Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

alyuminiy
dir. U shuningdek, eng ko‘p 
uchraydigan kimyoviy elementlar ichida ham uchinchi o‘rinda turadi. Alyuminiydan ko‘ra 
ko‘proq uchratish mumkin bo‘lgan kimyoviy elementlar bu – kislorod va kremniy bo‘lib, ular 
metallmaslar turkumiga mansubdirlar. Foiz hisobida oladigan bo‘lsak, yer qobig‘ining 7% dan 
ziyodrog‘ini aynan alyuminiy tashkil qiladi. Alyuminiy ko‘pincha tuproq tarkibidagi 
alyumosilikatlar ko‘rinishida tarqalgan bo‘ladi.
Alyumosilikatlar – alyuminiy, kislorod va kremniyning yana bir, yoki ikkita boshqa 
element bilan birikmasi hisoblanadi. Qizil rangli qimmatbaho toshlar – 
granatlar
ham 
alyumosilikatlarning bir turi hisoblanadi.
Yer yuzida eng ko‘p tarqalgan tosh jinslardan biri – 
granit
dir. Odatda ulkan granit 
jinslari, yana bir boshqa tosh jinslardan bo‘lmish – 
bazalt
qatlamlari ostida joylashadi.


89 
Bazalt ham, granit ham 
vulqon jinslari
hisoblanadi. Ya'ni, ular yuqori harorat va bosim 
ostidagi sharoitlarda, yerning juda chuqur qa’rida shakllangan bo‘ladi. Yer qa’rida yuqori 
haroratda erigan holda mavjud bo‘ladigan jinslar 
magma
deb nomlanadi. Vulqonlar orqali 
shiddat bilan otilib chiqadigan magmani esa, 
lava
deb ataladi. O‘ta qaynoq haroratda otilib 
chiqib, tez sovishi natijasida shishasiman massa hosil qilib qotadigan jinslarni 
obsidian
deb 
yuritiladi. Obsidianning an’anaviy nomi esa – vulqon shishasi bo‘lib, haqiqatan ham, tashqi 
ko‘rinishida shishaga juda o‘xshaydi. Ichida turli gazlarning pufakchalari qolib ketganligi 
sababli g‘ovak massaga aylanib qotgan lava esa, yengilligi sababli suvda cho‘kmay, qalqib 
yuradi va uni 
pemza
deb nomlanadi.
Granit asosan uch xil moddadan: kvarts, dala shpati va slyudadan tarkib topgan bo‘ladi. 
Kvarts bu – kremniyning dioksididir (SiO
2
). 
Dala shpati
va 
slyuda
esa – alyumosilikatlarning 
shakllaridan sanalishadi.
Dala shpatining bir turi – to‘q ko‘k rangli mineral 
lazurit
(
Na
6
Ca
2
(AlSiO
4
)
6
(SO
4
,S,Cl)
2

bo‘lib, kamyob minerallar sirasiga kiradi va yarim qimmatbaho tosh sanaladi. Mutaxassislar 
lazuritni sun’iy yo‘l bilan olishni ham o‘rganib olishgan bo‘lib, bunday sun’iy lazurit 
ultramarin
deyiladi.
Slyudaga esa, yupqa shaffof list ko‘rinishida ishlov berilsa, oyna sifatida qo‘llasa 
bo‘ladigan holga keladi. Oddiy shishadan farqli ravishda, slyudadan tayyorlangan shishadan 
avtomobil oynalari va yuqori haroratlarda ishlovchi obyektlarning ichkarisini kuzatish 
darchalarining oynalarini tayyorlash mumkin. Slyuda oddiy shishadan ko‘ra ancha baland 
haroratlarga ham chidamli bo‘ladi. Shu sababli, masalan, sanoat pechlarning kuzatuv 
oynalarini aynan slyudadan yasaladi. Shuningdek, slyudani maydalab, yangi yil bayramlarida 
qo‘llanadigan xona bezaklari uchun «qor» tayyorlanadi. Bunday «qor» ham tabiiysiga o‘xshab 
oppoq va jilvakor bo‘ladi. Shuningdek u yong‘inga xavfsiz bo‘lgani uchun ham, ancha 
bexavotir bezak hisoblanadi.
Kvarts suv va havo ta’sirida yemirilib, tuproqqa aylanib ketishi mumkin. Xuddi shu 
tarzda, dala shpatidan 
gil tuproq
hosil bo‘ladi. Gil tuproq zarrachalari oddiy tuproqdan ko‘ra 
maydaroq va yopishqoqroq bo‘ladi. Gil tuproq o‘zaro qorishib, g‘ovak massa hosil qiladi. 
Bunday tuproqdan hosil bo‘lgan qatlam suvni va bug‘ni o‘zida yaxshi tutib tura oladi. Shu 
sababli ham gil tuproqli yerlarda unumdorlik biroz bo‘lsa-da yuqoriroq bo‘ladi. Garchi tirik 
organizmlar kremniyga ham, alyuminiyga ham muhtoj bo‘lmasa-da, lekin tuproq unumdorligi 
uchun ushbu elementlar baribir muhim sanaladi (kremniy singari, alyuminiy ham biror bir tirik 
organizmning to‘qimalari tarkibida aniqlanmagan). Temirning birikmalari bilan hamda qum 
bilan aralashtirilgan gil 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish