Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
83
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Yuriy
Alekseevich Gagarin
Yuriy Alekseevich Gagarin 1938 yilning 9-mart kuni, Rossiyaning G‘arbiy
viloyati (hozirgi Smolensk), Gjat tumanidagi Klushino qishlog‘ida tug‘ilgan. Rus
harbiy uchuvchisi, fazogir. Insoniyat tarixida koinotga parvoz qilgan eng birinchi
shaxs.
Gararinning otasi Aleksey Gagarin duradgor, onasi Anna Matveyeva esa, sut
fermasida ishlagan. Yuriy Gagarin boshlang‘ich ta’limni dastlab, 1941 yilning 1-
sentyabrida, Klushino qishlog‘idagi o‘rta maktabda boshlagan. Biroq 6-oktyabrga
kelib Gagarin yashayotgan qishloqni nemis – fashistlar armiyasi bosib oladi barcha
soha singari, maktab faoliyati ham to‘xtatiladi. 1943
yilda qishloq ozod etilgach,
Gagarin yana o‘qishni davom ettiradi. U 1949 yilda Gjat o‘rta maktabining 6-sinfini
tugallab, Lyubertsk hunarmandchilik bilim yurtiga o‘qishga kiradi va uni 1951 yilda
metall quyuvchi va shakl beruvchi mutaxassis sifatdia a’loga tamomlaydi. 1951
yilning o‘zida u Saratov sanoat texnikumiga o‘qishga kiradi. 1954 yilning 25–oktyabrida esa, u Saratov
aeroklubiga a’zo bo‘ladi. U mazkur aeroklubda yuksak natijalarga erishadi va o‘zining ilk mustaqil parvozini
YaK-18 samolyotida amalga oshiradi. Gagarin Saratov aeroklubini ham a’loga tamomlagan. U, umumiy
hisobda 42 soat va 23 daqiqa parvoz qilib, jami 196 marta havoga ko‘tarilgan.
1955 yilda Yuriy Gagarin harbiy xizmatga chaqiriladi va u 1955-1957
yillarda harbiy qiruvchi
uchuvchi sifatida xizmat o‘taydi. 1955 yilning 27 oktyabrida Yuriy Gagarin, Orenburg (o‘sha vaqtdagi nomi
Chkalov) shahriga, 1-sonli harbiy aviatsiya uchuvchilari bilim yurtiga yo‘llanadi. 1957 yilning 25 oktyabrida
Gagarin mazkur bilim yurtini ham a’loga tamomlab, Murmansk yaqinidagi, Shimoliy flotga tegishli bo‘lgan
169-qiruvchi aviatsiya polkining 122-qiruvchi aviatsiya diviziyasida harbiy xizmat o‘tashni boshlaydi. Shu
yili Gagarin, Valentina Gorycheva bilan turmush quradi. Ular ikki nafar qiz farzand ko‘rishgan.
O‘sha vaqtlarda, koinotga insonning uchirilishi borasida ish olib borayotgan ilmiy – texnik guruh
rahbari, akademik Korolyov boshchiligida, koinotga parvoz qilishi kerak bo‘lgan nomzodlarning aynan harbiy
uchuvchilar safidan saralab olinishi kerakligini taklif qilgan edi. Uning taklifiga binoan, avvaliga 20 nafar,
keyin esa 6 nafar saralab olingan harbiy uchuvchilar orasidan, koinotga ilk parvoz uchun yakuniy nomzodlar
sifatida 3 nafar harbiy uchuvchi – Yuriy Gagarin, German Titov va Grigoriy Nelyubov tanlab olingan edi.
Hukumat, mudofaa vazirligi va Korolyov ilmiy guruhu vakillari o‘rtasida tor doirada o‘tkazilgan so‘nggi
maslahatlashuvdan keyin, birinchi kosmik parvoz uchun aynan Yuriy Gagarinning nomzodi tasdiqlandi.
German Titov esa unga zahira varianti sifatida belgilandi.
Parvozdan asosiy maqsad, Korolyovning o‘zi
tasdiqlagan rejaga ko‘ra quyidagicha bo‘lgan: «Yerdan 180-230 km balandlikda yer atrofini 1 soat 30 daqiqa
mobaynida bir marta aylanib chiqish. Parvozdan maqsad, insoning maxsus jihozlangan kemada, kosmosda
bo‘la olishini tekshirish, kosmik kemadagi uskunalarning parvoz vaqtidagi holatini tekshirish, kosmik kema
va Yer o‘rtasidagi
aloqani tekshirish, fazogir va fazo kemasining qo‘nish uskunalarining ishonchliligiga
ishonch hosil qilish».
1961 yilning 12-aprel kuni, tonggi soat 09:07 da, Qozog‘istonning
Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan, Yuriy Alekseevich Gagarin «
Vostok-1
» fazo
kemasida koinotga parvoz qildi. Gagarinning chaqirish taxallusi «Kedr» bo‘lgan.
Start! Buyrug‘i
berilishi bilan, Gagarin o‘zining mashhur iborasi «Poexali!»
(«Ketdik!») bilan hitob qilgan edi.
Orbitaga chiqib olgach, Gagarin eng oddiy tajribalarni o‘tkazdi: yedi, ichdi,
yon daftarga qaydlar qoldirdi. U o‘zi xis qilayotgan barcha narsa haqida bort
magnitofoniga yozib bordi. Yer atrofida to‘liq bir marta aylanib chiqqach,
parvozning 108-daqiqasida (soat 10:55:34 da) Gagarin, o‘z
fazo kemasini Yerga
qaytib qo‘ndirishga kirishdi. Biroq, qo‘nish reja bo‘yicha Stalingraddan 110 km
(hozirgi Volgograd) masofada emas, balki, unga qo‘shni bo‘lgan Saratov
viloyatidagi Smelovka qishlog‘i yaqiniga to‘g‘ri keldi.
Yaqin oradagi harbiy
qismning zenit-raketa kompleksi xizmatchilari Gagarinning parashyutda tushib
kelayotganligini birinchi bo‘lib payqashdi. Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga
oshganidan so‘ng, qo‘nish joyiga harbiy diviziya xizmatchilari yetb kelishdi va birinchi fazogir insonni harbiy
qismga olib ketishdi. O‘sha yerdan tuurib, Yuriy Gagarin, berilgan topshiriqning muvaffaqiyatli bajarilgani
Do'stlaringiz bilan baham: