Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
80
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Astronom olimlar va fazogirlar:
Klayd Tombo
Klayd Tombo 4-fevral, 1906 yilda AQSHning Illinoys shtatida, ijaraga yer
olib dehqonchilik qiluvchi fermer oilasida tug‘ilgan. 12-yoshidan boshlab
astronomiya bilan jiddiy qiziqib shug‘ullana boshlagan. O‘rta maktabni
tugallagach, keyingi ta’limni olish uchun mablag‘i yetmaganligi bois, mustaqil
shug‘ullanishga majbur bo‘lgan. U o‘zining yasama teleskopida Oy va Marsning
tasvirlarini olib, Louell rasadxonasiga yuborgan. Rasadxonadagi yuqori malakali
astronomlarning hayratiga sabab bo‘lgan bu fototasvirlar, o‘zining aniqligi va
sifati tufayli, Tombo ushbu nufuzli rasadxonaga ishga taklif etilgan. Aynan Louell
rasadxonasida, 1930 yilning 18 fevral kuni, Klayd Tombo o‘zining eng
olamshumul kashfiyoti –
Pluton
sayyorasini kashf qildi. Shuningdek u, Plutonni
qidirish ishlari mobaynida, yangi kometa va yuzlab ilgari fanga noma’lum bo‘lgan
asteroidlarni ham ochdi. Tombo 1932 yilda Kanzas universitetiga o‘qishga kirib,
1936 yilda bakalavr diplomiga ega bo‘ldi. U 1943 yilgacha Louell rasadxonasida
ishladi. 1943-45 yillarda esa, Arizona kollejida, 1945-46 yillarda esa Kaliforniya
universitetida dars berdi. 1946 yildan boshlab Las-Krus laboratoriyasida, 1955 yildan boshlab esa, Nyu-
Meksiko universitetida ishladi. 1965-yilda Nyu-Meksiko universiteti professori, 1973 yildan esa faxriy
professor unvonlariga ega bo‘ldi. Klayd Tombo Plutonni ochganligi uchun maxsus medal (
Uilyam Gershel
tasviri tushirilgan) va Buyuk Britaniya Qirollik ilmiy jamiyatining Astronomiya uyushmasi tomonidan
maxsus oltin medal bilan taqdirlangan. Tombo 1934 yilda Patrisiya Edisonga uylangan va umrining oxirigacha
o‘z oilasiga sodiq yashagan. U o‘zidan bir o‘g‘il, bir qiz qoldirgan. Klayd Tombo 1997 yilda Nyu-Meksiko
shtatidagi, Las-Kruses shahrida olamdan ko‘z yumgan. Tomboga oid qiziq ma’lumot: o‘rta maktabni bitiruv
oqshomida, sinfdoshlari u haqida dastxat-esdaliklar kitobiga «U yangi olamlarni kashf etadi» degan qaydni
qoldirishgan ekan.
Juzeppe Piatssi
Juzeppe Piatssi (italyancha: Giuseppe Piazzi) 1746 yilning 16 iyulida
Italiyaning Ponte-Valentina shahrida tug‘ilgan. Rim va Turin shaharlarida ilohiyot
va falsafadan ta’lim olgan. 1764 yilda Teatin ordeniga (Milan) a’zo bo‘lgan. 1780
yildan boshlab Sitsiliyada yashay boshlagan va o‘zini butunlay astronomiyaga
bag‘ishlagan. Shu yilning o‘zida u Palermo universitetida matematika professori
unvoniga sazovor bo‘ldi. 1787-1788 yillarda London va Parij shaharlariga ilmiy –
ijodiy safar uyushtirib, u yerdagi rasadxonalarning ish jarayoni bilan tanishdi.
Vataniga qaytgach, Piatssi, Palermo universiteti qoshida rasadxona tashkil etish
tashabbusi bilan chiqdi. uning taklifi va loyihasiga ko‘ra, gertsog Karamaniko
moliyalashtirgan rasadxona 1791 yilda qurib bitkazildi. Piatssi o‘zi qurdirgan
rasadxonaga, umrining oxirigacha rahbarlik qildi. Bir vaqtning o‘zida u, 1817 –
1826 yillarda u Neapol rasadxonasiga ham rahbarlik qilgan.
Juzeppe Piatssi umri davomida ikki marta yulduzlar katalogini nashr ettirdi. Ulardan birinchisi -
«Praecipuarum stellarum inerantium positiones mediae ineunte seculo XIX» - 1803 yilda chop etilgan bo‘lib,
unda 6748 yulduzlarning koordinatalari va boshqa muhim astronomik parametrlarini qamrab olgan edi. Aynan
shu kitobning qo‘shimcha va tuzatishlar bilan chop etilgan ikkinchi nashri 1814 olam yuzini ko‘rgan bo‘lib,
unda 7646 ta yulduz haqida ma’lumotlar berilgan.
Juzeppe Piatssini eng mashhur qilgan kashfiyot bu –
Mars
va
Yupiter
orbitalari orasidagi fazoda
harakatlanuvchi, fanga ilgari noma’lum bo‘lgan osmon jismi –
Serera
ni ochgani bo‘ldi. Sererani kashf qilgani
uchun, Piatssi, 1803 yilda Parij fanlar akademiyasining mukofoti bilan taqdirlangan. U shuningdek 1805 yilda
Peterburg fanlar akademiyasining faxriy a’zosi etib saylangan.
Juzeppe Piatssi sharafiga asteroid (1000)Piatssi va Oydagi kraterlardan biri nomlangan. Piatssi 1826
yilning 26 iyulida, Nepaolda vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: