Figaroning
uylanishi
» operasi o’sha go’shada yozib tugatgan.
Motsart va Konstantsa uchun Venada o’tkazilganto’rt yil
eng baxtiyor lahzalar bo’lgan. Keyinchalik dunyoga
kelgan ikki qizaloq ham go’dakligida nobud bo’ladi
(birining oltita nomi bo’lib, cho’qintirgan otasi juda ko’p
bo’lsa-da, bu yordam bera olmadi). 1786 yilda dunyoga
kelgan o’g’li ham tug’ilganidanbir oy o’tgach nobud
bo’lgan.Eng kichik farzand Frants Ksaver Volfgang 1791
yilning iyunoyida dunyoga keladi. Aka-uka Frants va Karl
(ular o’rtasidagi farq yetti yil bo’lgan) naslni davom
ettirishlari kerak edi. Ammo Milanda yashagan to’ng’ichi
ham, hamma vaqt Polshada istiqomat qilgan musiqachi
bo’lmish kichigi ham zurriyot qoldira olmaydi.To’qqiz
yilda olti marta tug’ish — ayol chekiga tushgan og’ir
mashaqqat
lardan biri bo’lsa kerak. Erta ko’z yumgan
to’rt nafar bola va chilparchin bo’lgan orzu-umidlarni
aytmaysizmi? Konstantsa erini kun bo’yi tanqid qilishga
to’la haqli edi. Ayniqsa, Motsartning so’nggi kunlari
nihoyatda mashaqqatli kechgan. Konstantsa xasta va og’ir
mehnat
tufayli
butunlay
holdan
toygan
erini
ishdanchalg’itishga uringan, hatto «Rekviem» (cherkov
uchun motam kuyi)ni yashirgan.U havo ochiq kunlarda,
Motsartni Prater parkiga olib borib, sayr qildirardi. Nima
bo’lganda ham Konstantsa erini hushdan ketib qolguncha
ishlatmaslikka urinardi. U singlisi Sofini bolalariga hamda
ro’zg’origa qarashga ko’maklashish uchun kelishini
so’rardi. 20-noyabr kuni Volfgang omma oldida oxirgi
marta chiqish qilib, so’ng yotib qoldi.Umri nihoyasiga
yetayotgan bir vaqtda yanako’chishga to’g’ri keldi. Ular
«Figaroning to’yi» operasi yozilgan shinam uyni tark
etish
ga majbur bo’lishadi. Sababi mablag’
yetishmasligida edi. Ular Venaning bir chekkasidagi bir
uyga
joylashadilar.Eng qayg’uli voqealardan birida
aytilishicha, ularning familiyasi yozilgan kumush anjom
garovxonadan joy olgan
.Motsart daho bo’lgan. Bunga
hech kim shak-shubha bildirmaydi. Ammo er-xotindan
faqat bittasi daho bo’lsa, oilaviyhayotni baxtli qila
olarmidi.Motsart favqulodda iqtidorli va haddan ziyod
mehnatsev
ar kishi bo’lgan. Motsartning nomi ma’lum
doiralarda xitob bilan tilga olinar, ammo o’zi hayot
kechirish uchun pul ishlab topishdan ancha yiroq kishi edi.
Konstantsaning Volfgang bilan kechirgan har bir kuni,
mashaqqatlar, qiyinchiliklar, kasallik, homiladorlik, erining
ish bilan haddan ziyod mashg’ul bo’lgani hamda oilaning
og’ir moddiy ahvolidan iborat edi. Bu turli serhimmat
kishilarga tobe bo’lishni ham o’z ichiga olardi. Kichik
shaha
rdagi turli g’iybatlarni aytmaysizmi, ko’hna Venani-
ku asti qo’yavering! Bunday sharoitga chidash uchun
benihoya
kuchli
sabr-
toqatga ega bo’lish kerak
edi.Beshinchidekabrda umri tugayozgan musiqachi uchun
shifokor chaqirishdi, ammo u haddan ziyod kechikib
keladi. Jon berayotgan Motsartning yonida chuqur
qayg’uga botgan umidsiz ikki ayol — Konstantsa hamda
uning
singlisi
Sofi
turardi.Konstantsaning
o’sha
oqshomdagi ahvoli to’g’risida hikoya qilishlaricha, u
cho’kkalab,
yordam
so’rab,
Xudoga
iltijo
qilgan.Kon
stantsa jonsiz erining yoniga cho’zilib, uning
izidan ketmoqchi bo’lgan.
Eng yi
rik musiqa ustalari o’rtasida Motsart o’z ijodining
serqatlamligi va kengligi bilan ajralib turadi. Motsart deyarli
barcha musiqa janrlariga murojaat etib, 600 ga yaqin asar
yaratgan, musiqa tarixida go’zallik va mukammal
garmoniya timsoli sifatida o’z nomini qoldirgan. Motsart
operaning yangi turlarini yaratgan. «Figaroning uylanishi»
opera-
komediyasi (1786), «Don Juan» opera-dramasi
(1787), «Seholi fleyta» milliy opera-ertagi (1791) va
boshqa (jami 17 ta) jahon musiqali teatri xazinasining
durdonalariga aylangan. Bulardan «Zaida» (1780),
«Haramdan olib qochish» (1782), «Qohira g’ozi» (1783)
kabi operalarida Sharq mavzulariga murojaat qilgan.
Motsart ijodida simfoniya (50 ga
yaqin), cholg’u kontsert
(40 ga yaqin), torli kvartet (23 ta), fortepiano sonatasi (21
ta) rivoj topdi. Motsart, shuningdek, turli cholg’u asarlar,
kantata,
messa, kamer ansambllar, qo’shiqlar muallifi.
Uning so’nggi asari — «Rekviem» (1791, shogirdi F.
Zyusmayer
tugallagan)
mazkur
janrning
mumtoz
namunasiga aylangan. Zal
sburgda xalqaro «Motsarteum»
(tarkibida ilmiy, o’quv, kontsert bo’limlari mavjud)
muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda (1880 y.dan).Volfgang
Amadey Motsart damli cholg’ular uchun ko’pgina asarlar
yozgan.Shular ichida Konsertlar muhin o’rin tutadi. Bular
ichida: Fagot va orkestr uchun konsert si-bemol major
(K 191), 1774
Fleyta, arfa va orkestr uchun konsert (K 299), 1788
Fleyta, va orkestr uchun konsert , 1778
№ 1 Sol major, (K 313)
№ 2 Re major, (K 314)
Gaboy va orkestr uchun konsert do major (K 314), 1777
Valtorna va orkestr uchun 4 ta konsert:
№ 1 Re major (K412), 1791
№ 2 Mi-bemol major (K417), 1783
№ 3 Mi-bemol major (K447), 1784 va 1787-yillar
orasida
№ 4 Mi-bemol major (K495), 1786
Klarnet va orkestr uchun konsert lya majorK(662),1791
Do'stlaringiz bilan baham: |