Koinotning qurilish ashyolari


XI-BOB: ALYUMINIY – OSHXONA ELEMENTI



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XI-BOB: ALYUMINIY – OSHXONA ELEMENTI 
Davriy jadvaldagi barcha kimyoviy 
elementlarni 
ikkita 
noteng 
guruhlarga 
ajratiladi. Birinchi guruh – 80 ta elementni o‘z 
ichiga olgan 
metallar
, hamda qolganlari 
metallmaslar
dir. 
O‘ylaymanki, 
metallar 
qanday ko‘rinishga ega ekanligini va ularning 
asosiy xossalarini sizga qayta eslatishga hojat 
yo‘q.
Agar metallga ishlov berib, uni 
sayqallansa, odatda metall yaltirab, tovlanib, 
jilvalanadigan tusga kiradi.
Metallmas moddalar esa, aksariyat 
hollarda yoki rangsiz, yoki, oq va shunga 
o‘xshash bir xil yaxlit rangga ega bo‘ladi. 
Masalan, sap-sariq oltingugurtni yodga oling.
Metallar issiqlik va elektr tokini o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘ladi. Metallarning bu 
xossasiga ko‘ra, ularni shuningdek 
o‘tkazgich
deb ham yuritiladi. Bu degani, issiqlik va elektr 
tokini, metallar orqali osonlik bilan o‘tkazish va uzatish mumkin deganidir. Yaxshi bilasizki, 
elektr simlari faqat metallardan tayyorlanadi. Avtomobillardagi va uylardagi isitish 
pechlarining radiatorlari ham metalldan yasalgan bo‘ladi.
Metallmaslar esa aksincha, 
dielektrik
bo‘ladi. Ya'ni, metallmaslar orqali issiqlik va 
elektr toki yoki, umuman o‘tmaydi, yoki, o‘tsa ham juda yomon (katta yo‘qotishlar bilan) 
o‘tadi.
Metallarning eng muhim sifatlaridan biri, ularga ishlov berish mumkinligi, 
bolg‘alanuvchanligi, egiluvchanligi hisoblanadi. Bu xossasiga ko‘ra, istalgan metallga shakl 
berib, uni yupqa tunuka (list) ko‘rinishiga keltirish mumkin. Shuningdek, metallar 
qovushqoqlik
xossasiga ham ega bo‘lib, ya'ni, ulardan sim va tolalar tayyorlash mumkin. 
Metallmaslardan esa aytaylik tunuka, yoki, tola olishning imkoni juda-juda qiyin va bu 
jarayonni tasavvur qilish ham mushkul. Birinchi zarbaning o‘ziyoq, metallmaslardan 
tayyorlangan tunukani yana kukunga aylantirib yuboradi. Metallarning egiluvchanlik xossasi 
esa, ularni buklash, egish, qayrish, xullas, har ko‘yga solishga imkon beradi. Lo‘ndasini 
aytganda, metallarning turmushda va texnikada odamzotga qo‘l keladigan xossalari bisyor. 
Shunga ko‘ra, insoniyat uchun, metallarning ahamiyati benazirdir.
Kimyogar mutaxassislar esa, metallar va metallmaslarni, ularga biriktirilgan lotin 
tilidagi xalqaro ilmiy nomi orqali ham farqlaydilar. Albatta, jahon xalqlarining har birida, 
muayyan metallarning mahalliy tildagi muqim o‘rnashib qolgan nomi ham bor. Lekin, 
kimyoda elementlarning lotin tilidagi ilmiy nomi asosiy o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, kimyoviy 


88 
elementlarning metallar guruhiga mansablarining nomlari, lotin tilida asosan «-um» bilan 
yakunlanadi. Metallmaslarniki esa, «-n» bilan tugallanadi.
Ushbu kitobda, shu choqqacha men hikoya qilishga ulgurgan elementlarning nomlariga 
e’tibor qarating. Ulardan o‘n ikkitasi metallmaslardir: gidrogen (vodorod); oksigen (kislorod); 
nitrogen (azot); gelium (geliy); neon, argon, kripton, ksenon, karbon (uglerod); silikon 
(kremniy); xlorin (xlor); fluorin (ftor); bromin (brom); yodin (yod); sulfur (oltingugurt); selen, 
tellurium (tellur); fosforus (fosfor), hamda, arsenikum (mishyak). Ko‘rib turganingizdek, 
ulardan 13 tasining nomi «-n» bilan yakunlanmoqda. Qolgan oltitadan fosforus (fosfor), sulfur 
(oltingugurt) va arsenik (mishyak) elementlarining nomlari, lotin tilida ham, zamonaviy 
nomlash qoidalari amalga kiritilishidan avval shakllangan va kimyogar mutaxassislar orasida 
muqim o‘rnashib qolib bo‘lgan.
Geliy esa, o‘z nomini olgan payda u haqida spektral chizig‘idan boshqa hech narsa 
ma’lum emasdi. Kimyogar Lokyer geliyni metall bo‘lsa kerak deb gumon qilgani uchun, unga 
shunday, ya'ni, «-um» bilan yakunlanadigan lotincha nom birikib qolgan. Agar, uni «gelion» 
deb nomlanganda to‘g‘riroq bo‘lar edi. Lekin, gelium atamasi ham allaqachon ilmiy 
adabiyotlarda mustahkam o‘rnashib qolib bo‘lgan va uni endi o‘zgartirishga juda kech. Bu 
faqat chigalliklar keltirib chiqaradi xolos va hech qanday amaliy naf keltirmaydi. 
Metallmaslardan bo‘lgan faqat ikki element – selen va tellurning lotincha nomlari, metallarniki 
singari «-um» bilan yakunlanadi. Buning boisi shundaki, ushbu ikki elementning ma’lum bir 
allotropik shakllari, ayrim hollarda o‘zini xuddi metallar singari namoyon qiladi va ushbu 
chalg‘ituvchi xossalari tufayli, ular metallar singari lotincha ilmiy nomga ega bo‘lib qolgan.
Davriy jadvalni yaxshi o‘zlashtirgan odam, metallmaslarning jadvalda bir tarafga 
to‘planib olishganiga albatta e’tibor qaratadi. Ular jadvalning yuqori-o‘ng burchagini makon 
tutishgan.
Kitobning bundan keyingi matnida hikoya qilinadigan kimyoviy elementlardan faqat 3 
tasi metallmaslar bo‘lib, ular haqida ham eng oxirida gaplashamiz. Demak, quyida hikoya 
qilinadigan elementning qolgan barchasi metallar guruhiga mansub bo‘lib, men so‘zimni ular 
ichida yerda eng keng tarqalgani haqidagi suhbatdan boshlayman.
Yer qobig‘ida eng keng tarqalgan metall – 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish