Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
85
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Iogann Bode
Iogann Elert Bode (nemischa: Johann Elert Bode) 1747 yilning 19 yanvarida
Germaniyaning Gamburg shahrida tug‘ilgan. Olmon astronom olimi. Berlin Fanlar
Akademisyasi astronomi lavozimida faoliyat yuritgan. XVII-XIX asrlar astronomlari
orasida mashhur bo‘lgan «Berlin astronomiya solnomasi» asoschisi. 1819 yilda chop
etilgan Bode muallifligidagi astronomik qo‘llanma
1
da 17240
ta yulduzga tasnif
berilganligi bilan nom qozongan. Astronomiyada katta tortishuvlarga sabab bo‘lgan
Titsius-Bode qonuniyati
hammualliflaridan biri. 1774 yilda,
keyinchalik uning
sharafiga «Bode galaktikasi» nomi bilan atalgan M81 galaktikasini kashf qilgan.
Uilyam Gershel
yangi, 7-chi sayyorani kashf qilgach, unga «
Uran
» nomini berishni
aynan Bode taklif qilgan edi. Iogann Elert Bode 1789 yildan boshlab London Qirollik
Ilmiy Jamiyati faxriy a’zosi etib saylangan.
Iogann Bode 1826 yilning 23-noyabrida Berlinda vafot etgan. Uning
sharafiga, 1923 yilda kashf etilgan asteroid 998(Bode) hamda, Oydagi krater Bode nomi bilan atalagan.
Jerard Koyper
Jerard Piter Koyper (gollandcha: Gerrit Pieter Kuiper) 1905 yilning 7
dekabrida, Gollandiyaning Xerankarspel shahrida tug‘ilgan.
Goland va Amerika
astronom olimi. 1933-1935 yillarda Garvard universitetida ishlagan. 1948 yilda
Uranning tabiiy yo‘ldoshi
– Mirandani va 1949 yilda,
Neptunning tabiiy yo‘ldoshi
–
Nereidani kashf qilgan. Shuningdek,
Mars
atmosferasida CO
2
mavjudligini, hamda,
Saturn yo‘ldoshi
– Titan o‘z atmosferasiga ega ekanligini aniqlagan.
Oy
ning bir
necha mufassal atlaslarining muallifi. Ko‘plab oq karliklar va qo‘shyulduzlarni kashf
etgan.
Neptun
orbitasidan tashqarida joylashgan kichik
osmon jismlaridan iborat
obyektlar egallagan astronomik hudud «
Koyper belbog‘i
» uning nomi bilan atalgan.
Jerard Koyper 1973 yilning 23-dekabrida Mexiko shahrida vafot etgan.
Koyepr sharafiga, asteroid 1776(Koyper), Oy,
Mars va
Merkuriy
dagi
kraterlar uning nomi bilan ataladi. Shuningdek Amerika Astronomiya Jamiyati,
uning nomi bilan, ilmiy
mukofot ta’sis etgan.
Iogann
Daniel Titsius
Iogann Daniel Titsius (nemischa: Johann Daniel Titius) 1796 yilning 2
yanvarida Sharqiy Prussiyaning Kyonits shahrida tug‘ilgan. Olmon fizigi,
matematik va astronom olimi. Leyptsig va Vittenberg
universitetlarida faoliyat
yuritgan.
Quyosh tizmi
dagi
sayyoralar
ning
Quyosh
atrofida aylanish
orbitalarining o‘zaro masofasining qonuniyatlarini ifodalashni ko‘zda tutadigan
empirik qoidani keltirib chiqargan.
Keyinchalik bu qoida,
Titsius-Bode
qonuniyati
nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. 32 ta ilmiy qo‘llanma va
asarlarning muallifi, 10 ga yaqin ilmiy asarlarni turli tillardan o‘zaro o‘girib,
nashr ettirgan.
Iogann Daniel Titsius 1796 yilning 16 dekabrida Vittenbergda vafot etgan.
1
«Uranographia sive astrorum descriptio» - Berlin, 1819.
Do'stlaringiz bilan baham: