Astronomiyadan ma’lumotnomalar



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/96
Sana30.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#519471
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96
Bog'liq
1. Astronomiyadan ma\'lumotnomalar

Klayd Tombo
 
Juzeppe Piatssi
 


Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
81
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Nikolay Kopernik
1
Nikolay Kopernik (polyakcha: Mikołaj Kopernik) 1473 yilning 19 fevralida 
Polshaning Torun shahrida tug‘ilgan. Uyg‘onish davrining yirik matematik, 
iqtisodchi, kanonik ruhoniysi va astronomi. U fanga, olam tuzilishining 
geliotsentrik nazariyasini taqdim qilish orqali, tarixda ilk ilm-fan inqilobini amalga 
oshirgan.
Kopernik, qadimgi astronom olimlardan qolgan, geotsentrik olam tuzilishi 
haqidagi nazariya haqida mulohaza qilib borib, uning sun’iyligi va o‘ta 
murakkablashtirib yuborilganligini ta’kidladi. Kopernik, 
Quyosh
 
Yer
ning atrofida 
emas, balki aksincha, Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida aylanadi deb 
ta’kidladi. U o‘zining ta’limoti va g‘oyalarini 1543 yilda Nyurnbergda nashr 
etilgan «Osmon jismlarining aylanishi haqida» deb nomlangan risolasida bayon 
etib berdi. U osmon jismlarining barchasining orbitalari umumiy markazga ega 
ekanligi va bu markaz – Quyosh bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. U, Yer olamning markazi emas, u faqat 
Oy
 
orbitasining markazi va Yer-Oy massalar markazi bo‘lishi, Quyosh va Yer orasidagi masofa, yulduzlargacha 
bo‘lgan masofadan juda kichik ekanligini ochib berdi. Bu fikrlar, o‘sha vaqtlarda hukmron bo‘lgan olam 
tuzilishini geotsentrik nazariyasiga mutlaqo zid edi. Shu tufayli Kopernik ta’limoti, cherkov tomonidan qattiq 
ta’qibga uchragan. Uning asarlari, «Rim ta’qiqlangan kitoblar indeksi»ga kiritilgan. Biroq, vaqt o‘tishi bilan, 
Kopernik ta’limoti to‘liq o‘z isbotini topdi va fa tarixidagi olg‘a tashlangan eng buyuk qadamlarda biriga 
aylandi.
Kopernik 1543 yilning 24-may kuni Fromborkda vafot etgan. Kopernik sharafiga, D.I. Mendeleyev 
kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 112-element «Kopernitsiy» deb nomlangan. Shuningdek, Mars va 
Oydagi kraterlar, 1972-1981 yillarda faoliyat ko‘rsatgan orbital astronomik rasadxona Kopernik nomi bilan 
atalgan.
Galileo Galiley
2
Galileo Galiley (italyancha: Galileo Galilei) 1564 yilning 15 fevralida 
Italiyaning Piza shahrida tug‘ilgan. Buyuk matematik, fizik, astronom va mexanik 
olim. U osmon jismlarini kuzatish uchun tarixda ilk bora teleskopdan foydangdan 
shaxsdir. Ko‘plab astronomik kashfiyotlarni amalga oshirgan. Xususan, 
Yupiter
ning eng yirik dastlabki to‘rtta 
tabiiy yo‘ldoshlari
ni ochgan. U, 
Oy
 ham 
Yer
 
kabi murakkab relyef tuzilishiga ega ekanligini aniqlagan. Shuningdek Galiley, 
Quyosh
dog‘larini ham ilk kuzatgan olimlardan biridir. 
Venera
ning faza 
o‘zgarishlarini, Somon yo‘lining esa, yaxlit obyekt bo‘lmay, balki minglab 
yulduzlardan tashkil topgan ulkan galaktika ekanligini insoniyat dastlab, aynan 
Galiley kuzatishlaridan keyin ma’lum bo‘ldi.
Galileo Galiley astronomiyadan tashqari, mexanika, gidrostatika va optika sohalarida ham samarali 
ilmiy ishlar olib borgan. U yangi zamon fizikasining tamal toshini qo‘ygan olimlardan hisoblanadi. 
Keyinchalik yana ulkan ilmiy kashfiyotlar qilgan yetuk olimlar, xususan Evanjelista Torichelli, Viviani, 
Kastelli, Boriellilar aynan Galileyning shogirdlaridir.
Hayoti davomida, 
Kopernik
ning geliotsentrik nazariyasining eng katta tarafdorlaridan biri bo‘lgan. 
ilmiy qarashlari tufayli bir necha marta cherkov ta’qibiga duchor bo‘lgan. Umrining so‘nggi yillarini, 
inkvizitsiya sudining qaroriga asosan, uy qamog‘ida o‘tkazgan.
Galileo Galiley 1642 yilning 8-yanvarida Archetri (Toskaniya) shahrida vafot etgan. Uning sharafiga 
hozirda, (697)Galileo, Mars va Oyda kraterlar, kosmik zond, geolokatsion sun’iy yo‘ldoshlar tizimlariga 
Galileo nomlari berilgan.
«U baribir aylanadi!» (Eppur si muove) shaklidagi mashhur iborani aynan Galiley, cherkov 
inkvizatsiya sudi, uni o‘z g‘oyalaridan voz kechishga majburlayotganida hitob qilgan.
1
Nikolay Kopernik haqida to‘liq malumotni 
www.Orbita.Uz
 saytidan, 
ushbu havola orqali
 olishingiz mumkin.
2
Galileo Galiley haqida to‘liq malumotni 
www.Orbita.Uz
 saytidan, 
ushbu havola orqali
 olishingiz mumkin.

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish