101
investitsiyaviy daromad komponentlari esa moliyaviy aktiv va majburiyatlar bilan
mutanosiblikda yoziladi, bu esa daromad normalarini hisoblashga yordam beradi.
To’lov balansi bo’yicha qo’llanma TBQ-6 da foiz hisobi MTH kabi tarzda
hisoblanadi, bunda egri tarzda hisoblanadigan moliyaviy vositachilik xizmatlari
(UFPIK) alohida qayd etilib, moliyaviy xizmatlar importi va eksporti sifatida
hisobga olinadi.
To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash
korxonalarining o’rni juda muhimdir va u
ham pul oqimi, ham xalqaro hisob-kitob o’rnini belgilovchi ko’rsatikichlarda o’z
aksini topadi. D qismida idetifikatsiya va to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash
korxonlari yanada kengroq muhokama qilinadi.
Oldin 7.136-7.139 bandlarda ko’rsatilganidek, to’g’ridan-to’g’ri
investitsiyalash korxonalariga nisbatan shunday qoida qo’llaniladiki, unga ko’ra
taqsimlanmagan daromad to’g’ridan-to’g’ri investorga investitsion daromad
shaklida beriladi. Ushbu ulush korxonadagi investor ulushiga to’g’ri keladi.
To’g’ridan-to’g’ri ulush korxonaning to’liq daromadi, olinishi lozim bo’lgan
joriy transfertlar va qo’shimcha mulkdan olinuvchi daromadga teng bo’ladi, bu
summadan to’lanishi lozim bo’lgan mulkdan olinadigan daromad, nafaqa
huquqlaridagi o’zgarishlar yig’indisi, to’lanishi lozim bo’lgan joriy transfertlar
ayiriladi (reinvestitsiya qilinadigan daromad hisobidan tashqari). Shu’ba
korxonalardan olinadigan har qanday reinvestitsiya qilinadigan daromad mulkdan
olinadigan va to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash korxonalari tomonidan olinadigan
daromad tarkibiga kiritiladi.
Reinvestitsiya qilinadigan daromad
manfiy ahamiyatga egadir, masalan, agar
korxona zarar ko’rganda, dividendlar xolding foydasidan taqsimlansa, yillik
dividend to’lanadigan kvartalda ushbu ko’rsatkich manfiy tusga ega bo’ladi.
Ammo dividendlar oldingi dividend va daromadga nisbatan noproportsional tarzda
bo’lsa, oshib ketgan ko’rsatkich korporatsiya kapitali qismini mulkdor tomonidan
olib qo’yish sifatida aks ettirilishi lozim.
To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash korxonalari, ya’ni 100 foiz norezident
mulkida bo’lgan korxonalar uchun reinvestitsiya qilingan daromad
taqsimlanmagan daromadga teng bo’lishi lozim, korxona tejagan pul miqdori nolga
teng bo’ladi.
Ikkilamchi daromad
moddalari sifatida joriy transfertlar qo’llaniladi. Ushbu
moddalar hisobi MTHdagi ikkilamchi taqsimot hisobi
moddalari bilan bir hil
hisoblanadi. Ularning ayrimlari xalqaro hisob-kitob uchun muhim hisoblanadi,
102
xususan, xalqaro hamkorlik doirasidagi joriy transfertlar va chet elda ishlovchi
jismoniy shaxslar tomonidan o’z mamlakatlariga yuboriladigan pul o’tkazmalari.
Chet elga yuboriladigan shaxsiy transfertlar uy xo’jaligidan boshqa uy
xo’jaligiga nisbatan yuboriladigan pul o’tkazmalarni anglatadi; ular ma’lum
qiziqish uyg’otadi, chunki chet elda o’zoq muddatli kontrakt asosida ishlovchi
ko’p miqdordagi ishchilarga ega ayrim davlatlar uchun xalqaro
moliyalashtirishning muhim manbasi hisoblanadi. Shaxsiy transfertlar o’zoq
muddatli kontrakt asosida faoliyat yurituvchi ishchilar, ya’ni o’z rezidentlik
mamlakatini o’zgartirganlar tomonidan pul o’tkazmalarni anglatadi.
Boshqa ishchilar, jumladan chegaraviy
va mavsumiy ish bilan
shug’ullanuvchi, o’z rezidentliklariga ega bo’lishmaydi va o’z mamlakatlari
rezidenti bo’lib qolishadi. Transfertlar o’rniga ularning xalqaro iqtisodiy
operatsiyalari mehnat uchun to’lov, soliq va xizmat safari uchun chiqimlarni o’z
ichiga oladi. Shaxsiy pul o’tkazmalari shaxsiy transfert, mehnat to’lovi, uy
xo’jaliklari o’rtasidagi kapital transfertlarni o’z ichiga oladi va ushbu pul
miqdoridan soliq va xizmat safari uchun chiqimlar ayirib tashlanadi. Ushbu mavzu
TBQ-6da “Pul o’tkazmalari” nomli 5 ilovada keltirilgan.
Sug’urta mablag’lari, xususan qayta sug’urtalash bilan bog’liq pul
aylanmalari xalqaro miqyosda juda muhim hisoblanadi. Ushbu pul aylanmalari
MTHdagi kabi ham moliyaviy xizmat uchun to’lovga nisbatan, ham sug’urtalash
va qayta sug’urtalash bo’yicha birlashtirilmagan alohida to’lovlarga nisbatan bir hil
tartibda hisoblanadi.
Muvozanatlovchi moddalar tarkibi to’lov balansida MTHdagi shunga
o’xshash
boshqa tarkiblardan farqlanadi, bunda har bir hisob o’zining
muvozanatlovchi moddasini va boshqa bir hisobga o’tadigan yana bir moddaga ega
bo’ladi. Misol uchun, birlamchi daromad hisobida o’zining muvozanatlovchi
moddasi (birlamchi daromad saldosi), shuningdek umumiy saldosi mavjud bo’ladi.
Birlamchi daromad bilan tashqi operatsiyalar bo’yicha saldo birlamchi daromad
saldosiga teng bo’ladi va VND qo’shiladigan element hisoblanadi. Joriy
operatsiyalar bo’yicha saldo boshqa dunyoning milliy iqtisodiyot birliklari bilan
bog’liq operatsiyalarga oid tejalgan pul miqdorlariga mos keladi.
Kapital bilan
bog’liq va halqaro iqtisodiy operatsiyalar hisobi
yig’indisi MTHga nisbatan
chegaralangan hisoblanadi. Kapital bilan bog’liq operatsiyalar moddalari o’z ichiga
ishlab chiqilmagan nomoliyaviy aktiv va kapital transfertlarni
olish va chiqarib
tashlashni oladi. Unda ishlab chiqilgan aktivlarni to’plashga oid operatsiyalar
mavjud emas, chunki oldin ta’kidlab o’tilganidek, ekportdan oxirigacha
foydalanish milliy iqtisodiyot uchun manfaat keltirmaydi.