Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

korall riflari
ning asosiy qismi 
aynan shunday korallarning nobud bo‘lgandan keyingi ustma-ust to‘planib ketgan skletidan 
hosil bo‘lgan.
Foraminifer
deb nomlanuvchi mikroskopik jonzotlarning ham skleti kalsiy 
karbonatidan tashkil topgan bo‘ladi. Shunday jonivorlardan trillion-trillionlarining skletlari 
millionlab yillar mobaynida dengiz va ummonlar tubida to‘planib borib, qatlam-qatlam bo‘lib 
ketadi va ulkan tepaliklar, qoyalar hosil qilishi mumkin. Tilga olib o‘tilgan Duvr bo‘r qoyalari 
aynan shunday tarzda shakllangan. Olimlarning fikricha, Yerda mavjud kalsiy karbonatining 
deyarli barcha zahirasi qachonlardir, millionlab yillar muqaddam yashab o‘tgan shunday 
jonzotlarning sklet qoldiqlaridan bizga yetib kelgan bo‘lishi ehtimoli katta ekan. Agar bu 
taxmin o‘rinli bo‘lsa, demak, bunday jonzotlar aqlga sig‘mas darajada ko‘p miqdorda yashab 
o‘tgan bo‘lib chiqishi kerak. Chunki, yer qobig‘idagi kalsiy karbonatining hammasi hisoblansa, 
qobiqning umumiy massasining 3,5% qismini tashkil qiladi.
Yer ostida to‘planib yotgan kalsiy karbonat zaxiralari juda sekinlik bilan bo‘lsa-da, 
boshqa cho‘kindilar, xususan, yer ustidan sizib keladigan yomg‘ir va qor suvlari ta’siriga tushib 
boradi. Yomg‘ir suvlari odatda yerga shimilar ekan, o‘zi bilan birgalikda, atmosferadan 
ilashtirib olgan uglekislotani olib kiradi. Uglekislotali yomg‘ir suvlari yer qa’rida qalashib 
yotgan ohaktoshli jinslarni, xususan, kalsiy karbonatini o‘zgarishga majbur qiladi. Kalsiy 
karbonati shu tarzda yerga shimilgan yomg‘ir suvlari va uglekislota bilan ta’sirlashib, 
kalsiy 
bikarbonatga
aylanadi. Kalsiy bikarbonati suvda nisbatan yaxshi eriydi. Uning shu jihati yer 
ostida yirik bo‘shliqlar, yerosti g‘orlari hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Meksikaning Yukatan yarimoroli hamda, AQSHning Kentukki shtatidagi Mamont 
G‘orlari aynan shu tarzda, ya'ni, yer ostida to‘plangan kalsiy bikarbonatning erib ketishi 
natijasida, uning o‘rnida qolgan bo‘shliqlar tufayli hosil bo‘lgan. Shuning uchun bunday 
g‘orlar 
ohaktoshli g‘orlar
deyiladi. Bunday g‘orlarda juda chiroyli va hayratomuz tabiiy 
shakllarni uchratish mumkin. G‘or ichida tarkibida kalsiy bikarbonati bo‘lgan suv oqib-tomib 
turadigan joylarda, unda erigan kalsiy bikarbonat yillar davomida ustma-ust to‘planib borib, 
haykallarga o‘xshash ajoyib manzarali shakllar hosil qiladi. Bunda suv bug‘lanib ketishi 
natijasida, uning tarkibida erigan kalsiy bikarbonati qattiq holga keladi. Agar, televizor orqali 
namoyish etilgan ilmiy-ommabop dasturlarda shunday g‘orlar haqida ko‘rsatuvlarni ko‘rgan 
bo‘lsangiz, albatta g‘or shiftidan osilib turgan shunday ohaktoshli sumalaklarni ko‘rgan 
bo‘lsangiz kerak. O‘sha sumalaklar aynan kalsiy bikarbonatidan tashkil topgan bo‘ladi. G‘or 
shiftidan osilib turgan kalsiy bikarbonatili sumalaklarni fanda 
stalaktitlar
deyiladi. Shiftdan 
tomgan suv orqali g‘or sahnidan yuqoriga o‘sib borgan kalsiy bikarbonat ustunlarni esa 
stalagmitlar
deyiladi.


116 
Agar kalsiy karbonatini kuchli qizdirilsa, unda bir atom uglerod va ikki atom 
kisloroddan iborat karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Natijada, avvalgi modda o‘rnida, 
molekula tarkibi bir atom kalsiy va bir atom kisloroddan iborat 
kalsiy oksidi
qoladi. Quruvchi-
ustalar va bo‘yoqchi-pardozchilar tilida bu moddani 
so‘ndirilmagan ohak
deyiladi. Jumladagi 
«so‘ndirilmagan» so‘zi ushbu moddaning yonishini ifodalamaydi. Aksincha, bir marta bo‘lsa 
ham ohak tayyorlab ko‘rgan odam yaxshi biladiki, bunday so’ndirilmagan ohak suv bilan faol 
reaksiyaga kirib, o‘ziga suvni singdira olishi nazarda tutiladi. So‘ngan ohakdan farqli ravishda, 
so‘ndirilmagan ohak suvni ko‘p miqdorda va shiddat bilan o‘ziga yuta oladi. Jarayonda kuchli 
issiqlik ajralib chiqishi ro‘y beradi. Issiqlik shu darajada bo‘ladiki, undan kuyib qolish ham 
hech gap emas. Ushbu qurilish va pardozlash ashyosini oddiy odamlar «kalsiy oksidi» yoki, 
«

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish