www.ziyouz.com
кутубхонаси
47
Bu vaqtda Madaminbek ixtiyorida yetti ming nafar, Monstrov ixtiyorida esa uch ming besh yuz
nafar atrofida askar bor edi. Bitimga muvofiq, askari miqdori ko‘p bo‘lgani uchun birlashgan
qo‘shinga Madaminbek bosh qo‘mondon, Monstrov bosh qo‘mondon o‘rinbosari, general Muxanov
shtab boshlig‘i vazifalarini egalladilar. Ruslar ichida yuqori malakali harbiy mutaxassislar ko‘proq
bo‘lgani tufayli, shtabning uchdan ikki qismi rus zobitlaridan iborat qilib tuzildi.
Ittifoq bitimi tuzilib, uning sharafiga berilgan ziyofat o‘tishi bilan harbiy harakatlarga kirishildi.
Birlashgan qo‘shin janub sari yurib, birin-ketin qishloqlarni zabt etib, sentyabr oyi boshlarida O’sh
shahrini egalladi. 24 sentyabr kuni Irkishtom (Ergashtom) qal’asi qo‘lga kiritildi. Irkishtom qal’asi
Farg‘ona vodiysi bilan Sharqiy Turkistonni bog‘lovchi shu nomdagi dovon etagida joylashgan bo‘lib,
muhim iqtisodiy va harbiy strategik ahamiyatga ega bo‘lgan istehkomdir. Bu qal’aning olinishi
Farg‘ona va Qashg‘ar orqali chet elga chiqish imkoniyatini berar edi. Shu tufayli qal’a olingan kuni bu
yerda muvaqqat Farg‘ona hukumati ta’sis etildi. Mansab-vazifalar quyidagicha taqsimlandi:
Madaminbek — hukumat raisi va bosh qo‘mondon;
Monstrov — hukumat raisi o‘rinbosari, yer ishlari vaziri;
General Muxanov — harbiy vazir va shtab boshlig‘i;
Nansberg — ichki ishlar vaziri;
Hakimjon Azizxonov — moliya vaziri.
Hukumat tarkibi 16 musulmon va 8 musulmon bo‘lmagan kishilardan tashkil topgan edi. Turkiya,
Afg‘oniston, Ozarbayjon bilan diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
Qo‘qonda muxtoriyatli hukumat tuzilishi vodiy xalqiga ilhom berib, ayrim joylarda aholi rus-
bolshevik hukumatini tan olmaganligini isbotlash maqsadida mazkur joyni boshqarish uchun o‘zlaricha
mingboshi, qo‘rboshi saylab ola boshladilar. Quva xalqi ham bu harakatdan chetda qolmay, Umarali
degan kishini o‘zlariga mingboshi etib sayladilar. Bu “o‘zboshimchalik” albatta, ishchi-dehqon-soldat
deputatlari Quva sovetining hamiyatini qo‘zg‘otdi. Sovet o‘z qo‘lidagi soldatlar va Quva korxonalarida
ishlaydigan ishchilarni qurollantirib, Umaraliga qarshi harakat boshladi, Umarali G’orbuvoga xabar
yuborib, yordam so‘radi. Shermuhammadbek yigitlarni otlantirib Quvaga yetib borganida jang ayni
qizigan payt edi. Shermuhammadbek tashqaridan, Umarali ichkaridan hujum qilishib, tun bo‘yi jang
olib borishdi. Har ikki tomonlar ham ko‘plab qurbon berdi. Nihoyat, jang qo‘rboshilar foydasiga hal
bo‘ldi. Temiryo‘l bekati vayron etilib, temir izlar qo‘porib olindi.
Ko‘p o‘tmay Shahrixondan chopar kelib, u yerda harakatda bo‘lgan Yusufjon qo‘rboshining
maktubini topshirdi. Maktubdan ma’lum bo‘lishicha, Shahrixon garnizoni askarlari aroqxo‘rlik
balosiga mubtalo bo‘lib, aroqqa pul topish uchun xalqni talab, mol-mulkini tortib olayotgan ekan.
Bu paytda Madaminbek ham G’orbuvoda edi. U Shermuhammadbekni Yusufjon qo‘rboshiga
madad berish uchun yubordi. Bu safar ham to‘satdan hujum qilingani uchun g‘aflatdagi garnizonni
yengish ancha oson ko‘chdi. Jang oxirlab qolganda Shermuhammadbekning beshotar miltig‘i lo‘kidoni
(zatvori) yaxshi ishlamay qoldi. Shermuhammadbek miltiqni yaqinroq ushlab, lo‘kidonni tekshirib
turgan edi, lo‘kidon yana ishlab qolib, o‘q otilib ketdi. Boshqa miltiqlar kabi, beshotar qo‘ndog‘i ham
yelkaga tirab turib otish uchun, yarim oy shaklida tugallangan bo‘ladi. Lo‘kidon ishlab ketib, o‘q
otilgach, tepki zarbidan yarim oy shaklidagi qo‘ndoqning bir uchi Shermuhammadbekning chap
ko‘ziga tegdi va uni otdan ag‘darib yubordi. Yigitlar uni darhol yerdan ko‘tarib, ko‘zini qiyiqcha bilan
bog‘lab, otga mindirib G’orbuvoga yetkazib keldilar. Madaminbek fursatni o‘tkazmay uni Baliqchiga
olib ketdi. Bu yerda mashhur rus anarxisti M.A.Bakuninning do‘sti va safdoshi, o‘z qarashlari uchun
bu yerga surgun qilingan salohiyatli vrach Yevlampiy Fyodorovich Bogorodov istiqomat qilar,
mahalliy aholi bu qiyin nomni talaffuz qilolmay, uni “Lampa do‘xtir” deb atashar edi. Madaminbek
Shermuhammadbekni to‘g‘ri Lampa do‘xtirning ham istiqomatgohi, ham ish kabineti bo‘lgan
kulbasiga olib keldi. Lampa do‘xtir kerakli muolajani qilib, boylab qo‘ygach, o‘ziga savol nazari bilan
qarab turgan Madaminbekka qarata kallasini silkitib, najot yo‘qligini bildirdi.
— Endi nima bo‘ladi?
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |