Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

kalsiy alyumosilikati
hosil qiladi. Sement esa, bilasizki qurilishdagi eng benazir 
xom-ashyolardan sanaladi. Sement birinchi navbatda poydevorlar quyish va seysmik chidamli 
konstruksiyalar (seysmopoyas) quyishda, to‘g‘onlar qurishda benazir ashyodir. Sementning 
mustahkamligini orttirish uchun unga shag‘al va tosh qo‘shiladi. Shunday sementli-shag‘alli-
toshli qorishmani biz 
beton
deb ataymiz. Shunday betonni temir konstruksiyalar (masalan, 
armatura ustunlari) atrofiga quyib chiqilsa, natijada juda mustahkam 
temir-beton
quymasi hosil 
bo‘ladi. Temir-beton quymasi shu darajada mustahkam bo‘ladiki, uning vositasida butun boshli 
daryolarni to‘sib qo‘yib, to‘g‘onlar barpo qilish mumkin.
Kalsiy oilasiga mansub yana bir qurilish ashyosi – 
suvoq gipsi
, yoki, 
alebastr
moddasidir. Jiddiy atamalar bilan to‘lib-toshgan ilmiy tilda esa uni 
kalsiy sulfatining yarim 
gidrati
deyiladi. Suvoq gipsiga suv qo‘shilsa u oddiy gipsga, ilmiy til bilan aytganda esa, kalsiy 
sulfati digidratiga aylanadi. Ushbu modda kimyoviy nuqtai nazardan qaralganda, ikki molekula 
suv va bir molekula kalsiy sulfatidan iborat bo‘ladi. Odatda suvoq gipsi quruq va mayin oq 
kukun ko‘rinishida bo‘ladi. Uni suv bilan aralashtirilgach, ya'ni, u haqiqiy gipsga aylangandan 
so‘ng, nihoyatda mustahkam, qattiq moddaga aylanadi. Bunday gipsni hali nam holatida, ya'ni, 
loy holida muayyan shakllarga keltirib qo‘yilsa, u qotib, o‘ziga berilgan shaklni mustahkam 
saqlab qoladi. Bunday gipsdan turli shakllarni quyma modellarini tayyorlash, binolarga ichki 


118 
va tashqi bezak berish va tibbiyotda – singan suyaklarni qimirlamaydigan qilib, qo‘zg‘almas 
shaklda bog‘lash uchun foydalaniladi. Shuningdek, kichik quyma haykalchalar, 
poyabzallarning kauchuk va rezina tagcharmlari (podosh) quyiladigan shakllarning dastlabki 
formasini tayyorlashda avvalo gipsdan shakl chiqarib olinadi.
Gips tabiatda oq massa ko‘rinishidagi mineral shaklida ko‘proq uchraydi. Ustalar 
ishlatadigan 
alebastr
aynan o‘sha turdagi gipsni qayta ishlash orqali olinadi. Shuningdek, 
maktab doskasiga yozish uchun ishlab chiqariladigan bo‘r ham shunday mineral gipsdan 
tayyorlanadi.
Kalsiyning keng tarqalgan minerallaridan biri – 
kalsiy xloridi
bo‘lib, uning molekulasi 
bitta kalsiy atomi va ikkita xlor atomlaridan iborat bo‘ladi. Ushbu moddaning ajoyib xususiyati 
shundaki, u atrof-muhitdan va ayniqsa, havodan namlikni o‘ziga tortib olish bo‘yicha eng 
yaxshi vositalardan biri sanaladi. Bu ayniqsa qishloq joylardagi va cho‘l hududlaridagi 
avtomobil yo‘llarini chang-to‘zondan himoyalashda qo‘l keladi. Ko‘p changiydigan chang 
ko‘chalarda yo‘lga va yo‘l chetlariga kalsiy xloridi kukuni sochib qo‘yiladi. Bu kukun esa, 
havodagi namlikni o‘ziga tortib olgani sababli, o‘zi ham ho‘l holatda, doimo namchil turadi. 
Natijada, atrof-muhitdagi chang, ushbu namga o‘tirib qoladi va to‘zg‘imaydigan bo‘ladi. Agar 
chang ko‘chalarda bunday ehtiyot chorasi ko‘rilmasa, tinimsiz o‘tib turuvchi avtomobillar 
oqimi chang-to‘zonni muttasil to‘zitib turadi va birinchidan, o‘sha joyda nafas olayotgan 
odamlarning salomatligiga salbiy ta’sir qiladi; qolaversa, yo‘lni yaxshi ko‘rinmaydigan qilib, 
haydovchilarning ko‘zini chalg‘itadi.
Oddiy shisha tarkibida ham, 
natriy silikati
bilan birgalikda, 
kalsiy silikati
mavjud 
bo‘ladi. Natriy silikatining o‘zini mutaxassislar 
suyuq shisha
deb ham atashadi. Chunki u suvda 
yaxshi eriydi. Shu sababli, natriy silikatining aynan o‘zidan shisha idishlar tayyorlab bo‘lmaydi 
(axir bunday shishaga suv quysa, u idishni o‘zini eritib yuboradi). Shishani suvda erimaydigan 
qilish uchun, o‘sha natriy silikatiga kalsiy silikati aralashtiriladi va maxsus qorishma hosil 
qilinadi. Shishasozlar bunday shishani tayyorlash uchun, qum, soda va ohakni birgalikda 1300 
°C gacha qizdirishadi. Bunda qumdan – silikat, sodadan – natriy va ohakdan kalsiy olinadi. 
Shu tarzda, turmushda keng qo‘llaniladigan shisha tayyorlanadi. Oddiy shishani mutaxassislar 
tilida 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish