93
Xoll va Eru yo‘lga qo‘ygan ushbu arzon alyuminiy olish texnologiyasi, qisqa muddatlar
ichida alyuminiyning tannarxini keskin tushib ketishiga omil bo‘ldi. Yodingizda bo‘lsa, 1850-
yillarda 1 kg alyuminiy uchun 180 AQSH dollari so‘ralganini aytgan edik. Xoll texnologiyasi
bo‘yicha olingan alyuminiyning esa, har bir kilogrammi 60 sentdan sotilgan. Oqibatda,
alyuminiy juda arzon va hammabop metallga aylandi va inson xo‘jalik faoliyatining va
texnikaning ajralmas qismiga aylandi.
Insoniyat qurilish va qurol-aslaha yasash maqsadlarida deyarli 6000
yildan beri turli
metallardan foydalanib kelmoqda. Eng qadimgi sivilizatsiya beshiklarida esa, metalldan
foydalanish tarixi bundan-da qadim. Metallardan foydalanishni o‘rganishguncha, odamlar
tosh, yog‘och va suyaklardan foydalanib kelishgan.
Tosh bilan taqqoslaganda metall qator afzalliklarga ega. Metallarning ko‘plab turlari
toshdan ko‘ra qattiq va pishiqligi hammaga ma’lum. Aytaylik, bir xil o‘lchamda tayyorlangan
metall ustun va tosh ustun o‘zaro solishtirilsa, metall ustun ancha baquvvat bo‘lib chiqadi va
nisbatan kattaroq vazndagi yukni ko‘tarib tura oladi.
Metall qovushqoq va egiluvchan bo‘ladi. To‘satdan beriladigan kuchli zarba metallni
egib-bukib qo‘yishi mumkin. Lekin, aynan o‘sha kuch bilan toshga urilsa,
tosh bardosh
berolmay, parchalanib ketadi.
Boshqa tomondan olib qaralsa, metall ayrim jihatlarga ko‘ra toshga nisbatan
kamchiliklarga ham egadir. Birinchidan, og‘irlik masalasida. Metallarning ko‘pchiligi, toshdan
ko‘ra og‘ir bo‘ladi va bu tashish va ishlov berishdagi noqulayliklarga sabab bo‘ladi. Agar, Misr
ehromlarining ulkan toshlari o‘rniga, xuddi shu hajmdagi po‘lat g‘ishtlar tayyorlab
o‘rnatilganida, bunday metall g‘ishtni o‘z joyiga o‘rnatish uchun hech qanday mexanizm ham,
Misrning barcha aholisining kuchi ham yetmagan bo‘lar edi.
Metall va toshning shunday afzallik jihatlarini o‘z ichiga olgan modda odamlar uchun
ayni muddao edi. Alyuminiy aynan shunday metall bo‘lib chiqqan va juda tez ommalashgan.
Alyuminiyning og‘irligi marmar va granit og‘irligi bilan bir xil bo‘lib, po‘latdan ko‘ra uchdan
ikki qismicha yengildir. 1 sm
3
temir 9 gramm atrofida bo‘ladi. 1 sm
3
alyuminiy esa 3 grammcha
keladi xolos (tosh ham deyarli shunday). Alyuminiy toshdan ko‘ra mustahkamroq, lekin,
po‘latchalik emas. Bir xil qalinlikda tayyorlangan alyuminiy va temir to‘sinlarning yuk
ko‘tarish qobiliyati taqqoslansa, albatta temir to‘sin ko‘proq yukni ko‘tara oladi.
Alyuminiyning mustahkamligini orttirish uchun unga oz miqdorlarda boshqa
metallardan aralashtirish kerak bo‘ladi. Boshqacha aytganda, alyuminiyning qotishmalarini
tayyorlash zarur bo‘ladi. Odatda qotishmalar, o‘z tarkibidagi metallarning alohida olgan holda
ega bo‘lmagan sifatlariga ega bo‘ladi. Metallurgiyada turli maqsadlar uchun foydalanish
mumkin bo‘lgan yuzlab xil metall qotishmalari farqlanadi.
Masalan, 45 kg alyuminiyga 2 kg mis, 200 grammdan magniy va marganes qo‘shib
qotishma tayyorlansa, mutaxassislar
dyural
deb nomlaydigan qotishma hosil bo‘ladi. Albatta,
mustahkamlik borasida dyural qotishmasi temir va uning qotishmalari bilan bellasha olmasa-
da, biroq, ko‘plab texnik va maishiy ehtiyojlar uchun kifoya qiladigan darajadagi
94
mustahkamlikka ega bo‘ladi. Ayniqsa, ishlatilayotgan materialning yengil bo‘lishi muhimroq
bo‘lgan o‘rinlarda, dyural bebaho yechim bo‘ladi. Masalan, mashinasozlik va aviasozlikda
metall konstruksiyasining umumiy vazni o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy
samolyotlar asosan alyuminiy asosida yasaladi.
Shuningdek, poyezdlar, yuk mashinalari, va
qurilish materiallari tayyorlash singari mustahkamlik va yengillik uyg‘unligi talab etiladigan
sohalarda ham, dyural keng qo‘llaniladi.
Alyuminiyning yengil metall ekanligi elektrotexnika sohasi uchun g‘oyat muhimdir.
Alyuminiy – elektr tokini juda yaxshi o‘tkazadi. To‘g‘ri, ayrim boshqa metallar elektr tokini
alyuminiydan ko‘ra yaxshiroq o‘tkazadi. Biroq, ular alyuminiydan ko‘ra ham qimmat, ham
og‘ir bo‘ladi. Xususan, mis simning elektr o‘tkazish qobiliyati alyuminiynikidan ancha yaxshi.
Biroq, bir xil qalinlik va uzunlikdagi mis va alyuminiy simlari olinsa, mis sim deyarli uch
barobar og‘ir bo‘lib chiqadi. Agar og‘irligi va uzunligiga ko‘ra mis sim bilan teng bo‘lgan
alyuminiy sim tayyorlansa, uning qalinligi ancha kattaroq bo‘ladi va u elektr tokini mis simdan
ko‘ra yaxshiroq o‘tkazadi. Boz ustiga,
bunday alyuminiy sim, mis simga qaraganda ancha
arzon ham tushadi. Shu sababli ham uy ichkarisidagi mahalliy elektr simlarini mis simda
tayyorlansa-da, lekin, uzoq masofalarga elektr uzatish liniyalarining simlari albatta
alyuminiydan tayyorlanadi.
Bundan tashqari, alyuminiyning yana bir ajoyib xossasi bor. Alyuminiy – yorug‘likni
akslantirish bo‘yicha ham yaxshi sifat ko‘rsatkichlariga ega. Uning bu xossasidan
teleskoplarining ko‘zgusini yasashda foydalaniladi. Bunda ko‘zguning bir tarafida yupqa
alyuminiy qavati qoplanadi. Aynan ushbu alyuminiy qatlami akslantiruvchi yuzani tashkil
qiladi.
Alyuminiyning temirga nisbatan afzallik jihatlaridan yana biri, uning zanglamasligidir.
Buning sababi shundaki, alyuminiy temirga qaraganda faol element bo‘lib, uning kislorod bilan
reaksiyaga kirishishi tez va juda oson sodir bo‘ladi.
Natijada, alyuminiy metallining sirtini
nihoyatda yupqa va lekin mustahkam alyuminiy oksidi qoplab oladi. Ushbu alyuminiy oksidi
qatlam shu darajada shaffof va yupqa bo‘lgani sababli, biz uni ko‘rmaymiz va sezmaymiz.
Ushbu qatlam havodagi kislorod bilan reaksiyaga kirishmaydi va shu orqali alyuminiyni
keyingi zanglashdan himoya qilib turadi. Shu sababli ham, alyuminiydan tayyorlangan
buyumlar yarqiroq bo‘lib jilvalanadi va havoning ta’siri, hamda, ob-havo injiqliklariga
bardoshli bo‘ladi.
Ushbu alyuminiy oksidi qatlamining chidamliligini yanada oshirish,
pirovardida,
alyuminiy buyumning xizmat muddatini yanada uzaytirish uchun, uni elektr toki
o‘tkazilayotgan eritmaga solib ishlov berish kerak. Bunday tarzda ishlov berilgan alyuminiy
Do'stlaringiz bilan baham: