Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/149
Sana01.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#522989
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   149
Bog'liq
shermuhammadbek qurboshi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
55
emas, balki ko‘plab qo‘rboshilar tomonlaridan ham amalga oshirilgan. “Tarki odat amri mahol” 
deganlaridek, shahar va qishloqlarni ozod etish uchun bo‘lgan janglarda guruhga qo‘shilib qolgan 
ayrim sobiq mahbuslar o‘z eski hunarlarini qo‘msab, talonchilik, o‘g‘rilik, zo‘rlash bilan 
shug‘ullanganlari ma’lum. Madaminbek va Shermuhammadbek bunday jinoyatchilarni juda qattiq 
jazolaganlari ham ma’lum. Lekin, shunday bo‘lsada, pokiza nomga dog‘ tushirish uchun butun bir 
ozodlik kurashi mobaynida sodir etilgan bir-ikki jinoyat ham yetib ortadi. Qizil gvardiyachilar va 
ayniqsa ularga qo‘shilib olgan arman dashnoqlari muntazam ravishda talonchilik, zo‘ravonlik bilan 
shug‘ullanganlari holda milliy-ozodlik harakati safiga yuqoridagi tarzda qo‘shilib qolgan yakkam-
dukkam jinoyatchilarining bir-ikki marta sodir etgan jinoyatlari milliy-ozodlik harakati faoliyatiga 
dog‘ tushira olmasa ham, gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, qizil tashviqotchilar ana shunday bir-
ikki jinoyatni milliy ozodlik harakatining asosiy faoliyati sifatida ko‘rsatib keldilarki, bu hol hatto 
mustaqillik davrida ham milliy-ozodlik harakati dolzarb ilmiy publitsistik mavzu darajasiga ko‘tarila 
olmasligi omillaridan biri bo‘lib kelmoqda. 
Alqissa, Nurmuhammadbek Yodgorbek va uning yaqin safdoshlarini qutqarishga ulgura olmasa 
ham, qamoqxonani vayron qilib, mahbuslarni ozodlikka chiqarib, g‘alaba bilan G’orbuvoga qaytib 
keldi. Bu hujumning eng ahamiyatli tomonlaridan biri, unda xalq ommasi ishtirok etganligida bo‘lsa, 
ikkinchisi, qizil kuchlarning markaziga berilgan zarba ekanligidadir.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan jang-jadallar Farg‘ona vodiysidagi milliy-ozodlik harakati yilnomasidan 
1918 yilga oid ayrim lavhalar, xolos.
1918 yilning yoz-kuz oylarida kurash qizg‘in davom etdi, qishga borib susaydi. Barcha qo‘rboshilar 
yil mobaynida o‘z hududlarida ustunlikni ushlab turdilar. Qish ichi har ikki tomon ham kelgusi yil 
janglariga tayyorgarlik ko‘rish bilan band bo‘ldilar. 1919 yilning erta bahorida janglar yana qizib ketdi 
va bahorgi-yozgi urush harakatlari milliy-ozodlik kuchlarining ustunligi bilan o‘tdi. Kuzga tomon esa 
vaziyat sovetlar foydasiga o‘zgara boshladi: bu ketishda Turkistonni qo‘ldan boy berib qo‘yishdan 
xavfsiragan markaziy hukumat shoshilinch choralar ko‘rishga kirishdi. Turkistondagi vaziyatni 
o‘rganish, undan xulosalar chiqarish, o‘lkani qo‘lda saqlab qolish hamda milliy-ozodlik harakatiga 
chek qo‘yish choralarini belgilash uchun Moskvadan katta vakolatlar bilan Turkomissiya (to‘liq nomi 
Butunrossiya MIK va XKS ning Turkiston ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyasi) yuborildi. Uning 
tarkibi ashaddiy shovinistlar: M.V.Frunze, V.V.Kuybishev, Ya.E.Rudzutak, Sh.Z.Eliava (rais) va 
boshqalardan iborat edi. Komissiya har qanday mansabdorni (Turkiston doirasida) ishdan olish, ishga 
qo‘yish, qamoqqa olish, o‘lim hukmini chiqarish, harbiy qismlar tuzish, urush e’lon qilish, sulh tuzish, 
favqulodda holat e’lon qilish kabi katta vakolatlarga ega edi. Shu bilan bir vaqtda Toshkentdan 
Farg‘ona vodiysiga favqulodda komissiya yuborildi. Uning tarkibida Turor Risqulov, Nizomiddin 
Xo‘jaev, Yusuf Aliev, Husain Ibrohimov kabi mahalliy millat vakillari ham bor edi. Favqulodda 
komissiyaning asosiy vazifasi: vodiydagi vaziyatni o‘rganish, tahlil va taftish qilish, aholini 
sovetlardan bezdirib, “bosmachilar” tomon o‘tib ketish omillarini aniqlash va bartaraf etish, 
qo‘rboshilar bilan sulh tuzishdan iborat deb topildi. Mahalliy millat vakillari, ayniqsa, Turor Risqulov 
va Nizomiddin Xo‘jaevlar taftishni o‘ta sinchkovlik va qat’iyat bilan olib bordilar. Taftish asnosida 
mahalliy sovetlar rahbarlari va a’zolari, qizil armiya qismlari, arman dashnoqlari tomonidan xalqqa 
qarshi sodir etilgan juda ko‘p jinoyatlar aniqlandi (Komissiyaning faoliyati kitobimizning boshlanish 
qismlarida ham qalamga olingan). Biroq taftish xulosalari va undan kelib chiqqan takliflar Turor 
Risqulovning o‘ziga nisbatan ayblov xulosasi sifatida ishlatilib, u burjua millatchisi sifatida komissiya 
tarkibidan chiqarib yuborildi. Shunday bo‘lsada, Turkkomissiya mazkur xulosalar va takliflarni o‘z 
xizmatlari hisobiga qo‘shib, undan foydalandi. Chunonchi: arman dashnoqlari qurolsizlantirildi va 
ashaddiylari qamoqqa olindi, joylardagi sovetlar va revkomlar boshliqlarining aksariyati ishdan olindi, 
hukumat dehqonlarga urug‘lik, ishlab chiqarish vositalari bilan yordam ko‘rsatajagini e’lon qildi; 
“bosmachi” va “bosmachiga yordam beruvchi” kabi ayblar bilan qamoqqa olingan tinch aholi 
vakillarining katta qismi hibsdan ozod etildi. 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish