109
Ichimlik sodasidan shuningdek pishiriqlar tayyorlashdan ham juda keng qo‘llaniladi.
Uni biror kuchsiz kislota bilan aralashtirib (masalan qatiq bilan) xamirturush qo‘shmasdan
tayyorlanadigan xamirga qo‘shilsa, ichimlik sodasi va kuchsiz kislotaning o‘zaro ta’siri
natijasida
xamirda CO
2
gazi ajralib chiqadi hamda, xamir yumshoq bo‘lib tinadi. Bunday
xamirdan tayyorlangan pishiriqlar ham bo‘rsildoq, yumshoq va mazali bo‘ladi.
Natriyning yana bir ajoyib birikmasi bu –
natriy sulfati
(Na
2
SO
4
) bo‘lib, uning
molekulasida bittadan natriy va oltingugurt atomlari, hamda to‘rtta kislorod atomi, shuningdek
erkin bog‘lanishdagi o‘nta suv molekulasi mavjud bo‘ladi. Ushbu moddani birinchi bo‘lib
olmon kimyogari Iogann Rudolf Glaeuber 1858-yilda batafsil tadqiq qilgan edi. Ilk
tadqiqotchisi sharafiga ba’zan natriy sulfatni
glauber tuzi
ham deyiladi. Odatda kimyoviy
moddalarni
suvga solinsa, hosil bo‘lgan eritma harorati, suvning avvalgi haroratidan ko‘ra
balandroq bo‘ladi. Masalan suvda oltingugurt kislotasini, yoki, natriy gidroksidini tezkorlik
bilan aralashtirilsa, hosil bo‘luvchi eritma harorati bir zumda qaynash darajasigacha ko‘tariladi.
Kimyogarlar ham aksariyat hollarda reaksiyadan aynan shunday natija kutishadi. Lekin glauber
tuzini suvga solinsa, hosil bo‘lgan eritmaning harorati, suvning avvalgi haroratidan pasayadi.
Ushbu hodisa ilk bora kuzatilganida, kimyogar olimlar juda hayratda qolib, ko‘zlariga
ishonishmagandi...
Keling endi hikoyamizning ikkinchi qahramoni – kaliyning birikmalari haqida ham
biroz suhbatlashsak. Kaliyning birikmalari ham ko‘p jihatdan o‘zini
xuddi natriyning
birikmalari singari tutadi. Lekin kaliy birikmalari natriy birikmalariga qaraganda sezilarli
darajada oz uchraydi. Bunga birinchi sabab, kaliyning Yer qobig‘idagi miqdori natriyning
miqdoridan sezilarli darajada pastligi bo‘lsa, ikkinchidan, kaliy odatda, deyarli alohida holda
ajratib bo‘lmaydigan birikmalar tarkibida uchraydi.
Dunyodagi eng samarador va nisbatan yaxshi o‘zlashtirilgan kaliyli birikmalar koni,
Germaniyning Stassfurt koni hisoblanadi. U bir zamonlar dengiz qo‘ltig‘i bo‘lgan va hozirda
qurib qolgan joy bo‘lib, nemis kimyo sanoati uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Kaliy
tuzlari natriy xloridan ko‘ra suvda osonroq va yaxshiroq eriydi. Qadimgi dengizlar asta-
sekinlik bilan qurigan. Bunda birinchi bo‘lib, natriy xloridi cho‘kindi holida tubga cho‘ka
boshlagan. Kaliy tuzlari esa hali-beri dengiz suvida eritma holida bo‘lgan va dengizning
qurigani sari kaliy tuzlari eng oxirgilardan bo‘lib cho‘kib, qattiq holatga o‘tgan. Shu sababli
ham qurigan qadimgi dengizlar o‘rnidagi konlarda asosan yuqori qatlarda kaliyli birikmalar
mavjud bo‘ladi. Natijada kaliyli tuzlar nisbatan toza holda saqlangan. Ayni sababga ko‘ra ham
ularni qazib olish ishlari ham ancha oson kechadi.
Hozirda jahonda qazib olinadigan kaliyli birikmalarning
uchdan bir qismi aynan
yuqorida zikr etilgan kon – Stassfurtda qazib olinadi.
Birinchi jahon urushigacha bo‘lgan yillarda Germaniya kimyogarlari jahonda eng
yetakchi olimlar sanalishardi, shunga muvofiq, olmon kimyo sanoati ham jahon
iqtisodiyotidagi eng qudratli kimyo sanoati maqomiga ega edi. Olmon kimyogarlari mazkur
kondan olingan kaliyli birikmalarini u yoki bu maqsadda juda keng qo‘llashardi
va aytish
joizki, ular uchun ushbu birikmalar davlat tomonidan nisbatan arzon narxlarda yetkazib
110
berilardi. Dunyoning boshqa chekkalaridagi kaliyli birikmalar konlari esa, bu vaqtda hali
yaxshi o‘rganilmagan va o‘zlashtirilmagan bo‘lib, mavjud aniqlangan kaliy konlari ham qazib
olishning murakkabligi tufayli, hatto sanoat uchun ham juda qimmatlik qilardi.
Tannarxini
o‘zini oqlamaydigan kaliy konlariga ega bo‘lgan AQSH va Buyuk Britaniya kabi davlatlar
kimyogarlari esa, qanchalik g‘ayritabiiy bo‘lmasin, olmon kimyogarlariga har jabhada taqlid
qilishardi va o‘zlari uchun o‘ta qimmat bo‘lgan kaliyni qayta ishlab, Germaniya tajribasidan
foydalanishga urinishardi. Biroq, bunda ular olgan kaliyli mahsulotlar narxi favqulodda
qimmat bo‘lib chiqardi. Uzoq yillar davomida AQSH va Buyuk Britaniya kimyo sanoati shu
yo‘sinda Germaniya tajribasiga ko‘r-ko‘rona taqlid qilib keldi va nisbatan arzon bo‘lgan va
aynan bir xil natija beradigan natriyli birikmalardan foydalanish mumkin bo‘lgan holatlarda
ham, qimmatbaho kaliy birikmalarini ishlatib, yirik iqtisodiy zararlar bilan faoliyat ko‘rsatdi.
Bunday yondoshuv xato ekanligini anglashgunlaricha, mazkur davlatlar qimmatbaho kaliyning
ulkan zahiralarini deyarli sovurib bo‘lishgandi...
O‘simliklarga kaliy ko‘p miqdorda kerak bo‘ladi. Shu sababli, yerdan ko‘p marta qayta-
qayta foydalanilganida, tuproqdagi kaliy miqdori kamayib, unumdorlik pasayishi mumkin. Shu
sababli ham yerga solinadigan mineral o‘g‘itlarning aksariyati tarkibida kaliy elementi mavjud
bo‘ladi.
Biz AQSH va Britaniyaning achchiq tajribasi haqida gapirib o‘tar ekanmiz, aslida
olmonlarning o‘zi ham bu borada chuv tushishiga oz qolganini yodga olish
o‘rinlidir. Stassfurtdagi kondan chiqqan kaliy birikmalari ham avvaliga tashlab yuborilar edi.
Sababi konchilarni konning quyi qatlamlarida joylashgan natriy xloridi ko‘proq qiziqtirardi.
Tashlab yuborilayotgan qimmatbaho kaliy birikmalarini esa nemis konchilari «Abraumsalze»,
ya'ni, «keraksiz tuz» deb atashardi. Faqatgina 1865-yilga kelibgina, olmon kimyogarlarining
qator tadqiqotlari natijasida, ushbu «keraksiz tuz»ning ahamiyati
aslida qanchalik baland
ekanligini tushunib yetishdi.
Kaliyli birikmalar mineral o‘g‘it sifatida hamiyatga ega ekanligini 1797-yilda kashf
qilingan edi. Bungacha bo‘lgan muddatlarda esa, ularni o‘simliklarning tana qismi bo‘lsa kerak
deb o‘ylashgan. O‘simliklarni quritib yoqishgan. Qolgan kulni esa suvda eritib, eritmani katta
temir qozonlarga solib qaynatishgan. Suv to‘liq bug‘lanib ketgach, idish tubida biz
hozirda
Do'stlaringiz bilan baham: