Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

serovodorod
moddasi 
hosil bo‘ladi. Serovodorod – aynigan tuxumga shunday qo‘lansa hid beradigan birikmadir. 
Ya’ni, palag‘da bo‘lgan tuxumning hidi aynan serovodorod tufayli yuzaga keladi.
Hidi o‘ra qo‘lansa va chidab bo‘lmas darajada sassiq bo‘lishiga qaramay, serovodorod 
birmuncha foydali kimyoviy modda sanaladi. U bilan ishlashda oson bo‘lishi uchun 
kimyogarlar serovodorodni suvda eritishadi. Suvda erigan serovodorod boshqa ko‘plab atomlar 
bilan birikishi mumkin va bunday birikish jarayonidan 
sulfidlar
deb ataluvchi alohida turkum 
kimyoviy moddalar hosil bo‘ladi. Sulfidlarning turli xillari mavjud bo‘lib, ularning o‘zini 
tutishi ham turli-tumandir. Ulardan ayrimlari oddiy suvda ham erishi mumkin; boshqalarini 
eritish uchun esa kuchli yoki kuchsiz kislotalar zarur bo‘ladi. Kimyogarlar notanish muayyan 
moddaning nimadan tarkib topganini aniqlash uchun, unga serovodorod bilan ta’sir ko‘rsatib 
ko‘rishadi. Bunda, serovodorod bilan ta’sir ko‘rsatilgach Sulfidlarning o‘zini qanday tutishini 
kuzatiladi. Bu kimyoviy tahlil usullari ichida keng tarqalgan usullardan biri sanaladi.


76 
Serovodorod orqali kimyoviy tahlil usuli ushbu sohadagi eng sodda va oson 
o‘rganiladigan usullardan biri bo‘lgani uchun, kollej va institutlarning kimyo laboratoriyalarida 
odatda ushbu modda hidi anqib turadi.
Albatta, serovodorod zaharli gaz sanaladi va uning salbiy ta’siri is gazinikidan ham 
kuchliroq bo‘ladi. Lekin, serovodorodning juda past konsentratsiyasini ham burun hid sezgilari 
darhol farqlaydi va xona havosini zudlik bilan shamollatish orqali undan tez qutulish mumkin. 
Serovodorodni juda past miqdorini ham inson burni juda tez sezgani bois, ayrim hidsiz 
gazlarning xonada yig‘ilib qolishini va natijada portlash, yoki, yong‘in kelib chiqishini oldini 
olish uchun ataylab ushbu gazdan qo‘shib yuboriladi. Masalan, tabiiy gaz quvurlari orqali 
xonadonlarimizga yetib keladigan metan gazi – CH
4
aslida hidsiz gaz bo‘ladi. Shu sababli, sof 
metanni qanday konsentratsiyada bo‘lmasin, odam burni seza olmaydi. Agar sof metan xonada 
yig‘ilib qolsa, arzimagan uchqundan ham birdaniga alanga oladi va katta yong‘in, yoki, 
portlash kelib chiqishi mumkin. Shunday falokat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida
tabiiy gazni aholiga yetkazib berishdan avval unga ataylab oltingugurt birikmalari, ya’ni, 
merkaptanlar qo‘shiladi. Merkaptan qo‘shilgan gaz hidini esa, u sizib chiqishni boshlagan 
zahotiyoq sezish mumkin.
Oltingugurt insonga naf keltiradigan sohalardan yana biri – rezina ishlab chiqarish 
sohasidir. Qisqa qilib aytganda, oltingugurt bo‘lmasa, rezina ishlab chiqarishning ham imkoni 
yo‘q.
Rezina qatlami qo‘llash orqali kiyim-boshni suv o‘tkazmaydigan qilish g‘oyasini ilk 
bora amaliy sinab ko‘rgan shaxs – Shotlandiyalik chevar Charlz Makintosh bo‘ladi. Hozirgi 
kunda ham, yomg‘ir o‘tkazmaydigan plash kiyimlarini makintosh deyiladi. Suv 
o‘tkazmaydigan va shu sababli, kuchli yomg‘irda ham bemalol kiyib yurish mumkin bo‘lgan 
dastlabki kiyimlar unchalik ham qulay bo‘lmagan. Chunki, issiq haroratda kiyim ustidagi 
rezina qoplamasi yopishqoq bo‘lib qolardi va asabga tegardi. Sovuq haroratda esa rezinali 
kiyim qattiq bo‘lib, dag‘al va qo‘pol buyumga aylanardi.
1839-yilda AQSHlik Charlz Gudir tasodifan, oltingugurt va rezina aralashmasini qizib 
turgan tancha ustiga to‘kib yuboradi. U to‘kilib ketgan mazkur aralashmani sidirib olar ekan, 
rezina avvalgidan ko‘ra yanada elastik bo‘lib qolgani, boz ustiga, hamon o‘zining suv 
shimmaslik xususiyatini saqlab qolganini payqadi. Shu tarzda, Charlz Gudir biz hozirda 
vulkanizatsiya
deb ataydigan jarayonni kashf qilgan edi. 
Oltingugurtni selitraga va uglerodga qo‘shib ishlov berish bilan 
porox
tayyorlanadi. 
Albatta, oltingugurtni qo‘llash sohalari ichida bu eng bo‘lmag‘ur soha bo‘lishi mumkin 
fikrimcha. 
Biz yuqorida oltingugurt dioksidi haqida biroz to‘xtalib o‘tgan edik. U odamga zaharli 
ta’sir ko‘rsatgani bilan, lekin, yaxshigina oqartiruvchi modda ham sanaladi. Xlorning o‘yuvchi 
xossasi zarar keltiradigan o‘rinlarda, oqartirish uchun aynan oltingugurt dioksididan 
foydalaniladi. Oltingugurt dioksidi yordamidan masalan, qo‘y junini, ipaki, poxolni yoki, 
parranda patini tozalash va oqartirish (yuvish) mumkin. Shuningdek, ayrim o‘rinlarda 
oltingugurt dioksidini suyuqlantirish orqali, undan xladagent sifatida ham foydalansa bo‘ladi.


77 
Oltingugurt dioksidi shuningdek qog‘oz sanoatida ham keng qo‘llaniladi. Bilasiz, 
qog‘ozni mayda-mayda qilib parchalangan yog‘och qirindisidan tayyorlanadi. Yog‘ochning 
qog‘oz uchun eng zarur qismi bu uning sellulozasi bo‘ladi. Daraxt sellulozasi, uning tanasini 
tashkil qiluvchi tolalarda jamlangan bo‘lib, ushbu tolalar esa o‘zaro bir-biri bilan 
lignin
moddasi orqali birikkan (yelimlangan) bo‘ladi. Oltingugurt eritmasining suvdagi eritmasi, 
yoki, sulfit yog‘och qirindilari massasiga aralashtirilsa, u o‘sha ligninni eritib yuboradi va 
sellulozani alohida ajratib olish imkonini beradi.
Oltingugurt dioksidi molekulasi o‘ziga uchinchi bir kislorod atomini ham biriktirib 
olishi mumkin. Bu holda endi oltingugurtning 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish