Bilim Ta’l Ta’l “oliy m sohasi: lim sohas lim yo’na oliy V t y matem


(zaxiradan tashqari) va IASO (ishchilar



Download 7,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/131
Sana02.04.2022
Hajmi7,89 Mb.
#524906
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   131
Bog'liq
73aa109ba03f4ec2e6c7f0c801b3e42f0c3191c5

(zaxiradan tashqari) va IASO (ishchilar
aktsiyalarni sotib olish optsionlari)
3

Boshqa investitsiyalar 
20
22
Zaxira aktivlari 
8
Aktivdagi jami o’zgarishlar va majburiyatlar 
 
57
47 
Sof kreditlash (+) yoki sof 
qarz (-) 
10
Operatsiya ishtirokchilari bilan bog’liq bo’lgan uchta moddadan tashqari, 
ro’yxatdagi qolgan komponentlar mahsulotlar bilan bog’liq bo’lgan va detalli 
sinflar (turkumlar, darajalar) asosida hosil bo’lgan 
Asosiy mahsulotlar 
tasniflanishi, Versiya (namuna) 2 (SRS).
Xizmatlar savdosi bo’yicha qo’shimcha 
standartlar 
Xizmatlar xalqaro savdosining statistikasi bo’yicha yo’riqnoma 
(Manual on Statistics of International Trade in Services)
sida keltirilgan 
bo’lib(Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Evropa komissiyasi, Xalqaro valyuta fondi, 
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti, Savdo va rivojlanish bo’yicha BMT 
komissiyasi va Butunjahon savdo tashkiloti, 2002), ular xalqaro hisoblar bilan 
to’liq uyg’unlashgan. 
Birlamchi daromad
hisobidagi yozuvlar mehnat uchun to’lov va mulkdan 
olinadigan foydaga to’g’ri keladi, bu esa aniqlik bilan Milliy hisob tizimining 
(MHT) birlamchi daromadni taqsimlash hisobiga to’g’ri keladi. Sanoat bilan 
bog’liq bo’lgan soliqni rezidentlar tomonidan to’lanishi va o’z mamlakatidan 
subsidiyalarni olishi daromadni tashkil etish hisobiga yoziladi, ya’ni to’lov balansi 
tarkibiga kirmaydigan hisobga oid bo’ladi. Rezident tomonidan boshqa 
mamlakatga to’lanishi lozim bo’lgan sanoat bilan bog’liq soliqning har qanday 
to’lovi xuddi rezident tomonidan boshqa mamlakatdan olinishi lozim bo’lgan 
subsidiyalar kabi to’lov balansining birlamchi daromadlari hisobida o’z aksini 
topadi. O’z mamlakati uchun mo’ljallangan mutanosib yozuvlar, MTHda birlamchi 
daromadlarning taqsimoti hisobida ko’rsatiladi, xorijiy mamlakatlar uchun esa – 
boshqa mamlakatlar qismida, shuningdek to’lov balansi hisobida ko’rsatiladi. 
Transchegaraviy operatsiyalar sharoitida renta to’g’risida savol to’g’ilishi 
mumkin, lekin bu juda ham kam holatda uchraydi, chunki er rezidentlar mulki 
hisoblanadi; zarur hollarda esa, shartli rezidentlik birligini yaratish orqali 
erishiladi. Xalqaro hisob-kitobda renta qo’llaniladigan misollardan biri xorijiy 
baliqchilik flotiliyalariga hududiy suvlarda baliqchilik bilan shug’ullanish uchun 
qisqa muddatli huquqlar berilishi hisoblanadi. Xalqaro hisob-kitoblarda 
“investitsiyaviy daromad” nomli atama keng tarqalgan bo’lib, ushbu atama 
rentadan boshqa mulkdan foyda olish tushunchasini anglatadi. Shunday qilib, 
investitsiyaviy daromad moliyaviy aktivdan foydalanish mahsuli hisoblanadi, 


101
investitsiyaviy daromad komponentlari esa moliyaviy aktiv va majburiyatlar bilan 
mutanosiblikda yoziladi, bu esa daromad normalarini hisoblashga yordam beradi. 
To’lov balansi bo’yicha qo’llanma TBQ-6 da foiz hisobi MTH kabi tarzda 
hisoblanadi, bunda egri tarzda hisoblanadigan moliyaviy vositachilik xizmatlari 
(UFPIK) alohida qayd etilib, moliyaviy xizmatlar importi va eksporti sifatida 
hisobga olinadi. 
To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash
korxonalarining o’rni juda muhimdir va u 
ham pul oqimi, ham xalqaro hisob-kitob o’rnini belgilovchi ko’rsatikichlarda o’z 
aksini topadi. D qismida idetifikatsiya va to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash 
korxonlari yanada kengroq muhokama qilinadi. 
Oldin 7.136-7.139 bandlarda ko’rsatilganidek, to’g’ridan-to’g’ri 
investitsiyalash korxonalariga nisbatan shunday qoida qo’llaniladiki, unga ko’ra 
taqsimlanmagan daromad to’g’ridan-to’g’ri investorga investitsion daromad 
shaklida beriladi. Ushbu ulush korxonadagi investor ulushiga to’g’ri keladi.
To’g’ridan-to’g’ri ulush korxonaning to’liq daromadi, olinishi lozim bo’lgan 
joriy transfertlar va qo’shimcha mulkdan olinuvchi daromadga teng bo’ladi, bu 
summadan to’lanishi lozim bo’lgan mulkdan olinadigan daromad, nafaqa 
huquqlaridagi o’zgarishlar yig’indisi, to’lanishi lozim bo’lgan joriy transfertlar 
ayiriladi (reinvestitsiya qilinadigan daromad hisobidan tashqari). Shu’ba 
korxonalardan olinadigan har qanday reinvestitsiya qilinadigan daromad mulkdan 
olinadigan va to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash korxonalari tomonidan olinadigan 
daromad tarkibiga kiritiladi. 
Reinvestitsiya qilinadigan daromad manfiy ahamiyatga egadir, masalan, agar 
korxona zarar ko’rganda, dividendlar xolding foydasidan taqsimlansa, yillik 
dividend to’lanadigan kvartalda ushbu ko’rsatkich manfiy tusga ega bo’ladi. 
Ammo dividendlar oldingi dividend va daromadga nisbatan noproportsional tarzda 
bo’lsa, oshib ketgan ko’rsatkich korporatsiya kapitali qismini mulkdor tomonidan 
olib qo’yish sifatida aks ettirilishi lozim. 
To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash korxonalari, ya’ni 100 foiz norezident 
mulkida bo’lgan korxonalar uchun reinvestitsiya qilingan daromad 
taqsimlanmagan daromadga teng bo’lishi lozim, korxona tejagan pul miqdori nolga 
teng bo’ladi. 
Ikkilamchi daromad
moddalari sifatida joriy transfertlar qo’llaniladi. Ushbu 
moddalar hisobi MTHdagi ikkilamchi taqsimot hisobi moddalari bilan bir hil 
hisoblanadi. Ularning ayrimlari xalqaro hisob-kitob uchun muhim hisoblanadi, 


102
xususan, xalqaro hamkorlik doirasidagi joriy transfertlar va chet elda ishlovchi 
jismoniy shaxslar tomonidan o’z mamlakatlariga yuboriladigan pul o’tkazmalari. 
Chet elga yuboriladigan shaxsiy transfertlar uy xo’jaligidan boshqa uy 
xo’jaligiga nisbatan yuboriladigan pul o’tkazmalarni anglatadi; ular ma’lum 
qiziqish uyg’otadi, chunki chet elda o’zoq muddatli kontrakt asosida ishlovchi 
ko’p miqdordagi ishchilarga ega ayrim davlatlar uchun xalqaro 
moliyalashtirishning muhim manbasi hisoblanadi. Shaxsiy transfertlar o’zoq 
muddatli kontrakt asosida faoliyat yurituvchi ishchilar, ya’ni o’z rezidentlik 
mamlakatini o’zgartirganlar tomonidan pul o’tkazmalarni anglatadi. 
Boshqa ishchilar, jumladan chegaraviy va mavsumiy ish bilan 
shug’ullanuvchi, o’z rezidentliklariga ega bo’lishmaydi va o’z mamlakatlari 
rezidenti bo’lib qolishadi. Transfertlar o’rniga ularning xalqaro iqtisodiy 
operatsiyalari mehnat uchun to’lov, soliq va xizmat safari uchun chiqimlarni o’z 
ichiga oladi. Shaxsiy pul o’tkazmalari shaxsiy transfert, mehnat to’lovi, uy 
xo’jaliklari o’rtasidagi kapital transfertlarni o’z ichiga oladi va ushbu pul 
miqdoridan soliq va xizmat safari uchun chiqimlar ayirib tashlanadi. Ushbu mavzu 
TBQ-6da “Pul o’tkazmalari” nomli 5 ilovada keltirilgan.
Sug’urta mablag’lari, xususan qayta sug’urtalash bilan bog’liq pul 
aylanmalari xalqaro miqyosda juda muhim hisoblanadi. Ushbu pul aylanmalari 
MTHdagi kabi ham moliyaviy xizmat uchun to’lovga nisbatan, ham sug’urtalash 
va qayta sug’urtalash bo’yicha birlashtirilmagan alohida to’lovlarga nisbatan bir hil 
tartibda hisoblanadi.
Muvozanatlovchi moddalar tarkibi to’lov balansida MTHdagi shunga 
o’xshash boshqa tarkiblardan farqlanadi, bunda har bir hisob o’zining 
muvozanatlovchi moddasini va boshqa bir hisobga o’tadigan yana bir moddaga ega 
bo’ladi. Misol uchun, birlamchi daromad hisobida o’zining muvozanatlovchi 
moddasi (birlamchi daromad saldosi), shuningdek umumiy saldosi mavjud bo’ladi. 
Birlamchi daromad bilan tashqi operatsiyalar bo’yicha saldo birlamchi daromad 
saldosiga teng bo’ladi va VND qo’shiladigan element hisoblanadi. Joriy 
operatsiyalar bo’yicha saldo boshqa dunyoning milliy iqtisodiyot birliklari bilan 
bog’liq operatsiyalarga oid tejalgan pul miqdorlariga mos keladi. 
Kapital bilan 
bog’liq va halqaro iqtisodiy operatsiyalar hisobi
yig’indisi MTHga nisbatan 
chegaralangan hisoblanadi. Kapital bilan bog’liq operatsiyalar moddalari o’z ichiga 
ishlab chiqilmagan nomoliyaviy aktiv va kapital transfertlarni olish va chiqarib 
tashlashni oladi. Unda ishlab chiqilgan aktivlarni to’plashga oid operatsiyalar 
mavjud emas, chunki oldin ta’kidlab o’tilganidek, ekportdan oxirigacha 
foydalanish milliy iqtisodiyot uchun manfaat keltirmaydi. 


103

Download 7,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish