82
Fosfatlar shuningdek organizmning yumshoq to‘qimalari tarkibida ham mavjud
bo‘ladi. Organizm oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zlashtirayotganida, ulardan olinayotgan
energiya miqdorini maxsus fosfatlar ko‘rinishida to‘playdi va o‘zlashtiradi. Fosfatlarning bu
turi
yuqori kaloriyali fosfatlar
deyiladi. Bunday fosfatlari o‘zida energiyani yaxshi saqlay oladi
va zarur paytda juda oson parchalanib, kerakli energiya miqdorini ajratib chiqaradi. Biz
qachonki qo‘llarimizni siqqanimizda, biror narsani gapirganimizda, suzganimizda va ho kazo,
istalgan harakatni amalga oshirganimizda, ushbu harakat uchun energiyani organizmimiz
aynan yuqori kaloriyali fosfatlarni parchalash hisobiga yetkazib beradi.
Yerda yashovchi tirik organizmlarning barchasi yashashi uchun fosfatlarga ehtiyoj
sezadi. Shu jumladan o‘simliklar ham. O‘simliklarga fosfatlar o‘g‘itlar orqali ta’minlanadi.
Tarkibida eng ko‘p fosfat tutuvchi o‘g‘it bu
superfosfat
(Ca(H
2
PO
4
)
2
·H
2
O) hisoblanadi.
Xabaringiz bo‘lsa, suv ostida parchalanadigan o‘simliklar qoldiqlaridan metan ajralib
chiqadi. xuddi shunga o‘xshab, suv ostidagi parchalanish jarayonida, o‘simliklar tanasida
mavjud bo‘lgan fosfor tufayli
fosfin
(PH
3
) ham ajralib chiqadi. Fosfin juda qo‘lansa hidli,
rangsiz va zaharli gaz bo‘lib, irigan baliq hidini eslatadi. Fosfin oddiy sharoitda ochiq havoda
o‘z-o‘zidan yonadi. Botqoqlik va ko‘lmaklar ko‘p bo‘lgan qalin chakalakzor-o‘rmonlarda
shom g‘ira-shirasiga yaqin va tunda havoda fosfin yonishidan hosil bo‘ladigan juda xira
yog‘duni kuzatish mumkin. O‘rmonlarda yashovchi qadimgi odamlar bunday yorug‘likni
«sharpalar yog‘dusi» deb ishonishgan. Chunki, qorong‘u o‘rmonda adashib qolgan odamlar,
o‘rmonning ichkarisidan ko‘rinayotgan bunday yorug‘likni mash’ala ko‘tarib kelayotgan odam
deb o‘ylashgan va o‘sha tomonga yura boshlashgan. Lekin bu xuddi sahrodagi sarob singari
aldamchi narsa bo‘lib chiqqan. Ko‘pincha odamlar bunday sharpa yorug‘likka aldanib battar
adashib qolishgan va juda achinarli oqibatlarga giriftor bo‘lishgan.
Fosfatlar shuningdek hayvon va parrandalarning go‘ngi tarkibidan ham ko‘p miqdorda
mavjud bo‘ladi. Peru mamlakatining sohil bo‘yida yashovchi millionlab dengiz qushlaridan
qoladigan go‘ngni mahalliy aholi
guano
deb ataydi. Uning tarkibida fosforning juda ko‘pligi
tufayli, qimmatbaho o‘g‘it hisoblanadi.
Tarkibida fosfor tutadigan ayrim gazlar odam va hayvonlarning asab tizimiga salbiy
ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Ularni
Do'stlaringiz bilan baham: