124
soatdan keyin ushbu qorishma o‘ta pishiq va mustahkam qattiq massaga aylanadi va qotadi.
Bunday qorishmani
magnezial sement
deyiladi.
Magniy oksidi suvda eritilsa, u
magniy gidroksid
ga aylanadi. Magniy gidroksid kalsiy
gidroksidga qaraganda suvda qiyinroq eriydi va u ham asos modda sanaladi.
Agar magniy
gidroksidni suvda aralashtirilsa, qaymoqrang oq tusli suspenziya hosil bo‘ladi va uni
magnezial
sut
deb ham atashadi. Ushbu modda ba’zida ich suruvchi vosita sifatida bemorlarga tavsiya
qilinadi. Shuningdek, aynan shu maqsad uchun magniyning yana ikki xil birikmasi –
magniy
sulfat
va
magniy sitrat
ham ishlatiladi.
Bir dona magniy sulfat molekulasiga birikkan yettita suv molekulasidan iborat moddani
Epsom tuzi
nomi bilan ko‘pchilik yaxshi taniydi. Uning bunday nom olishiga sabab, uni ilk
marta 1695-yilda Angliyaning janubiy-sharqidagi kichikroq shahar bo‘lgan Epsom shahridagi
buloqlardan biridan aniqlanganidir.
Xuddi, temir va kalsiy birikmalari singari, magniy birikmalari ham suvni qattiq qilib
qo‘yadi. Suvni tuzsizlantirish va yumshatishda, undagi magniy va uning birikmalarini yo‘q
qilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Magniy shuningdek odam organizmida hayot uchun juda zarur bo‘lgan
muhim
kimyoviy elementlar turkumiga kiradi. Odam tanasida magniy asosan suyaklarda jamlangan
bo‘lib, o‘rta yoshli odam organizmida taxminan 20 gramm magniy moddasi bo‘ladi.
Magniy haqida aytish zarur bo‘lgan eng muhim gapni esa men maqola so‘ngiga olib
qo‘ygan edim. Yaxshi bilasizki, barcha yashil o‘simliklar tanasi va ayniqsa bargida
xlorofill
moddasi mavjud bo‘ladi. Quyosh nurlaridan kelayotgan yorug‘lik energiyasini tutib olish,
ya’ni, fotosintez qilishda aynan xlorofill asosiy vazifani bajaradi shu tufayli ham o‘simliklar
o‘z tana to‘qimalarini tashkil qilib, qaddini tik tuta oladi. O‘simlik tanasi to‘qimalaridan esa
o‘txo‘r hayvonlar oziqlanadi. O‘txorlar bilan etxo‘rlar oziqlanadi va ho kazo. Bu shuni
anglatadiki, barcha o‘simlik va hayonlarning,
shuningdek, ko‘plab mikroskopik
organizmlarning hayoti aynan xlorofillga chambarchas bog‘liqdir! Xlorofill tarkibidagi eng
asosiy element esa magniy bo‘ladi. Xlorofill molekulasidan magniy atomi chiqarib tashlansa,
u Quyosh nurlarini fotosintez qila olmaydigan bo‘lib qoladi va natijada o‘simlik o‘z tanasini
o‘stira olmasdan, nobud bo‘ladi. Shunday ekan, Yerdagi hayot uchun eng muhim, balki, o‘ta
muhim element bu - magniy desak aslo yanglishmagan bo‘lamiz.
125
Davriy jadvalda kalsiydan pastda turgan ikkita ishqoriy yer metallari
stronsiy
va
bariy
bo‘lib, ular tabiatda kalsiy va magniychalik keng tarqalmagan.
Stronsiy – davriy jadvalda 38-raqamli katakda joylashgan.
Uning nomi, mazkur
element kashf etilgan jinslarning 1790-yilda Shotlandiyadagi Strontian shaxtasidan topilgani
bo‘lgan. Bariy esa jadvalda 56-raqam bilan qayd etilgan bo‘lib, uning nomi tarkibida bariy
atomi bo‘lgan va o‘zi odamlarga qadimdan yaxshi tanish bo‘lgan barit minerali nomidan kelib
chiqqan. Barit so‘zi yunonchada «og‘ir» degan ma’noni bildirgan. Haqiqatan ham, barit juda
og‘ir mineral bo‘ladi. Uning vazni bir xil o‘lchamli granit vaznidan ikki barobar og‘ir bo‘ladi.
Hozirgi
kunda barit mineralini
Do'stlaringiz bilan baham: