- 224 -
1. Bemor ut pufagida operatsiya kilingandan sung ichak atoniyasi kuzatildi.
Surgi
vositalar kullanganda, barcha chora tadbirlar kullanilganda xech kanday
uzgarish bulmadi. Buni xisobga olgan xolda, shifokor bemorga in'eksion
preparat
tavsiya kildi, shundan sung ichak uz funksiyasini tikladi. Bemorga
kaysi dori vositasi yuborilgan edi?Uning ta'sir mexanizmini tushuntiring.
Javob.Bemorga operatsiyadan sunggi ichak atoniyasida prozerin
(antixolinesteraza vositasi)
yuborilgan edi, bu vosita sillik mushak tonusini
oshirish xususiyatiga ega.
2. Ensefalit bilan kasallangandan sung xarakatlanish buzilgan bemorga oksazil
(antixolinesteraza vositasi) kullanilgan. Dori vositasi kabul kilganda 1,5 soatdan
sung bemor xarakat aktivlashganini sezdi. Xarakat
yanada yaxshilanish uchun
bemor yana bitta tabletka qabul qildi, 2 soatdan so’ng uchinichisini qabul qildi.
Shundan so’ng qorin soxasida kuchli og’riqlar, nafas olish qiyinlashishi, kuchli
terlashlar boshlandi.Paydo bo’lgan zaxarlanishning sababi nima?
Javob.Oksazil – kuchli antixolinesteraz vosita bulib, ta'siri tez boshlanadi
(0,5 – 1,5 soatdan sung) va uzoq davom etadi (5-10 soat). 4 soat ichida ko’p
qabul qilinsa, kumulyasiya bo’lib, zaxarlanish kelib chiqadi.
3. Glaukoma bilan og’rigan bemorlar uzoq muddat davomida pilakarpin ko’z
tomchisini qabul qilgan. Ko’z ichki bosimi normallashgan lekin vaqt o’tishi
davomida kon'yuktivaning ta'sirlanishi, giperemiya, ko’z yoshlanishi yuzaga
keldi.Pilokarpinning maxalliy ta'sirlash xususiyati bo’lmagani
uchun shifokor
taxminicha bu pilakarpinga nisbatan yuqori sezuvchanlikdir.Shuning uchun
shifokor boshqa vositaga almashtirishga qaror qildi.Qanday vositalarga
pilokarpinni almashtirish mumkin?
- 225 -
Javob: pilokarpinni atseklidin, prozerin, fizostigmin, fosfakol vositalari bilan
almashtirish mumkin. Ular M-xolinomimetik
xususiyatga ega bulib, kuz ichi
bosimini tushiradi.
4. Tez yordam shifokoriga bemor quyidagilarga shikoyat qildi: qorinda kuchli
spastik og’riqlar, ko’ngil aynishi va to’xtovsiz qayt qilish, kuniga 20-25 marta
«vabosimon» ich ketish. Ko’zdan kechirishda shifokor quyidagilarga e'tibor
berdi: mioz,
terisi nam, puls sekinlashgan. Qusuk massasi qora tusga kirgan,
najasda esa qon.Surab-surishtirishdan shifokor aniqladiki,
bemor kechqurun
qovirilgan qo’ziqorin yegan. Tashxis qo’yildi: qo’ziqorindan zaxarlanish.
Ulardan qaysi biri aytib o’tilgan zaxarlanish belgilarini beradi?Birinchi yordam.
Javob: «blednaya poganka» bilan zaxarlangan. Birinchi yordam: Atropin
qullash va oshqozonni yuvish.
5. Ftorotanli narkoz paytida bemorda kuchli bradikardiya va yurak tuxtashi
xavfi kuzatildi. Anezteziolog bemorni bu xolatdan
yurak urishini tezlatuvchi
modda yuborib chiqardi.Shifokor qanaka dori yuborgan?
Javob:Shifokor Atropin sulfat preparatini yuborgan.
Do'stlaringiz bilan baham: