Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
76
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Astronomiyaga oid terminlar:
Plutoid
Plutoid - Transneptun osmon jismi bo‘lib, Neptun orbitasidan tashqarida,
Koyper belbog‘i
va Quyosh
tizimi chegaralarida harakatlanuvchi kichik sayyora. Dastlab, Plutoid sifatida Pluton va Erida kiritilgan edi.
Keyinroq, XAIning qarorlariga ko‘ra, Makemake va Haumea
ham bu turkumga kiritildi, Serera karlik
sayyorasi Plutoid hisoblanmaydi, chunki, u Neptun orbitasi tashqarisida emas, balki, Asteroidlar belbog‘ida
harakatlanadi.
Yulduz kattaligi
Yulduz kattaligi ikki xil: ko‘rinadigan yulduz kattaligi va mutloq yulduz kattaligi. Osmon jismining
Yerdagi kuzatuvchiga ko‘rinayotgan yorqinligini ifodalaydi.
Mutloq yulduz kattaligi esa, obyektning
kuztuvchiga nisbatan 10 parsek masofada joylashgan bo‘lgan taqdirda qanday yorqinlikka ega bo‘lishini
ifodalaydi. Mutloq kattalik, ko‘rinadigan
kattalikdan farqli ravishda, turli xil yulduzlarning yorqinligini
taqqoslash imkonini beradi. Chunki uning qiymati uchun masofa standart 10 parsek qilib belgilanadi. Mutloq
yulduz kattaligi
M
va ko‘rinadigan yulduz kattaligi
m
harflari bilan belgilanadi.
Transneptun obyekt
Transneptun
obyekt - TNO, Neptun orbitasidan tashqarida joylashgan barcha osmon jismlariga
nisbatan ishlatiladigan umumiy nom.
Perisentr (Perigeliy; Perigey)
Yunoncha peri (περί) – «yaqinida», «atrofida» ma’nolarida. Osmon
jismi orbitasining markaziy obyektga nisbatan eng yaqin joylashgan nuqtasi.
Quyosh
tizimidagi sayyoralar, va boshqa obyektlar orbitasining Quyoshga
eng yaqin nuqtasi - Perigeliy. Sayyora mazkur nuqtada bo‘lgan vaziyatda,
Quyoshga eng yaqin kelgan hisoblanadi. Venera
atrofidagi orbitalar uchun
Veneraga eng yaqin nuqta – Perigesperiy. Oy va sun’iy yo‘ldoshlar uchun
Yer
atrofida aylanish orbitasidagi, Yerga eng yaqinlashgan masofasi –
Perigey (yunoncha περίγειος – «yer yaqinida»). Oy atrofidagi orbitalar uchun
Periseleniy.
Aposentr (Afeliy; Apogey)
Yunoncha apo (από) «–dan» qo‘shimchasi ma’nosida.
Osmon jismi
orbitasining markaziy obyektga nisbatan eng uzoq joylashgan nuqtasi.
Quyosh tizimidagi sayyoralar, va boshqa obyektlar orbitasining Quyoshdan
eng uzoq nuqtasi – Afeliy. Sayyora mazkur nuqtada bo‘lgan vaziyatda,
Quyoshdan eng uzoqlashgan hisoblanadi. Venera atrofidagi orbitalar uchun
Veneraga eng yaqin nuqta – Apogesperiy. Oy va sun’iy yo‘ldoshlar uchun
Yer atrofida aylanish orbitasidagi, Yerga eng yaqinlashgan masofasi –
Apogey (yunoncha απόγεια – «yerdan»). Oy atrofidagi orbitalar uchun
aposeleniy.
Katta yarim
o‘
q
Ellipsning markazi va ikkita fokusidan o‘tuvchi, eng katta diametrining teng yarmi. Ya’ni
ellips
markazidan chiqib uning eng uzoq chtigacha boradigan to‘g‘ri chiziq. Uni ellipsning katta radiusi deb ham
atash mumkin. Astronomiyada (osmon mexanikasi), markaziy obyekt (Quyosh) atrofida aylanuvchi osmon
jismining, markaziy obyektdan o‘rtacha masofasini ifodalaydi. Bunda, sayyora va yulduz o‘rtasidagi
o‘rtacha masofa nazarda tutulgani bois, katta yarim o‘q, markaziy va orbital obyektning massalar
Do'stlaringiz bilan baham: