Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
86
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Nil Armstrong
Nil Oldin Armstrong (inglizcha: Neil Alden Armstrong) 1930 yilning 5
avgustida AQSHning Ogayo shtati, Ualakoneta shahrida tug‘ilgan. AQSH
astronavti, insoniyat tarixida
Oy
ga qadam qo‘ygan birinchi inson, sinovchi-
uchuvchi, kosmik muhandis. Ualakoneta shahridagi o‘rta maktabni 1947 yilda
tamomlagach, shu yilning o‘zida, Indiana shtati, Vest-Lafayet sharidagi Perdyu
universitetining aviatsiya sanoati yo‘nalishiga o‘qishga kiradi. Universitetdagi
o‘qishni, oraliq tanaffuslar bilan, 1955 yilgacha davom ettirgan va yakunda, 1955
yili, aviatsiya texnikasi fanlari bo‘yicha bakalavr diplomini qo‘lga kiritgan.
Shundan so‘ng, u harbiy xizmatga chaqirilgan va AQSH harbiy havo kuchlari
tarkibida, Koreys urushida qatnashgan. Koreys urushidan ikkita oltin yulduz va
«Aviatsiya» medali bilan qaytgach, 1958 yilda, tajribaviy kosmik apparati -
American X-15 da uchish uchun tanlov bo‘yicha, sinovchi-uchuvchilar safiga
kiritildi. Ushbu turkumdagi raketalardagi ilk parvozini 1960 yilda amalga oshirgan Armstrong, 1962 yilga
qadar 7 marta, atmosferaning yuqori qatlamlariga raketa parvozlarini amalga oshirdi. 1962 yilda, raketalardagi
uchishlarning muvaffaqiyatsiz loyiha ekanligini ta’kidlagan holda loyihani tark etdi va NASAning koinotga
uchish uchun olib borayotgan fazogirlar tanloviga ishtirok etish uchun hujjat topshirdi. Shu yili Armstrongni,
kosmik parvozlar uchun tayyorlanuvchi kosmonavtlar ro‘yxatining 2-guruhiga qabul qilishdi. Nil Armstrong
NASAdagi ilk kosmik parvozini, 1966 yilida, «Ajena-8» fazoviy kemasida amalga oshirdi. Biroq, parvoz,
fazo kemasining yo‘nalish belgilovchi tizimlarida kelib chiqqan jiddiy nosozliklar tufayli, ekipaj muddatidan
avval yakunlanib, yerga qaytishga majbur bo‘lgan. Ushbu parvoz davomida, Armstrong fazo kemasi kapitani
bo‘lib, ikkinchi uchuvchi – Devid Skott bilan birgalikda, ilk bora ikkita fazo kemalari - «Ajena-8» hamda,
uchuvchisiz «Jemini» apparatlarining o‘zaro tutashtirish operatsiyasini amalga oshirishgan edi.
1969 yilda Nil Armstrong, Oyga parvoz dasturi doirasida,
Apollon-11
Oy kemasining kapitani sifatida,
Yerning tabiiy yo‘ldoshiga kosmik parvozni amalga oshirdi. U, hamkasbi
Bazz Oldrin
bilan birgalikda, Oy
sirtiga yengil qo‘nishni amalga oshirishdi va Apollon-11 dan chiqib, Oy yuzasiga qadam bosishdi. Aynan Nil
Armstrong birinchi bo‘lib Oyga qadam bosgan edi. U Oyga qadam bosishi bilanoq, quyidagi iborani xitob
qilgan; «
Bu bir inson uchun kichik bir qadam, lekin butun insoniyat uchun ulkan sakrashdir
». Nil Armstrong,
sherigi Edvin Oldrin bilan birgalikda, Oy yuzasida 2.5 soat bo‘lib, u joyda, ilmiy asbob uskunalarni o‘rnatish,
ba’zi oddiy tajribalarni o‘tkazish ishlari bilan shug‘ullanishdi va Oyga AQSH bayrog‘ini o‘rnatishdi.
Nil Armstrong 1971 yilda NASAdan ketishga qaror qildi va 1979 yilgacha, Sinsinatti universitetida
dars berdi. So‘ngra u biznes bilan shug‘ullanishga qaror qildi va All Systems, Inc. Firmasini tashkil qildi.
Keyingi faoliyatida mashhur astronavt, Milliy Kosmonavtika Qo‘mitasida ham ish olib bordi. U shuningdek,
1986 yildagi Chellenjer shattlining fojiali halokati yuzasidan tekshiruv komissiyasi tarkibida ham ishladi.
Armstrong, BBC telekanalining, «BBC: Sayyora» loyihasida ham muntazam ishtirok etgan.
Armstrong, harbiy xizmatda ham, sinovchi-uchuvchilik faoliyatida ham, o‘zining doimo xotiram va
o‘ta sovuqqonligi bilan yaqqol ajralib turgani bois, unga «Sovuq kapitan» degan taxallus berilgan ekan. Uning
ikki o‘g‘li va bir qiz farzandi bo‘lgan. Oyga birinchi qadam bosgan inson,
kundalik hayotda doimo kamtarin bo‘lganligini, safdoshlarining qaydlarida ko‘p
uchratish mumkin. U o‘zini, doimo qalam va logarifmik chizg‘ich bilan
yuradigan, termodinamikaning ikkinchi qonuni bilan yashaydigan, izlanuvchan
muhandis sifatida tasavvur qilishini va har doim shunday bo‘lib qolishini ta’kidlar
edi.
1969 yilda, Oyga parvozdan so‘ng, Prezident Ozodlik medali bilan, 1978
yilda esa, Kosmik medal hamda, Kongress faxri ordeni bilan, 2009 yilda, Oyga
parvozning 40 yilligi munosabati bilan, Kongressning Oltin medali bilan
taqdirlangan. Armstrong sharafiga, «Apollon-11» qo‘ngan joy yaqinidagi Oy
kraterlarining biri, Armstrong krateri deb nomlangan. Shuningdek, asteroidlardan
biri - (6469)Armstrong asteroidi nomlangan.
Nil Oldin Armstrong, 2012 yilning 25-avgustida, 82 yoshida, Ogayo shtati,
Sinsinatti shahrida vafot etdi. Uning xoki, 2012 yilning 14 sentyabr kuni,
Atlantika okeani tubiga dafn etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: