoshida esa birinchi operasi “Basten va
Bastena”ni yozadi. O’sha paytda Bolon akademiyasiga
yigirma olti yoshga to‘lmagan kishi akademiklikka qabul
qilinmas edi. Lekin Motsartga o’xshagan favqulodda
iqtidor egasi uchun istisnoga yo‘l qo‘yiladi. U o‘n to‘rt
yoshida
Bolon
akademiyasi
akademigi
bo‘lib
saylanadi.
Motsart
do’sti
bilan
hazillashmoqchi
bo‘lib,klavir uchun kichkina bir asar yozdim, uni dunyoda
mendan boshqa hech bir kishi chala olmaydi
deydi.Notalarni
ko‘rgach, do’sti hayratdan yoqa ushlaydi
va unga qarab, bu asarni hatto sen ham buni chala
olmaysan. Juda qiyin kuy ekan, bir qo‘ling klaviaturaning
bir boshida bo‘lsa, ikkinchisi narigi boshida bo‘lishi kerak.
Ayni shu vaqtda bir nechta notani o‘rtadagi klaviaturalarda
chalish zarur.Hatto oyoqlaring bilan chalganingda ham
ulgura olmaysan, tempi ham juda baland deydi.Motsart bir
kulib qo‘yadi, o‘ziga nihoyatda ishongan holda klavirga
o‘tiradi va pesani qanday yozilgan bo‘lsa shunday
aniqlikda ijro etadi. U
o‘rtadagi klaviaturalarni burni bilan
chalib murakkab iqtidor egasi ekanliginiyana bir bor
isbotlaydi.
Motsart haqida yozilgan barcha tarjimai hollarda
uning uylanishi hayotini yakunlagan, deb hisoblaydilar.
Masalan, Karl Kobald qayd etishicha, «Motsartning
uylanishi og’ir hayot yo’liga kirishining muqaddimasi
bo’lgan deydi. Uning ikki o’g’li bor bo’lgan. Xotini
Konstantsa er-xotinlik davrida olti marta homiladorlik va
ko’z yorishni boshdan o’tkazgan. To’ng’ich farzandi bir
necha oylik bo’lgach nobud bo’ladi. Keyingi yili ikkinchi
o’g’il Tomas tug’iladi. Oila bir haftalik chaqaloq bilan
Shulershtrassga, shinam uyga joylashisha
di. «
Do'stlaringiz bilan baham: |