Bitiruv ishining maqsadi
Haqiqiy bitiruv ishi orqali bitiruvchi asarga
qanchalik yondashganini bilish mumkin.
Konsertning yaralish tarixi
Asar bir necha oy mobaynida yozilgan. Bu
konsert kompozitorning eng oxirgi konserti
hisoblanadi. Konsert Avstriyalik klarnetchi Motsartning
do’sti Anton Shtadler uchun 1791-yil 28-sentabrdan
7-oktybrgacha yozilgan va Germaniya gastrol
safarida ijro etilgan. Motsart birinchi bir qismli
bassetgorn uchun konsert yozadi. U allegro G-Dur
tonallikda bo’ladi. Keyinchalik bu asarni qayta ishlab
basset-klarnet uchun yozadi va u A-Dur tonallikda
bo’ladi.
I
KLARNETNING KEB CHIQISH TARIXI VA TAKOMILLASHUVI
Klarnet (shat. Clarinetto, let. Clariya – tiniq (tovush) so’zidan),
soprano (yoki qayta) klarnet – puflama tilchali yog’och musiqa asbobi.
XVII asr oxirida yuzaga kelgan. Tovushi tiniq, yorqin va yoqimli. Obnus
(qora) daraxti yog’ochidan va plasmaasadan yasaladi. Yuqori qismidagi
moslama (mundshtuk) ga qamish (yoki bambuk) tilcha bog’lanadi.
Xozirgi klarnetlar asosan B yoki A sozida bo’ladi diapazoni
Kichik klarnet,baccetgern, bas – klarnet, kantrabas – klarnet kabi
turlari xam mavjo’d. ijro va ifodaviy imkoniyatlari keng bo’lgan klarnet
yakkanavoz soz sifatida, kamer va Estrada ansambllari, simfonik
vapuflama cholg’ular orkestrigda ishlatiladi. O’zbekistonda ilk
klarnetchilar XX asr boshida paydo bo’lgan.
Unga yaqin musiqa asboblari: gaboy, saksafon, shalyumo.
KLARNETNING TARIXI
Klarnet XVII asr oxiri XVIII asrning boshlarida (ba’zi manbalarda
1690, boshqa izlanishlarda esa klarnet haqidagi ilk izohlar 1710 – yilda
deb keltiriladi). Nyunberglik musiqa ustasi Iogann Xristof Denner (1655 -
1707)tomonidan qadimgi fransuz puflama cholg’usi – shalyumoni qayta
ishlashidan kelib chiqqan.
Shalyumo va klarnet o’rtasida aniq ajrata olish imkonini beradigan
yangilik, bu instrumentning orqa tomonida joylashgan klapan
hisoblangan, uni chap qo’lning bosh barmog’i bilan boshqarilgan va
ikkinchi oktavaga o’tish mumkin bo’lgan. Bunda yangi instrumentning ilk
ovozi (dastlan ushbu instrumentni “Yaxshilangan shalyumo” deb
atashgan), tembri o’sha vaqtdagi “klariyu” (clarino) deb ataladigan
trubaning ovoziga juda o’xshagan, o’z navbatida uning nomi lotincha
clariya – aniq (ovoz) so’zidan kelib chiqdi.
Ushbu truba nomi avvaliga faqat klarnet registriga, keyinchalik
instrumentning hamma qismiga – clarinetto (klarnetning italiyancha
nomlanishi) “kichkina klarino” ma’nosini anglatadigon nom berilgan.
Ancha vaqtgacha shalyumo va klarnet bir xil ishlatib kelindi, XVIII asrning
ikkinchi choragidan esa shalyumo musiqadan yo’qola boshladi. Danner
ishlagan uchta instrumentni uning o’g’li Yakob (1681 – 1735) Berlin,
Nyurnberg va Bryussel muzeylarida saqladi. Barcha klarnetlar ikkita
klapandan iborat bo’lgan. Bu ko’rinishdagi instrument XIX asrgacha keng
tarqalgan edi. 1760 – yillarda Avstriyalik usta Paul ushbu 2 ta klapanga
uchinchi klapan qo’shdi. Belgiyalik usta Rottenburg to’rtinchi klapanni
1785 – yilda ingliz Jan Deyl beshinchi va nihoyat 1790 – yillarda mashhur
fransus klarnetchisi va kompazitor Jan – Ksavye Lefevr klarnetning oltota
klapanli klassik modelini yaratdi. XVIII asrning oxiriga kelib klarnet
to’laqonli mumtoz musiqa vositasiga aylandi. Virtuoz ijro tuzilishini
takomillashtirish ham boshlandi, ularning ichidan Ivan Myuller
mondshturning tuzilishini ta’sirli tembr va diapazanning kengaytirish
bilan yangi modelini ishladi. Mana shu vaqtdan klarnetning “Oltin davri”
boshlandi.
Klarnetni takomillashtirish XIX asrda xam quyidagilar tomonidan
davom ettirildi: Parij kanservatoriyasi professori Giantsint Kloze va
musiqa ustasi Lui – Ogyust Byuffe (“Buffet - crampan” firmasining
asoschisi Deni Byuffening ukasi) lar tomonidan klarnetga klapanlarni
halqa shaklda tizimiga muvaffaqiyatli moslashtirish ixtirosi Myunxen
saroy kapellasi fleytachisi Teobald Byom tomonidan birinchi bo’lib
fleytada qo’llab ko’rilgan.
Klarnetning ushbu modeli “Byan klarneti” yoke “fransuscha klarnet”
nomini olgan. Keyinchalik klarnetning tuzilishini o’zgartirishga hissa
qo’shgan. Atoqli ustalardan Adolf saks (saksafan va ko’p sonli musiqa
damli cholg’ular ixtirochisi) va Ejen Alberni aytish mumkin. Germaniya va
Avstriyada “Nemitskiy” va “Avsriyskiy” deb ataladegon klarnetlar
tarqalishi boshlandi, asbobning kelib chiqishi, klapan tuzilmasi, qurilishi
haqida Iogann Georg Ottenshtayner (1815 - 1879) va klarnetchi Karl
Berman tomonidan ushbu tuzilma uchun “shkola igri na klarneti”
(klarnetda chalishni o’rganish)ni chiqarishdi. 1900 – yillarda Berlinlik usta
Oskar eler (1858 – 1926) tomonidan xam katta bo’lmagan
takomillashtirish kirgizilgan.
Ushbu an – anaviy tuzilmani aynan “Eler tuzilmasi” deb atashadi.
Nemis klarneti Fransuz klarnetidan tezkor vertuoz ijrosi mumkinligi bilan
farqlanadi. Ushbu klarnetlarning mundshtuki va trostini chiqarish
texnalogiyasi xam bir – biridan farq qiladi. Nemis sestimasidagi klarnet
ko’p ta’sinchanlik va kuchli ovoz chiqarib beruvch asbob deb hisoblanadi.
Ancha vaqtlar davomida Nemis tzulmasidagi klarnet butun dunyaga keng
tarqalgan edi. 1950 – yillardan boshlab musiqachilar Fransus
tuzilmasidagi klarnetlarga o’ta boshlashdi. Hozirgi vaqtda esa Nemis
tuzilmasidagi klarnetda ko’pincha faqat Avstriyaliklar, Nemislar va
Gollandlar va ushbu an’analarni saqlagan ayrim ro’s klarnetchilari ham
foydalanishadi. Biyom va eler tuzulmalaridan tashqari instrumentda
klapan joylashishining bir necha ko’rinishlari xam bor.
XX asr boshlarida “Selmer” firmasi “Alber klarneti”ni chiqarishdi
(instrumentning XIX asr o’rtalarini eslargan), 1960 – 70 – yillarda esa
“Mark klarneti”ni chiqarishdi. Oxirgisining deapozoni 1 oktava yuqoriga
ko’tarilishi mumkin bo’gan. Har – xil tajriba namunalari ichidan Frits
Shyullerning chetvertitenoviy klarnet (to’rt tonli klarnet)ini zamonaviy
musiqa ijrochiligida foydalanilgan.
Zamonaviy klarnet yetarlicha qiyin mexanizm hisoblanadi. Ii asbobda
20 ga yaqin klapan, ko’pgina asl ressor tyag va vintlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |