90
yuboriladi va ularning ta’sirida pishiq g‘isht shunday qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusga kiradi. Pishiq
g‘isht – qattiq, mustahkam va olovga bardoshli, uzoq muddat xizmat qiladigan ommabop
qurilish materialidir.
Gilning tarkiban yanada toza turlaridan kulolchilikda
sopol
va
chinni
mahsulotlari
tayyorlanadi. Gilning kulolchilikka to‘g‘ri keladigan shunday turlaridan biri –
kaolin
(
Al
2
O
3
×
2SiO
2
×
2H
2
O
) deb nomlanadi. Kaolin – Xitoycha nom bo‘lib, u «baland tog‘lar» degan
ma’noni bildiradi. Kaolindan tayyorlangan chinni pishiq, yarqiroq va jilvakor bo‘lib, ichi
g‘ovak bo‘lmaydi. Agar kaolinni yaxshilab qizdirilsa, uning yaltiroqligi yo‘qolgach, qattiqligi
yanada ortib,
keramik tosh
hosil bo‘ladi. Agar nisbatan past haroratda pishirilsa, kaolin
g‘ovakligicha qoladi va nisbatan mo‘rt massa hosil bo‘ladi. Bunday massani
fayans
deb ataladi.
Fayansdan santexnika mahsulotlari – qo‘l yuvish jihozlari (rakovina), tuvak (unitaz),
shuningdek keramik plitkalar (kafel) kabilarni tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Yaxshi bilasizki,
bunday mahsulotlar umumlashtirib
kerakmik mahsulotlar
, yoki,
keramika
deb yuritiladi.
Keramik mahsulotlar esa, qadimdan oshxona va uy-ro‘zg‘orning eng asosiy elementlaridan
sanaladi. Aynan keramika orqali alyuminiy oshxonada o‘z o‘rinini topa boshlagan.
Nisbatan chuqurroq qatlamlarda, katta bosim ostida joylashib qolgan gil qatlamlari
asta-sekinlik bilan qo‘yiq zich massa –
slanes
ga aylanadi. Slanes kavlab olinsa, u yupqa va
tekis plastinalarga ajraladigan bo‘ladi. Shimoliy Amerikaning keng tekisliklarida, ayniqsa
AQSH va Kanada hududlarida slaneslar neft bilan qorishgan holatda yastanib yotibdi va
ulardan slanesli neftni ajratib olish orqali, bu davlatlar yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojni qisman
bo‘lsa-da qondirishmoqda.
Alyuminiy oltingugurt, kislorod va boshqa yana qator elementlar bilan birikish orqali,
siz bilan biz
achchiqtosh
deb taniydigan birikmalar hosil qiladi. Achchiqtosh odamlarga juda
qadimdan ma’lum bo‘lib, aynan achchiqtosh nomining lotinchasi bo‘lgan «alyum» so‘zidan
alyuminiyning nomi kelib chiqqan. Achchiqtoshdan qadimda odamlar qon to‘xtatish uchun
foydalanishgan bo‘lib, kichik jarohatlarda, xususan sartaroshxonalarda mijozning yuzini kesib
olganda ustalar achchiqtosh qo‘yish orqali qonni to‘xtatishgan. Shuningdek, achchiqtoshlardan
ichimlik suvni tozalash va tindirish uchun ham foydalanishgan. Agar idishdagi suvga ozgina
achchiqtosh solib qo‘yilsa, suvdagi bakteriyalar va boshqa mayda zarralar, achchiqtosh atrofida
to‘planib qoladi va idish tubiga u bilan birga cho‘kadi. Suv esa, tinib, tozalanib qoladi.
Achchiqtoshning bir turi kimyoda
alyuminiy sulfati
deb nomlanadi va qog‘oz sanoatida
yelim tayyorlash uchun ishlatiladi. Alyuminiy sulfati qo‘shib qorilgan qog‘oz bo‘tqasining,
qovushqoqligi kuchli bo‘ladi va undan tayyorlangan qog‘oz pishiq va tarang bo‘lib chiqadi.
alyuminiy sulfati shuningdek to‘qimachilik sanoatida ham qo‘llaniladi. Uni suvda eritilsa,
Do'stlaringiz bilan baham: