www.ziyouz.com
кутубхонаси
48
— Yashaydi, biroq bu ko‘zi endi ko‘rmaydi.
Uch-turt kunlik muolajadan so‘ng, Madaminbek Shermuhammadbekni G’orbuvoga eltib qo‘ydi.
Shundan beri Shermuhammadbekka uning dushmanlari “Ko‘rshermat” degan nom qo‘yib oldilar.
Taassuflar bo‘lgayki, keyinroq “Ko‘rshermat” degan nom “Shermuhammadbek” degan nomni xalq
lafzidan siqib chiqarayozdi. Yuqorida keltirilganidek, “Ko‘rshermat” demasa uni birov tanimaydigan
bo‘lib qoldi. O’shandan beri Shermuhammadbek ko‘ziga ko‘zband bog‘lab yurdi. Keyinroq esa, uning
qo‘shiniga harbiy mutaxassis sifatida kelgan turk zobitlari unga qora ko‘zoynak sovg‘a qildilar.
Shermuhammadbekning g‘ayrat-shijoati uni to‘shakda ko‘p yotishga qo‘ymadi. Ikki-uch kundan
keyinoq u o‘rnidan turib ketib yangi yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Yangi yurishning sababchisi
Xolxo‘ja Eshonning maktubi edi. Maktubda Mingtepada rus mujiklarining beboshligi haddan
oshganligi tufayli, birgalashib ularning tanobini tortib qo‘yish taklif etilgan edi.
Farg‘ona mamlakatining qadimiy poytaxtlaridan bo‘lmish Ershi shahri azaldan ozodlik kurashi
o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Milodiy eradan avvalgi II asrda Xitoy Parkanga (xitoy tilida Davon) katta
qo‘shin yuborgan. Qo‘shin Ershini bir necha oy qamal qilib ham ololmagan. Keyinchalik poytaxt
boshqa shaharga ko‘chirilib, asta-sekin Ershi nomi unut bo‘lib ketadi. Uning o‘rnida Mingtepa qad
rostlaydi. Mingtepa milliy-ozodlik kurashi qahramoni Muhammad Ali Xalifa (Dukchi Eshon) makon
tutgan joydir. 1892 yili Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni bostirilgach, rus hukumati bu yerga yana mujiklarni
ko‘chirib keltirdi. Mingtepaliklarning aksariyati qo‘riq va adirga ko‘chirildi. Mingtepa yonida va uning
kattagina qismi o‘rnida vujudga kelgan rus posyolkasi Marhamat degan nom oldi. Bu yerga ko‘chirib
keltirilgan mujiklar asosan kazaklar, jinoyatchi unsurlardan iborat bo‘lib, ular butun bir deparada
o‘zlarini qadimdan qolgan aholi-yu mahalliy kishilarni kelgindi o‘rnida ko‘rib, hokimiyatni o‘z
qo‘llariga olgan edilar. Bu yerda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon ma’murlarning yodidan chiqmaydigan voqea
bo‘lgan edi. Shu sababdan, yana shunday harakatlar boshlanib qoladigan bo‘lsa, harakatni uchqunlik
holidayoq o‘chirish uchun bu yerga ko‘chirib keltirilgan mujik niqobidagi bosqinchilar tish
tirnog‘igacha qurollantirildi. Yangi hukumat, ya’ni sovetlar ham bu mujiklarni o‘z tayanchi o‘rnida
ko‘rib, ularning beboshlik-bezoriliklariga panja orasidan qaraydigan bo‘ldi.
Bu o‘ziga xos rus “armiyasi” dastlab Xolxo‘ja qo‘rboshi yigitlari bilan to‘qnashdi. Mingtepa
Xolxo‘janing qarorgohlaridan biri Aravonga yaqin joylashgan bo‘lib, “mujik”lar Xolxo‘ja yigitlari
bilan janjal chiqarishga harakat qilardi. Xolxo‘ja qo‘rboshi o‘z imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, yakka
o‘zi mujiklarning adabini berib qo‘yishga kuchi yetmasligini bildi va ularga qarshi birgalikda
kurashish uchun G’orbuvoga maktub yozgan edi. Ko‘p o‘tmay o‘zi ham yigitlari bilan bu yerga yetib
keldi.
1918 yil 23 mart kuni Shermuhammadbek va Xolxo‘ja Eshonning birlashgan kuchlari takbir aytib
Mingtepa ustiga yurdi. Peshinga borib Mingtepa o‘rab olindi. Janglar oqshomgacha davom etdi.
Nihoyat, ruslar tob bera olmay elchi chiqardilar va omonlik tiladilar. Shermuhammadbek ularga
shunday javob qaytardi: “Qurol-aslahalarni yig‘ishtirib topshirasiz, bolshavoy o‘ris askarlariga bundan
buyon yordam bermaysiz, tortib olingan yerlarni qaytarib berasizlar, talab olingan, mana bu qog‘ozga
ro‘yxati yozilgan mol-mulklarni bizga qaytarib berasizlar. Shundagina hayotingizni saqlab qolaman”.
Elchilar bu shartlarni qabul qilishga majbur bo‘ldilar. Mujiklar qurollarini tashlab, jami 400 ga
yaqin miltiq, qilich, xanjar, to‘pponcha, shunga yarasha o‘q-dori, mahalliy aholidan tortib olingan mol-
mulk (ot, mol-qo‘y, uy jihozlari va h.k) ni olib kelib topshirdilar. Bir qancha mujiklar Marhamatni tark
etdi.
O’ljalar taqsimlanib berildi, ot va chorva, ashyolar egalariga qaytarildi. Qurol-yarog‘ va o‘q-
dorining bir qismi Xolxo‘ja Eshonga berildi. Shermuhammadbek Xolxo‘jani O’shga kuzatib, o‘zi
G’orbuvoga qaytdi.
Shu tariqa, qator muvaffaqiyatli janglar natijasida Madaminbek va Shermuhammadbekning obro‘si
ko‘tarilib bordi. Ayniqsa, hukumat qanoti ostida, bosar-tusarini bilmay qolgan mujiklarning tanobini
tortib qo‘yilishi bu obro‘ni yanada oshirib yubordi. Hatto, xalq ichida yaxshi nom qozonmay yurgan
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |