Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
www.ziyouz.com
кутубхонаси
46
Jalolobod janglari asnosi So‘zoqqa chekingan Madaminbek o‘z qo‘l ostidagi ko‘rboshilarning bu
yerga yig‘ilishini bir necha kun kutdi. Kichik qo‘rboshilar birin-ketin turli yo‘llar orqali So‘zoqqa yetib
keldilar. Biroq, Xolxo‘ja Eshon bilan Nurmuhammadbekdan darak bo‘lmadi. O’z voqeanavislari orqali
ularning Shermuhammadbekka borib qo‘shilganligi, u yerda bo‘lib o‘tgan janglar tafsilotini eshitdi.
Voqealarni tahlil qilar ekan, milliy-ozodlik harakati jabhasida Shermuhammadbek, Xolxo‘ja Eshon va
Nurmuhammadbekdan iborat o‘ziga qarshi bo‘lgan uchlar ittifoqi shakllanayotganligini his etdi, hamda
buning oldini olish vaqti o‘tganligini angladi. — Mayli, — deb o‘ziga taskin berdi Madaminbek, —
mana bu oq ruslarning ishini hal etayin, u yog‘i bir gap bo‘lar.
Madaminbekning oq ruslar bilan kurashi bir necha oy davom etdi. U bir necha rus qishlog‘ini bosib
olib, Jalolobod shahrini ishg‘ol etish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda oq ruslar ham astoydil
harakatga tushib qoldilar. Oq ruslarning komandirlari “Har bir qishloqda tashkil etilgan o‘z-o‘zini
himoya qilish dastalarini birlashtirib, rus qishloqlarida umumiy safarbarlik e’lon qilib, kattagina harbiy
qo‘shilma tuzish zarur”, degan taklif bilan Andijon revkomiga qilgan murojaatiga keskin rad javobini
olishadi, illo, mazkur komandirlarning tub maqsadi, o‘z harbiy qo‘shilmalarini tashkil etib olgach,
“bosmachilar”dan o‘zini himoya qilish, asosiysi esa, bolsheviklarga qarshi kurash olib borib, dastlab
Farg‘ona vodiysida, so‘ng esa, butun Turkistonda hokimiyatni qo‘lga olishdan iborat edi.
Bu paytlarda Toshkentda yuqori martabali sobiq rus armiyasi zobitlaridan iborat “Turkiston harbiy
tashkiloti” tashkil topib, sovetlarga qarshi yashirin kurash olib borayotgan edi. Farg‘ona bolsheviklar
partiyasi yetakchisi Bildin murojaatga rad javobi bergach, oq komandirlar mazkur tashkilotning faol
a’zosi, Turkiston ASSR harbiy komissari Osipovga murojaat qildilar. Bolsheviklarning ashaddiy
dushmani bo‘lgan, keyinchalik isyon ko‘tarib, o‘n to‘rt Turkiston komissarlarini qatl etgan Osipov
ularni qo‘llab-quvvatlab, Farg‘ona vodiysida rus krest’yanlar armiyasi tuzishga ruxsat beradi. 1919 yil
5 may kuni Jalolobodda oq ruslarning yig‘ilishi (s’ezdi) o‘tkazilib, “Rus krest’yanlar armiyasi”
tuzilganligi tantanali tarzda e’lon qilinadi. Mazkur s’ezdda armiya qo‘mondonligiga yirik boy va yer
egasi Monstrov saylanadi, shtab boshlig‘i etib general Muxanov tayinlanadi. Monstrov shu kuniyoq
vodiyning ruslar yashaydigan doirasida Krest’yanlar armiyasiga yalpi safarbarlik e’lon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: