kaliy karbonati
(K
2
CO
3
) deb ataydigan cho‘kindi hosil bo‘lgan. Uning molekulasida
ikkita kaliy, bitta uglerod va uchta kislorod atomlari bo‘ladi. Kimyogarlar kundalik muomalada
ushbu moddani shuningdek
potash
deb ham ataydilar. «Potash» atamasi aynan tarjima qilish
mushkul bo‘lgan so‘z o‘yini natijasi bo‘lib, ma’nosi – «tuvak tubidagi cho‘kindi» demakdir.
Balki, bu uning o‘sha zamonlarda temir qozonlardagi qaynatma cho‘kindisida olinganiga
ishora bo‘lsa kerak. Aynan shunday yo‘sinda olingan yana bir birikma –
natriy
karbonat
(Na
2
CO
3
) ni
kaltsinatsiyalangan soda
deb nomlashgan. O‘z xossalariga natriy
gidroksidiga (yodingizda bo‘lsa, uni o‘yuvchi natriy der edik) o‘xshab ketadigan kaliyli
birikma –
kaliy gidroksidini
(KOH) esa
o‘yuvchi kaliy
ham deyiladi. Kaliy gidroksidi, natriy
gidroksidga ko‘ra tannarxi qimmatroqdir.
Kezi kelganda kaliy elementining nomlanishi tarixiga ham to‘xtalib o‘tsak. Biz o‘rta
asrlar oxirida potashning qanday olingani haqida aytib o‘tdik. Aynan shunday usul bilan, ya'ni
111
potash olish uchun qaynatiladigan kulni, o‘rta asrlarda musulmon sharqi olim va mutaxassislari
«al-quili» deb nomlashgan. Ta’kidlash shartki, hozirgi zamon g‘arb adabiyot va manbalarida
o‘rta asrlar musulmon sharqi allomalarini yanglish umumlashtirib «arab olimlari» deyishadi.
Vaholanki bu – xato yondoshuvdir, zero ularning umumiy ilmiy so‘zlashuv tili arab tili va
e’tiqodi – islom dini bo‘lgan bo‘lsa-da, aslida olimlar boshqa-boshqa millatlarga mansub
bo‘lishgan va bu tabiiy. Ular orasida esa, buyuk millatdosh bobokalon olimlarimiz ham juda
ko‘p bo‘lishgan. Ushbu satrlar orqali nimaga ishora qilayotganimni hozir tushuntiraman.
Potash bu ishqor, o‘yuvchi moddadir. Uning «tuvak tubidagi cho‘kindi»dan olinganini aytib
o‘tdik. Xalqimiz maishiy turmushida avvallari (hali kir sovun va sodalar mavjud bo‘lmagan
paytlarda) kir yuvish uchun qaynatilgan kul suvidan foydalanishgan. Bunda ishqoriy eritma
hosil bo‘ladi va kirlarni, ayniqsa moy va yog‘lar singib ketgan matolarni yuvishda osonlik
beradi. Bu amaliyot tandir-o‘choqqa ega xonadonlarda balki hozir ham bor. Xususan, piyola
va shunga o‘xshash idishlarni kullab yuvishni opa-singillarimiz qotirishadi. Yevropa tillariga
«kaliy» tarzida o‘tgan arabcha «al-quili» so‘zining o‘zagi ham, bizning ona-tilimizdagi «kul»
so‘zi bo‘lishi ehtimoli katta. Chunki, arab tilida kulning o‘zini boshqacharoq nomlashadi.
Harholda bu mening shaxsiy taxminim. Lekin, imkon bo‘lsa, tilshunoslarimiz bu borada kichik
tekshiruv o‘tkazishsa ham chakki bo‘lmasdi.
Asosiy mavzuga qaytsak. «Ishqor» so‘zi sizga albatta tanish bo‘lsa kerak. Sovun
tayyorlash jarayonida ortiqcha natriy gidroksidini chiqarib tashlash kerak bo‘ladi. Aks holda
bunday sovun bilan yuvilganda terini qichishtiradigan bo‘lib qoladi, ya'ni, u o‘yuvchi xossasini
namoyon qiladi. Ba’zi sovunlar reklamasida, sovunning «keskin ishqorlarga ega emasligi»
haqida ham gap qistirib o‘tiladi. Shuningdek, siz biror suyuqlik muhitining ishqoriy ekanligi
haqidagi gaplarni ham eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ishqoriy muhit bu – kislotali muhitga qarama-
qarshi muhit bo‘ladi.
Odamlar sovun nimaligini bilmagan qadimgi zamonlarda, ayrim xalqlar, chunonchi
qadimgi Misrliklar, Rimliklar va yunonlar kulning tozalash xossasi borligini bilishgan. Kulning
bunday xususiyatining asosiy sababchisi esa, unda kaliy karbonatining mavjudligi bilan
bog‘liqdir. Kaliy karbonati ham xuddi natriy karbonati singari yog‘ va moylarning
molekulasini parchalash xossasiga ega bo‘lib, lekin bu ishni kaliy karbonati amalda yaxshiroq
bajaradi.
Natriy va kaliy elementlari ishqoriy metallar safiga kiradi. Ishqoriy metallar
turkumidagi boshqa metallar esa, natriy va kaliydan ko‘ra juda kamyobdirlar. Ular orasida eng
soddasi – davriy jadvaldagi uchinchi raqamli element bo‘lmish –
litiy
dir. Litiy davriy jadvalda
112
aynan natriyning ustida joylashadi va u eng yengil metall sanaladi. U suvdan ham ikki barobar
yengil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, litiy ko‘plab yog‘och turlaridan ham yengil bo‘ladi. U
alyuminiydan besh barobar yengilroqdir.
Biroq litiyning yengilligidan naf baribir kam. U aytilganidek, kamyob modda
bo‘libgina qolmasdan, o‘zi kabi barcha ishqoriy metallar singari, juda faol hamdir. Uning yana
bir xossasi borki, bu narsa boshqa ishqoriy metallarning «qo‘lidan kelmaydi». Ya'ni litiy,
havoda hatto azot bilan ham reaksiyaga kirishadi. Litiyning kam miqdorlarini qo‘shish orqali
ayrim qotishmalarning mustahkamligi orttiriladi. Shuningdek, mushakbozlik vaqtida osmonda
paydo bo‘ladigan qizil rangli yog‘dular ham, feyrverklarga qo‘shilgan
litiy nitrati
(LiNO
3
)
tufayli yuzaga kelishini aytib o‘tamiz.
Litiy elementi qo‘llaniladigan yana bir soha bu – vodorod bombalarini tayyorlash
texnologiyasidir. Bunda litiy gidridi qo‘llaniladi. Ayni moddaning boshqa bir keng qo‘llanish
sohasi esa – plastmassa ishlab chiqarish sanoatidagi katalizatorlik vazifasi hamdir.
Litiyni ilk bora kashf qilgan olim – Avgust Arfvedson bo‘lib, bu element 1817-yilda
Shvetsiyaning Stokgolm shahrida ochilgan. Arfvedson ham, litiyning qardoshlari – natriy va
kaliyni kashf etilishida Gemfri Devi qo‘llagan usulni, ya'ni, elektrolitik jarayonni qo‘llagan.
Element nomini esa, yunoncha
litos
- «tosh» so‘zidan kelib chiqib atashgan. Sababi, o‘sha
zamonda olimlarga ma’lum bo‘lgan atiga ikkita boshqa ishqoriy metallar – o‘simliklardan
ajratib olish mumkin bo‘lgan natriy va kaliydan farqli o‘laroq, litiy faqat muayyan minerallar
tarkibida bo‘lardi. Minerallar esa ko‘pincha qattiq holatda, tosh ko‘rinishida uchraydi.
Og‘ir ishqoriy metallar bo‘lmish rubidiy va seziy esa boshqacharoq yo‘sinda, anchayin
qiziqarli tarzda kashf etilgan. Siz albatta, har bir element qizdirilganda o‘zidan ma’lum
rangdagi yorug‘lik chiqarishini va ushbu yorug‘lik nurlarini prizmadan o‘tkazilsa, u muayyan
ketma-ketlikdagi ranglarga taqsimlanishini bilsangiz kerak. Tabiatdagi har bir elementda ushbu
ranglar ketma-ketligi bir-birini takrorlamaydigan, faqat o‘zigagina xos bo‘lgan tarzda namoyon
bo‘ladi.
Natriy yoki, tarkibida natriy tutgan kimyoviy birikmalar qizdirilganida spektrda yorqin
sariq chiziqlar yaqqol ajralib ko‘rinadi. Kimyoviy tahlilning bunday usulini spektroskopiya
deyiladi. Ushbu usul orqali Quyoshdan geliy elementi kashf qilingani haqida ko‘pchiligimiz
yaxshi bilamiz.
Spektroskopiya vositasida aniqlangan ilk kimyoviy element geliy deb o‘ylaydiganlar
xato qilishadi. Spektroskopiya orqali turli elementlar va kimyoviy birikmalarning xossalarini
o‘rganishni boshlab bergan olmon olimlari – Bunzen va Kirxgof 1860-yilda, bir kimyoviy
birikmani qizdirib tekshirish orqali, uning spektrida boshqa joyda takrorlanmaydigan moviy
chiziqlarni payqab qolishadi. Ushbu rangli spektral xossalarni namoyon qiluvchi elementlarni
tahlil qilib, Bunzen va Kirxgof uning ishqoriy metallar turkumiga mansub, fanga shu
choqqacha noma’lum bo‘lgan metall ekanini aniqlashdi. Ular ushbu metallga lotincha «seziy»
ya'ni, «moviy osmon» deb nom berishgan. O‘zidan taralayotgan nur xossalari orqali kashf
qilingan ilk element aynan seziy bo‘lgan edi.
113
Tez orada mazkur ikki olim aynan ushbu usul bilan yana bir ishqoriy metallni kashf
qilishdi. Bu safar spektrdagi noma’lum elementni ifodalayotgan chiziqlar to‘q qizil rangda edi.
Shu sababli ular mazkur elementi lotinchada «to‘q qizil» ma’nosini beruvchi «
rubidiy
» deb
nomlashdi.
Albatta, spektroskopiya orqali kashf qilinganidan so‘ng, ushbu elementlarni o‘zini
alohida holda, sof element tarzida ajratib olishni amalda uddalanishi uchun ancha vaqt o‘tgan.
Chunonchi, seziyni sof metall ko‘rinishida olinguncha 1882-yil kirib kelgan bo‘lsa, rubidiyni
1910-yilga kelibgina alohida holda olishga erishilgan. Ularning har ikkalasi Devi uslubida,
ya'ni, elektrolitik yo‘sinda ajratib olingan.
Seziy – metallar ichida eng yumshog‘i bo‘lib, unga xuddi mum singari shakl berish
oson. Lekin u shuningdek metallar ichida eng faoli hamdir. Seziy 28.5 °C haroratdayoq erishni
boshlab yuboradi. Shunday ekan, siz issiq kunlarda seziyni faqat suyuq holda ko‘rasiz.
Hozirda olimlarda elementlarni qizdirilganda ularda elektronlarning uchib chiqishi,
hamda, keyin ularning yana atomlar atrofida guruhlanishi tarzida modellashtirilayotgan
kimyoviy tajribalar nazariyasi mavjud. Bunday amaliyot aynan seziy bilan eng oson bajariladi.
Olimlar kelajakda elektronlarni bunday tarzda uchirish va qayta tartiblash orqali koinot
apparatlarini harakatga keltirish mumkin bo‘ladi deb hisoblamoqdalar. Bunday harakat uzatish
usulini
ionli uzatma
deyiladi. Shunday ekan, bu turdagi nazariy dvigatellar qachondir kelib real
voqe’likka aylansa, ular uchun aynan seziy elementi asosiy yoqilg‘i bo‘lib xizmat qilishi
mumkin.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |