Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/149
Sana01.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#522989
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149
Bog'liq
shermuhammadbek qurboshi

AJDODLAR RUHI MADADKOR 
Roviylar andoq rivoyat qiladilarki, qadim o‘tgan zamonda, bundan bir necha ming yil ilgari gullab-
yashnagan bir vodiyda bir qabila umrguzaronlik qilar edi. Qabila erkaklari chorvadorlik bilan 
shug‘ullanar, temir eritishar va undan turli buyumlar yasashar, xotinlari esa ekin ekishar, namat 
bosishar, gilam to‘qishar, umuman barchasi mehnat qilib, mehnatning rohatini ko‘rishar edi. Kunlardan 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
42
birida yarim yovvoyi sahroyi xalqlardan birining bir nechta odami yo‘qolgan yilqi uyurini izlay-izlay 
vodiyga kelib qoladilar. Vodiyliklar ularni mehmon qilib, kuzatib qo‘yadilar. Sahroyilar o‘z qo‘sh 
(vaqtincha yashaydigan joy) lariga kelib, vodiyni bosib olish, u yerni doimiy yaylovga aylantirish, 
erkaklarini qirib tashlab, xotin va qizlarini o‘zlariga xotin qilish fikriga tushadilar va katta kuch bilan 
vodiyga bostirib keladilar. 
Vodiyliklar mardona jang qiladilar. Janglarda nafaqat jangchilar, balki qabila yoppasiga ishtirok 
etadi. Umrlarida urush ko‘rmagan vodiyliklar yarim yovvoyi, beshikdagi bolasidan tishi tushgan 
choligacha jangchi bo‘lgan sahroyilarga bas kela olarmidi? Xotinlar tirik qo‘lga tushmaslik uchun jon- 
jahdlari bilan jang qildilar. Jangda barcha vodiyliklar halok bo‘ldilar. Kechasi jang maydoniga bo‘rilar 
kirib keldilar. Mag‘rur, haromdan hazar qiladigan bo‘rilar o‘liklarga qiyo boqmay, jang paytida egasiz 
qolib, u yoqdan bu yoqqa chopib yurgan otlarni ov qildilar. Ashina nomli ona bo‘ri bir otni ta’qib qilib 
kelayotgan edi, o‘liklar orasidan qimirlagan bir kishini ko‘rib qoldi. Bu og‘ir yarador bo‘lgan norg‘ul 
bir yigit edi. Ashina uning kiyimidan tishlab sudraganicha yo‘lga tushdi. Uzoq yo‘l bosib, bir g‘orga 
yetib bordi. Yigitni g‘orga olib kirdi. Uning jarohatlarini tili bilan yalab, tozaladi, g‘or devorlarida 
qotib qolgan mumiyoni kemirib olib kelib, jarohatiga bosdi, toshbaqaning kosasida suv olib kelib 
ichirdi, xullas, parvarish qilib, yigitni oyoqqa turg‘azdi. Ashina yana bir yaralangan jangchi ayolni 
topib keldi. Uni ham davoladi. Ayol Turk Urfa avlodidan bo‘lib Shahzoda Antinning qizi ekanligini, 
bu sahroyilar urushda Urfa shohini mag‘lubiyatga uchratib bu qizni olib kelgan, ammo sahroyilarning 
lashkarboshisi bu ajoyib so‘lim mamlakatni mag‘lub etgandan keyin bu qizga uylanishga o‘zi ahd 
qilgan, ammo taqdir taqozosi bilan uning hozirgidek qonga belanib qolgani, bu kimlar tomonidan sodir 
etilgani faqat Allohga ayondir. 
Xullas, har ikkisida o‘zaro mehr uyg‘ondi. Yillar o‘tdi, ulardan to‘qqiz nafar o‘g‘il farzand tug‘ildi. 
Yigit ulardan biriga ona bo‘ri hurmati yuzasidan Ashin deb ism quydi. Yigit oilasi va ona bo‘ri vafot 
etgach, voyaga yetgan mazkur to‘qqiz farzand turli tomonlarga tarqalib ketdilar. Ular har biri biror 
qabilaga borib, istiqomat qilib, qabila boshliqlari qizlariga uylandilar. Ulardan tarqalgan avlodni 
umumiy nom bilan “turk” deb, har qaysi farzanddan tarqalgan urug‘ni esa o‘sha farzand nomi bilan 
atadilar. Shu tariqa, Ashin nomli farzanddan tarqalgan urug‘ Ashin urug‘i deb nom oldi. Urug‘ 
a’zolariga yangi tug‘ilgan paytda turli ismlar qo‘yilsada, urug‘ boshlig‘ida, albatta, Ashin degan ot 
qo‘yilar edi. Ha, Ashina bo‘rining odam bolalariga mehr ko‘rsatib o‘limdan olib qolganligi butun 
bo‘rilar sulolasiga voqif bo‘ladi. Bu avlodlar ham bo‘rilarga keyinchalik yaxshilik qiladilar.
Afsonadan haqiqatga o‘tadigan bo‘lsak, turkiy xalqlar ichida Ashin urug‘i mavjud bo‘lgan. Turkiy 
xalqlar tarixiga bag‘ishlangan barcha manbalarda bu urug‘ eslatib o‘tiladi. Milodiy eraning IV—V 
asrlarida bu katta urug‘ning bir aymog‘i Farg‘ona vodiysiga kelib o‘rnashib qoladi va IV—VII asrlarga 
kelib bu yerda o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Manbalarning xabar berishicha, VI asr oxirida Farg‘ona 
hukmdori bo‘lgan Ashin chinliklar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgach, uning o‘rniga qizi Ashina 
Shuniy o‘tiradi. Bu oqila, go‘zal, jangovar ayol shu qadar mahorat bilan yurt so‘rab, shunday jasoratlar 
ko‘rsatadiki, Chin imperatori u bilan hisoblashishga majbur bo‘lib qoladi, sulh tuzadi va bu ayolga 
chinakam hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Davrlar o‘tishi bilan, o‘zbek xalqining shakllanishi 
jarayonida ashin urug‘i ham singib ketadi. 
1919 yilni ko‘rgan mo‘ysafidlar afsonaga o‘xshab ketadigan bir voqeani so‘zlab berishgan. Bu 
voqea shunday dong taratganki, tog‘lar va vodiylar oshib, turkiy xalqlar yashaydigan barcha joylarga 
tarqalgan. Hatto usmonli turk adiblari ham bu voqeani o‘z asarlariga kiritganlar. 
1919 yilga kelib, aholisining katta qismi turkiylar bo‘lgan Farg‘ona vodiysi xalqi bosqinchilarga 
qarshi milliy-ozodlik janggi olib borayotgan bir paytda, ashinlarning ona avlodi bo‘lmish bo‘rilar, 
go‘yo ona bo‘ri Ashina ruhining chaqirig‘iga binoan o‘zlarining uzoq tutingan avlodlariga madadga 
keladilar: vodiyning tog‘li yerlarida yashaydigan bo‘rilar qizil askarlar kazarmalariga va rus mujiklar 
yashaydigan qishloqlarga gala-gala bo‘lib hujum qiladilar. Kimningdir otini, kimningdir chorvasini 
bo‘g‘zidan oladilar. Bu voqeaning hayratlanarli jihati shuki, bo‘rilar o‘sha atrofda istiqomat qilib 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish