Astronomiyadan ma’lumotnomalar


Astronomiyadan ma’lumotnomalar



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/96
Sana30.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#519471
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96
Bog'liq
1. Astronomiyadan ma\'lumotnomalar

Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
79
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.


Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
80
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Astronom olimlar va fazogirlar:
Klayd Tombo 
Klayd Tombo 4-fevral, 1906 yilda AQSHning Illinoys shtatida, ijaraga yer 
olib dehqonchilik qiluvchi fermer oilasida tug‘ilgan. 12-yoshidan boshlab 
astronomiya bilan jiddiy qiziqib shug‘ullana boshlagan. O‘rta maktabni 
tugallagach, keyingi ta’limni olish uchun mablag‘i yetmaganligi bois, mustaqil 
shug‘ullanishga majbur bo‘lgan. U o‘zining yasama teleskopida Oy va Marsning 
tasvirlarini olib, Louell rasadxonasiga yuborgan. Rasadxonadagi yuqori malakali 
astronomlarning hayratiga sabab bo‘lgan bu fototasvirlar, o‘zining aniqligi va 
sifati tufayli, Tombo ushbu nufuzli rasadxonaga ishga taklif etilgan. Aynan Louell 
rasadxonasida, 1930 yilning 18 fevral kuni, Klayd Tombo o‘zining eng 
olamshumul kashfiyoti – 
Pluton
 sayyorasini kashf qildi. Shuningdek u, Plutonni 
qidirish ishlari mobaynida, yangi kometa va yuzlab ilgari fanga noma’lum bo‘lgan 
asteroidlarni ham ochdi. Tombo 1932 yilda Kanzas universitetiga o‘qishga kirib, 
1936 yilda bakalavr diplomiga ega bo‘ldi. U 1943 yilgacha Louell rasadxonasida 
ishladi. 1943-45 yillarda esa, Arizona kollejida, 1945-46 yillarda esa Kaliforniya 
universitetida dars berdi. 1946 yildan boshlab Las-Krus laboratoriyasida, 1955 yildan boshlab esa, Nyu-
Meksiko universitetida ishladi. 1965-yilda Nyu-Meksiko universiteti professori, 1973 yildan esa faxriy 
professor unvonlariga ega bo‘ldi. Klayd Tombo Plutonni ochganligi uchun maxsus medal (
Uilyam Gershel
 
tasviri tushirilgan) va Buyuk Britaniya Qirollik ilmiy jamiyatining Astronomiya uyushmasi tomonidan 
maxsus oltin medal bilan taqdirlangan. Tombo 1934 yilda Patrisiya Edisonga uylangan va umrining oxirigacha 
o‘z oilasiga sodiq yashagan. U o‘zidan bir o‘g‘il, bir qiz qoldirgan. Klayd Tombo 1997 yilda Nyu-Meksiko 
shtatidagi, Las-Kruses shahrida olamdan ko‘z yumgan. Tomboga oid qiziq ma’lumot: o‘rta maktabni bitiruv 
oqshomida, sinfdoshlari u haqida dastxat-esdaliklar kitobiga «U yangi olamlarni kashf etadi» degan qaydni 
qoldirishgan ekan.
Juzeppe Piatssi 
Juzeppe Piatssi (italyancha: Giuseppe Piazzi) 1746 yilning 16 iyulida 
Italiyaning Ponte-Valentina shahrida tug‘ilgan. Rim va Turin shaharlarida ilohiyot 
va falsafadan ta’lim olgan. 1764 yilda Teatin ordeniga (Milan) a’zo bo‘lgan. 1780 
yildan boshlab Sitsiliyada yashay boshlagan va o‘zini butunlay astronomiyaga 
bag‘ishlagan. Shu yilning o‘zida u Palermo universitetida matematika professori 
unvoniga sazovor bo‘ldi. 1787-1788 yillarda London va Parij shaharlariga ilmiy – 
ijodiy safar uyushtirib, u yerdagi rasadxonalarning ish jarayoni bilan tanishdi. 
Vataniga qaytgach, Piatssi, Palermo universiteti qoshida rasadxona tashkil etish 
tashabbusi bilan chiqdi. uning taklifi va loyihasiga ko‘ra, gertsog Karamaniko 
moliyalashtirgan rasadxona 1791 yilda qurib bitkazildi. Piatssi o‘zi qurdirgan 
rasadxonaga, umrining oxirigacha rahbarlik qildi. Bir vaqtning o‘zida u, 1817 – 
1826 yillarda u Neapol rasadxonasiga ham rahbarlik qilgan.
Juzeppe Piatssi umri davomida ikki marta yulduzlar katalogini nashr ettirdi. Ulardan birinchisi - 
«Praecipuarum stellarum inerantium positiones mediae ineunte seculo XIX» - 1803 yilda chop etilgan bo‘lib, 
unda 6748 yulduzlarning koordinatalari va boshqa muhim astronomik parametrlarini qamrab olgan edi. Aynan 
shu kitobning qo‘shimcha va tuzatishlar bilan chop etilgan ikkinchi nashri 1814 olam yuzini ko‘rgan bo‘lib, 
unda 7646 ta yulduz haqida ma’lumotlar berilgan. 
Juzeppe Piatssini eng mashhur qilgan kashfiyot bu – 
Mars
va 
Yupiter
orbitalari orasidagi fazoda 
harakatlanuvchi, fanga ilgari noma’lum bo‘lgan osmon jismi – 
Serera
ni ochgani bo‘ldi. Sererani kashf qilgani 
uchun, Piatssi, 1803 yilda Parij fanlar akademiyasining mukofoti bilan taqdirlangan. U shuningdek 1805 yilda 
Peterburg fanlar akademiyasining faxriy a’zosi etib saylangan.
Juzeppe Piatssi sharafiga asteroid (1000)Piatssi va Oydagi kraterlardan biri nomlangan. Piatssi 1826 
yilning 26 iyulida, Nepaolda vafot etgan.

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish