Koinotning qurilish ashyolari


XV-BOB: MAGNIY – CHAQNATISH ELEMENTI



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XV-BOB: MAGNIY – CHAQNATISH ELEMENTI
Davriy 
jadvalning 
12-raqamli 
katakchasida 
magniy
elementi joylashgan. 
Magniy ham faol elementlar sirasiga kiradi. 
Ushbu element ham dastavval elektroliz usuli 
bilan kashf etilgan elementlar turkumidan 
bo‘lib, uni 1808-yilda Gemfri Devi olishga 
muvaffaq bo‘lgan.
Magniy – metall bo‘lib, natriy, kaliy, 
kalsiy va temir singari metallardan farqli 
o‘laroq, magniy havoda xira tortmaydi. 
Aksincha, magniy ham xuddi alyuminiy 
singari, o‘z sirtida yupqa magniy oksidi qatlami 
hosil qilib olish xossasiga ega. Ushbu magniy 
oksidi qatlami shu qadar inert modda bo‘ladiki, 
uning boshqa moddalar bilan ta’sirlashmasligi tufayli, undan aviasozlar samolyot 
konstruksiyalarini tayyorlashda keng foydalanishadi. Magniy metalli alyuminiydan ham 
faolroq bo‘lib, sof holda ishlatiladigan metallar ichida eng kimyoviy faol metall hisoblanadi.
Biroq, magniyni hamma joyda ham qo‘llash mumkin emas. Chunki, uning o‘sha oksid 
qatlami ham himoya qila olmay qoladigan sharoitlar mavjud albatta. Masalan, magniy havo 
muhitida qizdirilsa, u ko‘zni qamashtiruvchi yorqin oq rangli olov hosil qilib yonib ketadi. 
Magniy yonib ketishi uchun uning boshqa qattiq buyumlar bilan tasodifiy ishqalanib ketishi 
ham kifoya qiladi. Shu sababli, magniy ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi 
korxonalarda yong‘in xavfsizligiga eng birinchi galdagi vazifa deb qaraladi.
Lekin, magniyning bunday yorqin olov chiqarish xossasining foydali jihatlari ham bor 
albatta. O‘ta sezgir fotoplyonkalar ixtiro qilinmagan paytlarda qorong‘u va nimqorong‘u 
muhitda kino va fotosuratlar olish uchun magniyni yondirib ish bitirishgan. Chunki, magniy 
yetarlicha sun’iy yoritishni ta’minlay olgan. Hatto hozirgi zamonda ham ayrim kinorejissorlar 
shunday usulda tasvirga olishdan o‘qtin-o‘qtin foydalanib turishadi. Dastlabki fotoapparatlarda 
ham chaqmoq funksiyasini amalga oshirish uchun magniyli pilikdan foydalanishgan. Bunda 
rasmga olish tugmasini bosish bilanoq apparat obyektivi ochilishi bilan birga, magniy pilikka 
ham kuchli elektr impulsi berilgan. Qizish natijasida magniyli pilik birdan yonib, yorqin olov 
bilan yorug‘lik chiqargan va atrofni kuchli yoritgan. Lekin bunday chaqmoq funksiyasi bir 
martalik bo‘lgan va keyingi fotosuratni olish uchun fotograf yan bir muddat texnik tayyorgarlik 
ko‘rishi lozim edi. Keyinchalik, fotoapparatlarning o‘zi bilan birga uning chaqmoq funksiyasi 
ham takomillashib bordi va hozirda, bilasizki, to‘liq elektrlashgan chaqmoq lampalaridan 
foydalaniladi. 
Magniyni harbiylar ham qo‘llashadi. Xususan, magniyli tayoqchalarni yoqib signal 
berishda, yoki, bombardimon qilinadigan joyni avvaldan yoritib olishda yonayotgan 


122 
magniydan foydalaniladi. Shuningdek, bombalarning ayrim turlarida ham asosiy mahv 
qiluvchi modda magniyning o‘zi bo‘ladi. Bunda, bomba nishonga tekkach, uning ichidagi 
magniy yona boshlaydi. Bu portlatishdan ko‘ra ko‘proq, nishonni yoqib yo‘q qilishga 
qaratilgan operatsiyalarda qo‘llaniladi. Chunki, magniyning yonish harorati o‘z yaqin atrofida 
turgan boshqa ko‘plab moddalarning ham alanga olishiga yetarli darajada bo‘ladi. Yonayotgan 
magniyni o‘chirish esa ancha qiyin. Magniy shu darajada faolki, u hatto nisbatan inert gaz 
hisoblanadigan azot bilan ham birika oladi va karbonat angidrid gazi, yoki, suv tarkibidan 
kislorodni o‘zi uchun ajratib olishi mumkin. Ushbu inert moddalardan birortasi ham 
yonayotgan magniyni o‘chirish xossasiga ega emas. Magniyni faqat qum sepish orqali 
o‘chirish mumkin. Shu sababli, urush yillarida magniyli aviahujumlardan himoyalanish uchun 
harbiylar o‘zlari bilan qum olib yurishga ham majbur bo‘lishgan.
Konstruktorlar uchun esa magniyning eng foydali xossasi uning yengilligi hisoblanadi. 
Magniy alyuminiydan ham ancha yengilroq. Masalan, tomonlari 1 dyumdan bo‘lgan alyuminiy 
kubik taxminan 70 gramm tosh bosadi. Xuddi shu o‘lchamli magniy kubik esa 30 grammcha 
keladi xolos. Shu sababli ham konstruksiyalarda yengillik eng birinchi maqsad bo‘ladigan 
loyihalarda ko‘pincha alyuminiy qatorida magniy ham keng qo‘llaniladi. Odatda, 
metallokonstruksiyalarda magniy alyuminiy bilan birga qotishma tarzida foydalaniladi. 
Masalan, 90% magniy va 10% alyuminiydan iborat bo‘lgan 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish