102
qalbaki tilla bo‘lib ko‘rinadigan ushbu temir moddasini avvallari «
jinni tilla
» deb yuritishar
edi.
Nikel ham, kobalt ham odatda temir rudasi bilan yo‘ldosh holda chiqadi. Yer
qobig‘ining 3% ga yaqin qismini nikel tashkil qiladi. Kobalt esa 0,25% ulushni egallaydi xolos.
Lekin, nikel shunchalik ko‘p ko‘ringani bilan, uning asosiy qismi olish imkonsiz bilan
tubliklarda – Yer yadrosida joylashgan. Yer yadrosining 90% qismi temir bo‘lsa, qolgan 10%
qismi nikel ekani ma’lum. Yer qobig‘ida esa nikel ancha noyob metall bo‘lib, kam uchraydi.
Nikel bilan kobalt temirdan ko‘ra taxminan 10% ga og‘irroq va pishiqroq bo‘ladi. Agar
kobalt va nikel ham temirchalik ko‘p bo‘lganda, ushbu metallardan ham keng miqyosda
foydalanish mumkin bo‘lardi. Ular temirdan ko‘ra mustahkamroq bo‘lish
bilan birga,
zanglamasligi bilan ham bizga ko‘proq foyda keltirgan bo‘lardi. Biroq, tabiat kobalt va nikelni
unchalik ham ko‘p yaratmagan.
Shunga qaramay, metall konstruksiyalarning sirtini nikel qoplama bilan qoplash orqali,
ularning zanglamas qilish mumkin. Buning uchun, nikel qoplama qilish zarur bo‘lgan metallni
nikel eritmasi mavjud bo‘lgan suyuqlikka solinadi va undan elektr toki o‘tkaziladi. Agar,
hamma shartlar to‘g‘ri bajarilsa, nikel atomlari temirdan yasalgan detal ustiga kelib o‘tiradi va
sirtini to‘liq qoplaydi. Natijada, nikel qoplama bilan qoplangan detal zanglamaydigan bo‘ladi.
Boz ustiga u yarqirab, chiroyli holatga keladi. Ushbu jarayonni
galvanizatsiya
deyiladi.
Kobalt va nikel ham magnit xususiyatiga ega. Garchi ular temir singari kuchli magnit
bo‘la olmasa-da, harholda, qolgan boshqa barcha metallardan ko‘ra kuchliroq magnit sanaladi.
Agar, nikel, kobalt va temirni muayyan nisbatlarda aralashtirib, qotishma hosil qilinsa, natijada
olingan metall temirning o‘zidan ham kuchliroq magnit xossasi kasb etadigan bo‘ladi.
Masalan, 2/3 qismi nikel va 1/3 qismi temir bo‘lgan
permalloy
deb nomlanadigan qotishmaning
magnit kuchi po‘latdan tayyorlangan doimiy magnitnikidan sezilarli darajada kuchli bo‘ladi.
Yanada kuchliroq bo‘lgan magnitni nikel, kobalt, alyuminiy va temir qotishmasidan tayyorlash
mumkin. Bunday magnit
alniko
deyiladi.
Metallni yalang‘och holatda magnit qilib ishlatmaslik uchun mayda temir qirindilari
plastik qobiq ichiga joylashtiriladi. Bunday magnitlar ham juda kuchli bo‘lib, plastikning
yumshoqligi evaziga, magnitni istalgan shaklga solish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Nikellangan po‘lat (yoki, nikelli po‘lat) mustahkamligi borasida oddiy po‘latda ancha
ustun turadi. Uning tarkibida 3% atrofida nikel mavjud bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha
ishlab
chiqariladigan nikelning katta qismi aynan nikelli po‘lat ishlab chiqarishga sarflanadi. Nikelli
po‘lat turlaridan biri
invar
deb nomlanadi va uning 5/8 qismi temir, 3/8 qismi nikeldan iborat
bo‘ladi. Invarning o‘ta pishiqligi va mustahkamligidan tashqari yana bir juda muhim xossasi
mavjud. Ushbu xossa texnika sohasida, ayniqsa aviatsiya va kosmik texnologiyalarda
benazirdir. Ya’ni, invar issiqlik ta’sirida deyarli kengaymaydi va sovuqda toraymaydi. Oddiy
po‘lat turlari esa bunday xossa bilan maqtana olmaydi. Invarning issiqlikka va sovuqqa
ta’sirchanligi (kengayish va siqilishi) oddiy po‘latnikidan 1/15 nisbatda yaxshiroqdir.
103
Kobalt nikeldan ko‘ra qattiqroqdir (nikel esa temirdan qattiq). Metallurgiyada ma’lum
qotishmalar ichida kobaltli qotishmalar eng pishiq va qattig‘i sanaladi. Kobalt qotishmalari
fanda
stellitlar
deyiladi. Stellitlar o‘ta yuqori haroratlarga ham bardoshli qotishmalar bo‘lib,
metall eritish dastgoh va uskunalari odatda aynan stellitlardan tayyorlanadi. Shuningdek, stellit
qotishmalar metallarning o‘zaro ishqalanishi natijasida
yuzaga keladigan harorat
o‘zgarishlariga ham juda chidamliligi bilan, turli ish asboblari – ombur, mexanik kalitlar,
bolg‘a va sandon yasash uchun ham juda bop metallar sanaladi.
Vodorod haqidagi hikoyamizdan sizga yaxshi ma’lumki, vodorod atomi bilan
bombardimon qilish orqali o‘simlik moyini qo‘yiqlashtirib (qattiqlashtirib) yog‘ga aylantirish
mumkin. Bu jarayonda, agar shunchaki moyni vodorod bilan o‘qqa tutilsa, jarayon juda ko‘p
vaqt oladi va uzoq cho‘ziladi. Lekin, oziq-ovqat texnologiyalari va kimyosi sohasi
mutaxassislari, jarayonga muayyan metall kukunlarini qo‘shish orqali, uni sezilarli darajada
tezlashtirish mumkinligini yaxshi bilishadi. Jarayonni tezlashtiruvchi
ushbu metall kukunini
katalizator deyiladi. Moyni yoqqa aylantirishda eng arzon metall katalizator – nikel kukuni
hisoblanadi.
Siz «Fantomas» filmini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha filmda fantomas bir hujjatga
imzo qo‘ygach, bir necha daqiqadan keyin imzo o‘chib ketadi. Bu filmning o‘zi singari
fantastik emas, balki, haqiqatan ham bor narsa. Mazkur turdagi siyohni kobalt yordamida
tayyorlanadi. Kobalt birikmalari quruq holatda ko‘k siyoh rangida bo‘ladi. Namgarchilik
ta’sirida kobalt atomiga suv birikib boradi va natijada rangi qirmizi tusga kira boshlaydi.
Bunday
eritmadan siyoh tayyorlansa, u bilan yozilgan yozuv bir necha daqiqa o‘tib o‘chib
ketadi. Sababi, yozuv qog‘ozga tushgach, eritmadagi suv bug‘lanadi va siyoh quriydi.
Tarkibidagi suv yo‘qolgach, kobaltning o‘zi qoladi va u ko‘rinmas holga o‘tadi. Lekin,
qog‘ozni biroz qizdirilsa, kobalt birikmalari yana ko‘k siyoh rangida ko‘rina boshlaydi va xatni
yana bemalol o‘qish mumkin bo‘ladi.
Nikelning birikmalarining aslida bundan ham juda muhim boshqa ahamiyatli vazifalari
mavjud. Siz yaxshi bilasizki, silikagel namlikni yutuvchi modda sifatida keng qo‘llaniladi.
Silikagelning o‘zi asl holatda shaffof bo‘lib, uning namlikka to‘yingan yoki hali yana nam
yutish imkoniyati bor-yo‘qligini aniqlashning imkoni yo‘q. Shu sababli, unga nikel birikmalari
qo‘shiladi. Bunday silikagel hali quruqligida, tarkibida nikel borligi sababidan ko‘k
rangda
ko‘rinadi. O‘ziga namni singdirgani sayin silikagel qirmizi tusga kirib boradi. Shu tariqa,
kobalt vositasida silikagel uchun namlik indikatori hosil qilinadi.
Shuningdek, shisha yoki, keramika mahsulotlariga kobalt qo‘shilsa, u mahsulotga
ko‘kimtir tus beradi. Bunday shishani
kobaltli shisha
deyiladi.
Kobaltning tirik organizmlar uchun ham muhim ahamiyati mavjud. Masalan, B
12
vitamini molekulasida bitta atom kobalt mavjud bo‘ladi.
Shu sababli, B
12
vitamini va unga
o‘xshash birikmalarni biokimyogarlar
kobalaminlar
deb yuritishadi. Shu tariqa, kobalt tirik
to‘qimalar hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan mikroelementlardan biri hamdir.