Astronomiyadan ma’lumotnomalar



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/96
Sana30.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#519471
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96
Bog'liq
1. Astronomiyadan ma\'lumotnomalar

Mixail Lomonosov
 
Iogann Kepler
 
Keplerning ikkinchi qonuni. Ellipsdagi 
bo‘yalgan hududlarning yuzasi teng va 
ulardagi yoy masofasini sayyora bir 
vaqtda bosib o‘tadi.
 


Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
83
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Yuriy Alekseevich Gagarin
Yuriy Alekseevich Gagarin 1938 yilning 9-mart kuni, Rossiyaning G‘arbiy 
viloyati (hozirgi Smolensk), Gjat tumanidagi Klushino qishlog‘ida tug‘ilgan. Rus 
harbiy uchuvchisi, fazogir. Insoniyat tarixida koinotga parvoz qilgan eng birinchi 
shaxs.
Gararinning otasi Aleksey Gagarin duradgor, onasi Anna Matveyeva esa, sut 
fermasida ishlagan. Yuriy Gagarin boshlang‘ich ta’limni dastlab, 1941 yilning 1-
sentyabrida, Klushino qishlog‘idagi o‘rta maktabda boshlagan. Biroq 6-oktyabrga 
kelib Gagarin yashayotgan qishloqni nemis – fashistlar armiyasi bosib oladi barcha 
soha singari, maktab faoliyati ham to‘xtatiladi. 1943 yilda qishloq ozod etilgach, 
Gagarin yana o‘qishni davom ettiradi. U 1949 yilda Gjat o‘rta maktabining 6-sinfini 
tugallab, Lyubertsk hunarmandchilik bilim yurtiga o‘qishga kiradi va uni 1951 yilda 
metall quyuvchi va shakl beruvchi mutaxassis sifatdia a’loga tamomlaydi. 1951 
yilning o‘zida u Saratov sanoat texnikumiga o‘qishga kiradi. 1954 yilning 25–oktyabrida esa, u Saratov 
aeroklubiga a’zo bo‘ladi. U mazkur aeroklubda yuksak natijalarga erishadi va o‘zining ilk mustaqil parvozini 
YaK-18 samolyotida amalga oshiradi. Gagarin Saratov aeroklubini ham a’loga tamomlagan. U, umumiy 
hisobda 42 soat va 23 daqiqa parvoz qilib, jami 196 marta havoga ko‘tarilgan.
1955 yilda Yuriy Gagarin harbiy xizmatga chaqiriladi va u 1955-1957 yillarda harbiy qiruvchi 
uchuvchi sifatida xizmat o‘taydi. 1955 yilning 27 oktyabrida Yuriy Gagarin, Orenburg (o‘sha vaqtdagi nomi 
Chkalov) shahriga, 1-sonli harbiy aviatsiya uchuvchilari bilim yurtiga yo‘llanadi. 1957 yilning 25 oktyabrida 
Gagarin mazkur bilim yurtini ham a’loga tamomlab, Murmansk yaqinidagi, Shimoliy flotga tegishli bo‘lgan 
169-qiruvchi aviatsiya polkining 122-qiruvchi aviatsiya diviziyasida harbiy xizmat o‘tashni boshlaydi. Shu 
yili Gagarin, Valentina Gorycheva bilan turmush quradi. Ular ikki nafar qiz farzand ko‘rishgan.
O‘sha vaqtlarda, koinotga insonning uchirilishi borasida ish olib borayotgan ilmiy – texnik guruh 
rahbari, akademik Korolyov boshchiligida, koinotga parvoz qilishi kerak bo‘lgan nomzodlarning aynan harbiy 
uchuvchilar safidan saralab olinishi kerakligini taklif qilgan edi. Uning taklifiga binoan, avvaliga 20 nafar, 
keyin esa 6 nafar saralab olingan harbiy uchuvchilar orasidan, koinotga ilk parvoz uchun yakuniy nomzodlar 
sifatida 3 nafar harbiy uchuvchi – Yuriy Gagarin, German Titov va Grigoriy Nelyubov tanlab olingan edi. 
Hukumat, mudofaa vazirligi va Korolyov ilmiy guruhu vakillari o‘rtasida tor doirada o‘tkazilgan so‘nggi 
maslahatlashuvdan keyin, birinchi kosmik parvoz uchun aynan Yuriy Gagarinning nomzodi tasdiqlandi. 
German Titov esa unga zahira varianti sifatida belgilandi. Parvozdan asosiy maqsad, Korolyovning o‘zi 
tasdiqlagan rejaga ko‘ra quyidagicha bo‘lgan: «Yerdan 180-230 km balandlikda yer atrofini 1 soat 30 daqiqa 
mobaynida bir marta aylanib chiqish. Parvozdan maqsad, insoning maxsus jihozlangan kemada, kosmosda 
bo‘la olishini tekshirish, kosmik kemadagi uskunalarning parvoz vaqtidagi holatini tekshirish, kosmik kema 
va Yer o‘rtasidagi aloqani tekshirish, fazogir va fazo kemasining qo‘nish uskunalarining ishonchliligiga 
ishonch hosil qilish». 
1961 yilning 12-aprel kuni, tonggi soat 09:07 da, Qozog‘istonning 
Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan, Yuriy Alekseevich Gagarin «
Vostok-1
» fazo 
kemasida koinotga parvoz qildi. Gagarinning chaqirish taxallusi «Kedr» bo‘lgan. 
Start! Buyrug‘i berilishi bilan, Gagarin o‘zining mashhur iborasi «Poexali!» 
(«Ketdik!») bilan hitob qilgan edi.
Orbitaga chiqib olgach, Gagarin eng oddiy tajribalarni o‘tkazdi: yedi, ichdi, 
yon daftarga qaydlar qoldirdi. U o‘zi xis qilayotgan barcha narsa haqida bort 
magnitofoniga yozib bordi. Yer atrofida to‘liq bir marta aylanib chiqqach, 
parvozning 108-daqiqasida (soat 10:55:34 da) Gagarin, o‘z fazo kemasini Yerga 
qaytib qo‘ndirishga kirishdi. Biroq, qo‘nish reja bo‘yicha Stalingraddan 110 km 
(hozirgi Volgograd) masofada emas, balki, unga qo‘shni bo‘lgan Saratov 
viloyatidagi Smelovka qishlog‘i yaqiniga to‘g‘ri keldi. Yaqin oradagi harbiy 
qismning zenit-raketa kompleksi xizmatchilari Gagarinning parashyutda tushib 
kelayotganligini birinchi bo‘lib payqashdi. Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga 
oshganidan so‘ng, qo‘nish joyiga harbiy diviziya xizmatchilari yetb kelishdi va birinchi fazogir insonni harbiy 
qismga olib ketishdi. O‘sha yerdan tuurib, Yuriy Gagarin, berilgan topshiriqning muvaffaqiyatli bajarilgani 

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish