Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
75
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Xalqaro Astronomiya Ittifoqi
Xalqaro Astronomiya Ittifoqi (XAI) – butun jahon bo‘yicha astronomik
jamiyatlarni birlashtiruvchi xalqaro ilmiy tashkilot. XAI, osmon jismlarining
rasmiy va xalqaro nomlanishi, tasniflanishi va shu kabi o‘zaro muvofiqlik va
standartlashtirishni talab etuvchi astronomik masalalar yuzasidan qaror va
yechimlar chiqaruvchi eng oliy xalqaro tashkilot sifatida tan olingan.
XAI dastavval, 1887 yilda «Osmon Xaritasi» loyihasi yuzasidan,
koinotning fototasvirlarini qayta ishlash a yulduzlar xaritasini tayyorlash ishlari
jarayonida faoliyat olib borgan fotografik astronomiya hay’ati asosida
shakllangan. Rasman esa, 1919 yilda Belgiyaning Bryussel shahrida ta’sis
etilgan. XAI – a’zo davlatlar (turli xil astronomik akademiyalar hamda, tegishli muassasalar timsolida) hamda,
mustaqil professional astronom olimlar ishtirokida faoliyat yuritadi. Ittifoqqa 73 ta a’zo davlat va 10886 nafar
mustaqil astronomlar a’zo. Ittifoq idorasi tarkibiga «Astronomik telegrammalar markaziy idorasi» va «Kichik
sayyoralar markazi» faoliyat yuritadi. Bu tashkilotlar Smitson astrofizika rasadxonasida joylashgan. Ittifoq
tarkibida shuningdek 50 dan ortiq muvofiqlashtiruvchi kengashlar va Ijroiya Qo‘mitasi mavjud. Ittifoqning
joriy va tashkiliy ishlari, ishchi guruhlar va ishchi hay’at tomonidan yuritib boriladi. XAI har 3-4 yilda (faqat,
1939-1945 yillardagi, II-jahon urushi davrida assambleya chaqirilmagan), a’zo davlatlardan birining hududida
Bosh Assambleyaga yig‘iladi va astronomiyaning dolzarb masalalari yuzasidan olib borilayotgan ishlar
bo‘yicha hisobotlar, xulosa, qaror va yechimlar berib boradi. Shuningdek XAI, rivojlanayotgan va qoloq
mamlakatlar uchun astronomiya sohasida ilmiy va amaliy ko‘mak berib kelmoqda.
XAI, o‘zi kabi turdosh fanlar ittifoqlari bilan birgalikda, Xalqaro Ilm-Fan kengashi (Parij) tarkibiga
kiradi.
Shu davrgacha XAI 28 marta Bosh Assambleyaga yig‘ilgan (
jadval
):
XAIning bosh assambleyalarida qabul qilgan eng
muhim qarorlari:
1.
1922 yildagi I bosh assambleyada 88 ta yangi
yulduz turkumlari chegaralari belgilandi va qator
eski tizimdagi yulduz turkumlari chegaralari
soddalashtirildi. Yulduz turkumlarining yakuniy
chegaralari 1928 yilda uzil-kesil tasdiqlandi.
2.
1930 yilda XAIning qarori bilan Pluton sayyora
sifatida tan olindi.
3.
1958
yilgi
X
Bosh
Assambleyada
eski
koordinatalar tizimi o‘rniga yangicha – «Galaktik
koordinatalar tizimi» joriy etildi.
4.
2006 yildagi XXVI Bosh Assambleya sayyora va
karlik sayyora tushunchalariga ta’rif berdi va
uning qarori bilan, Pluton sayyoralar safidan
chiqarilib, karlik sayyoralar safiga kiritildi.
5.
2008 yil, 11 iyun kuni XAI, fanga yangi tushuncha
«
Plutoid
» ni joriy qildi.
6.
2009 yil Xalqaro Astronomiya yili deb e’lon
qilindi.
Assambleya
Yil
Mezbon
I
1922
Rim, Italiya
II
1925
Kembridj, Angliya
III
1928
Leyden, Gollandiya
IV
1932
Kembridj, AQSH
V
1938
Parij, Fransiya
VI
1938
Stokgolm, Shvetsiya
VII
1948
Syurix, Shveytsariya
VIII
1952
Rim, Italiya
IX
1955
Dublin, Irlandiya
X
1958
Moskva, SSSR
XI
1961
Berkli, AQSH
XII
1964
Gamburg, Germaniya
XIII
1967
Praga, Chexoslovakiya
XIV
1970
Brayton, Angliya
XV
1973
Sidney, Avstraliya
XVI
1976
Grenobl, Fransiya
XVII
1979
Monreal, Kanada
XVIII
1982
Patras, Gretsiya
XIX
1985
Dehli, Hindiston
XX
1988
Baltimor, AQSH
XXI
1991
Buenos-Ayres, Argentina
XXII
1994
Gaaga, Gollandiya
XXIII
1997
Kioto, Yaponiya
XXIV
2000
Manchester, Angliya
XXV
2003
Sidney, Avstraliya
XXVI
2006
Praga, Chexiya
XXVII
2009
Rio-de-Jeneyro, Braziliya
XXVIII
2012
Pekin, Xitoy
XXIX
2015
Gonolulu, Gavayi, AQSH
Do'stlaringiz bilan baham: