Astronomiyadan ma’lumotnomalar


Astronomiyadan ma’lumotnomalar



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/96
Sana30.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#519471
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96
Bog'liq
1. Astronomiyadan ma\'lumotnomalar

Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
70
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
sharsimon to‘dalarga nisbatan koinotda ko‘proq tarqalgan. Ulardan eng taniqlilari – pleyada va giada yulduz 
to‘dasidir. Bunday to‘dalar quyoshga ancha yaqin masofalarda joylashgan. Masalan, giyada to‘dasiga 
quyoshdan masofa 40 parsekni tashkil qiladi.
Yulduz assotsiatsiyalari esa nisbatan yosh yulduzlardan iborat bo‘lib, boshqa yulduz to‘dalaridan o‘z 
o‘lchamlariga ko‘ra farq qiladi. Assotsiatsiya yulduz to‘dalari odatda molekulyar gaz bilan bog‘langan 
bo‘ladi.
Umuman olganda bizning galaktikamiz – Somon Yo‘lida 200 milliarddan ortiq yulduzlar mavjud. Yer 
sharining har ikkala (janubiy va shimoliy) yarim sharlarida kuchli teleskoplardan qaraganda shunchalik ko‘p 
yulduzlar ko‘rinadiki, ularga nom berishdan ma’no qolmaydi. Olimlaring fikricha, hozirgacha tuzilgan 
yulduzlar kataloglarida, galaktikamizdagi yuolduzlarning atiga 0.1% qismi kiritilgan ekan xolos. Teleksopda 
kuzatiladigan yulduzlar soni hozirgacha sanalgan ham nomlangan ham emas.
Shunga qaramay, qorong‘u osmonda, teleskopsiz ham oddiy ko‘z bilan ko‘rinadigan yulduzlar va 
yulduz turkumlarining eng ravshan va kattalari, qadimdanoq har bir xalqlarda o‘ziga xos nomga ega bo‘lgan. 
Masalan o‘zbek xalqida ham, katta ayiq, qutb yulduzi, sarv, oqqush va ho kazo. 
Uranometria asarida mashhur olmon astronomi Bayer (1572–1625) yulduz turkumlaridagi 
yulduzlarning ravshanligining kamayib borishi tartibida, yunon alifbosi bilan belgilashni joriy qilgan edi. 
Masalan, α bilan belgilangan yulduz, o‘z yulduz turkimining eng yorqin yulduzi, β-esa undan keyingi 
yorqinlikka ega yulduzdir. Masalan, Quyoshga eng yaqin bo‘lgan Sirius yulduzini α–Canis Majoris (katta 
itning α–si) yoki qisqartirib α–CMa deb belgilagan. Bayer Yunon harflari yetmay qolgan o‘rinlarda Bayer 
lotin harflaridan foydalanishni boshlagan. Bayerning o‘zi, o‘zi joriy etgan belgilash usulidan ko‘p marta 
istisnolar bilan, doim ham foydalanmagan. Biroq uning usuli keyingi davr astronomlari uchun yaxshi 
qo‘llanma bo‘li qoldi.
Shuningdek ingliz qirollik astronomi Jon Flemstid (1646–1719) yulduzlarning yarqirashiga bog‘liq 
bo‘lmagan tasniflash usulini joriy etdi. Uning usulida yulduz turkumidagi yulduzlar, meridianni kesib o‘tish 
taribida raqamlab belgilangan. Masalan Arktur yulduzi (u α-Volopas) 16-Bootes kabi belgilangan.
Ba’zi yulduzlarga, ularning xususiyatlarini ilk marta bayon qilib bergan astronomlarning nomi 
berilgan, masalan, Barnard yulduzi AQShlik astronom E.Barnard (1857–1923) sharafiga, Kapteyn yulduzi 
esa, golland astronomi Ya.Kapteyn (1851–1922) sharafiga nomlangan.
Zamonaviy yulduz haritalari va kataloglarida asosan yulduzlarning qadimiy nomlari va Bayer 
usulidagi belgilanishlari keltiriladi. Quyidagi jadvalda eng taniqli yulduzlarning qisqacha bayoni keltirilgan: 
№ 
Belgilanishi 
Nomi 
Yulduz 
turkumi 
Ko‘rinadigan 
yulduz 
kattaligi 
Yergacha bo‘lgan 
masofasi 
(yorug‘lik yili) 
Izoh 


Quyosh 
−26,72 
8,32 ± 0,16 
Yorug‘lik daqiqasi 
Quyosh tizimi markazi 

Sentavr α
С
Sentavr 
proksima 
Sentavr 
+11,09 
4,225 
Quyoshga 
eng 
yaqin 
yulduz. 

Katta itning α-si 
Sirius
Katta ayiq −1,43 
8,58 
Ko‘z bilan ko‘rinadigan eng 
yorqin yulduz. 

Kichik ayiqning 
α-si 
Qutb 
yulduzi 
Kichik 
ayiq 
+1,97 
431,4 
O‘ta muhim navigatsin 
yulduz, shimolni ko‘rsatadi. 

Kilning η-si 

Kil 
+6,21 
7000—8000 
Gipergigant. Eng yorqin 
yulduzlardan 
biri, 
quyoshdan taxminan 5 mln 
marta yorqinroq. 

Chayon α-si 
Antares 
Chayon 
+1,06 
604 
Yerga eng yaqin va eng 
yirik yulduzlardan biri. 

HIP 87937 
Barnard 
yulduzi 
Ilon 
eltuvchi 
+9,53 
5,963 
Eng katta tezlikka ega 
yulduz 

PSR B1919+21 
— 
Tulkicha

2283,12 
Eng 
birinchi 
bo‘li 
aniqlangan pulsar (1967 yil) 



Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish